Alkadienlar


Download 40.5 Kb.
Sana27.02.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1234574
Bog'liq
4.Alkadienlar,Kauchuk (2)



Alkadienlar. Kauchuklar.

1. Alkadienlar deb nimaga aytiladi?


2. Alkadienlarning dastlabki vakili qaysi. Uning tarixiy va xalqaro nomini ayting.
3. Dien uglevodorodlar molekulasidagi qo’sh bog’ning joylashishiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linidi?
4. Kumulyativ qo’sh bog’li dien uglevodorodlarga misol keltiring.
5. Ajratilgan qo’sh bog’li dien uglevodorodlarga misol keltiring.
6. Konyugirlangan qo’sh bog’li dien uglevodorodlarga misol keltiring.
7. Glitserindan propadien (allen) olish tenglamasini yozing.
8. Ajratilgan qo’sh bog’li dien uglevodorodlar kimning usuli bo’yicha olinadi?
9. Shorigin usuli bilan geksadien-1,5 oling.
10. Qo’sh bog’larning xususiyatlari alkenlarnikiga o’xshash bo’lgan dien uglevodorodlar qaysilar?
11. Alkadienlarni boshqacha yana qanday atash mumkin?
12. Alkadienlarda izomeriyaning qanday turlari mavjud?
13. Butadien-1,3da C-C va C=C bog’larning uzunligi qancha?
14. Geksadien-1,5da C-C va C=C bog’larning uzunligi qancha?
15. Butandiol-1,3ni degidratlab divinil oling.
16. Butandiol-1,4ni degitradlab divinil oling.
17. Tetragidrofuranni ( epoksibutan-1,4ni ) degidratlab divinil oling.
18. Lebedev usuli bo’yicha divinil oling.
19. Atsetondan izopren oling.
20. Atsetilendan xloropren oling.
21. Konyugirlangan dien uglevodorodlarda brikish reaksiyalari asosan 1,4 ko’rinishda bo’lishini kim aniqladi?
22. Tile qonuniyati asosida divinil, izopren, geksadien-2,4larga brom briktiring.
23. 1:1 mol nisbatda olingan izopren va vodorod aralashmasida moddalar o’zaro tasirlashganda qanday maxsulotlar hosil bo’ladi?
24. 1:1 mol nisbatda olingan divinil va vodorod bromid aralashmasida moddalar o’zaro tasirlashganda qanday maxsulotlar hosil bo’ladi?
25. Divinilga gipobromit kislota tasir ettiring.
26. Divinilni polimerlang.
27. Divinilni agregat xolati qanday?
28. Izopren, xloropren, dimetilbutadienlarni agregat xolati qanday?
29. Kauchuk so’zining manosi nima?
30. Kauchuklar necha xil bo’ladi?
31. Markaziy Osiyodagi qaysi o’simliklar tarkibida kauchuk bor.
32. Janubiy Amerika ( Brazilya ) dagi qaysi o’simliklar tarkibida kauchuk bor?
33. Geveye daraxtidan olinadigan kauchukni molekulyar massasi qancha? Uning polimerlanish darajasini ayting.
34. Kauchuk molekulasi uglerod va vodorod atomlaridan iborat to’yinmagan uglevodorod ekanligini kim qachon aniqladi?
35. Qaysi olim 1860-yilda kauchukni “Quruq haydash” orqali C5 H8 tarkibli modda oladi?
36. 1882-yilda izoprenni polimerlab kauchuksimon modda sintez qilgan va tabiiy kauchuk bilan izopren o’rtasida bog’liqlik borligini aniqlagan olim kim?
37. Tabiiy kauchuk izoprenning polimerlanish mahsuloti ekanligini va uning to’liq tuzilishini kim aniqladi?
38. Lateks nima?
39. Lateksdan kauchuk qanday ajratib olinadi?
40. Kauchukning suvda va boshqa erituvchilarda eruvchanligi qanday?
41. Tabiiy kauchuk yuqori harorat va sovuqda qanday xossalarni namoyon qiladi?
42. Vulkanlash nima?
43. Rezina nima?
44. Ebonit nima?
45. Birinchi bo’lib vulkanizatsiya jarayonini yani rezinani kim kashf qildi?
46. Ebonit nima maqsadda ishlatiladi?
47. Kauchuk vulkanlansa tuzilishida qanday o’zgarish sodir bo’;ladi?
48. Birinchi bo’lib kauchukdan kiyim tikishda kim foydalangan?
49. Yevropaga kauchukni birinchi bo’lib kim olib kelgan?
50. Rezinaning benzinda eruvchanligi qanday?
51. Levulin aldegidi tuzilishini yozing va undagi sigma va pi bog’lar sonini hisoblang.
52. Levulin kislota tuzilishini yozing va undagi bog’ hosil qilishda qatnashmagan sp2 va sp3 orbitallar sonini ayting.
53. Tabiiy kauchukni to’yinmagan uglevodorod ekanligini tajribada qanday aniqlash mumkin?
54. Tabiiy kauchuk va uning izomeri hisoblangan guttapercha o’zaro qanday farq qiladi?
55. Tabiiy kauchuk va guttaperchaning tuzilishini yozing. Xalqaro nomini ayting.
56. Guttapercha qaysi mamlakatlardagi o’simliklar tarkibida uchraydi?
57. Guttapercha nima maqsadda ishlatiladi?
58. Butadien-1,3ni polimerlab butadien kauchuk oling. Xalqaro nomini ayting.
59. Butadien-1,3ni polimerlab divinil kauchuk oling. Xalqaro nimini ayting.
60. Izoprenni regulyar polimerlab izopren kauchuk oling.
61. Xloroprenni polimerlab xloropren kauchuk oling.
62. Xloropren kauchuk tarkibidagi xlorning massa ulushi nechaga teng?
63. Butadien-1,3 va stirolni sopolimerlab butadien stirol kauchuk oling.
64. Butadien-1,3 va akrilonitrilni ( akril kislota nitrilni ) sopolimerlab butadien nitril kauchuk oling.
65. Etilidenftoridning tuzilishini yozing va xalqaro nomini ayting.
66. Vinilidenftoridning tuzilishini yozing va xalqaro nomini ayting.
67. Vinil radikali va etil radikali hamda viniliden va etiliden radikali tuzilishini yozing.
68. Triftorxloretilen tuzilishini yozing va xalqaro nomini ayting.
69. Vinilidenftorid va triftorxlor etilenni sopolimerlab ftorokauchuk oling.
70. Dimetilsilandiolni polikondensatsalab kremniy organik kauchuk ( siloksan ) oling.
71. Sanoat miqyosida dunyoda birinchi bo’lib sintetik kauchuk olish usulini kim ishlab chiqdi?
72. Dastlab sanoatda butadien-1,3 Lebedev usuli bilan etanoldan olinar edi. U hozirgi kunda qanday usulda olinadi?
73. Sintetik kauchuk olishda uning regulyar ( sis ) yoki noregulyar ( trans ) holatda bo’lishi nimaga bog’liq?
74. Lebedev qaysi sintetik kauchukni sintez qilgan?
75. Butadien kauchuk chiziqli tuzilishga egami yoki tarmoqlangan tuzilishga egami?
76. Elastikligi jixatdan tabiiy kauchukdan keyingi o’rinda turadigan sintetik kauchuk qaysi?
77. Yedirilishga chidamliligi va elastikligi jixatdan tabiiy kauchukdan ustun turadigan sintetik kauchuk qaysi?
78. Butadien va divinil kauchuklari o’zaro qanday farq qiladi?
79. Chidamliligi va elastikligi jixatdan tabiiy kauchukka o’xshaydigan sintetik kauchuk qaysi?
80. Xloropren kauchuk xossalarini ayting.
81. Butadien stirol kauchuk xossalarini ayting.
82. Butadien nitril kauchuk xossalarini ayting.
83. Ftorokauchuk xossalarini ayting.
84. Siloksan ( Kremniy organik kauchuk ) xossalarini ayting.
85. Butadien kauchuk nima maqsadda ishlatiladi?
86. Qaysi sintetik kauchuklar shina ishlab chiqarishda ishlatiladi?
87. Benzin va neft quvurlari tayyorlashda qaysi kauchuk ishlatiladi.
88. Benzin va moy ta’siriga chidamli shlang va quvurlar hamda neft maxsulotlari saqlanadigan idishlar tayyorlashda qaysi kauchuk ishlatiladi?
89. Kimyoviy agressiv moddalarga chidamli materiallar tayyorlashda qaysi kauchuk ishlatiladi?
90. Kauchukning metalga yopishqoqlik hususiyatini oshirish uchun nima qilish kerak?
91. Karboksilat kauchuk tuzilishini yozing.
92. Sopolimerlanish natijasida olinadigan kauchuklarning xossalari nimaga bog’liq?
93. Butilkauchuk monomerlarini ayting.
94. Butilkauchuklarning xossalari ayting.
95. Butil kauchuklarning ishlatilish soxasi nima uchun cheklangan?
96. Kamerasiz yuradigan avtomashina pokrishkalari tayyorlashda qaysi kauchuklar ishlatiladi?
97. Xloropren stirol bilan sopolimerlanganda qaysi kauchuk hosil bo’ladi?
98. Xloropren past temperaturada polimerlansa qaysi kauchuk hosil bo’ladi?
99. Tarkibida karrali bog’ saqlamagan kauchuklar qaysilar?
100. Tabiiy kauchuk qizdirilsa nima hosil bo’ladi?


Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling