25. Alkinlarda birlamchi uglerod atomi qanday oksidlanish darajalariga ega bo`lishi mumkin.
A) -1 B) -2 C) -3 D) A va C
26. (CH3)3 CCCC (CH3)3 tarkibli moddaning uglerod atomlari oksidlanish darajalar yig`indisini toping.
A) 0 B) -6 C) -9 D) -18
27. Birlamchi uglerod atomlari alkinlarda qanday gibridlangan holatda bo`ladi.
A) C va D B) sp2 C) sp D) sp3
28. Alkinlar molekulasi tuzilishiga ko’ra alkenlar molekulasidan nima bilan farq qiladi?
A) ikkita π-bog borligi va molekulaning tuzilishi tetraedrik shaklda bo’lishligi bilan
B) bitta π-bog borligi va molekulaning tuzilishi yassi shaklda bo’lishligi bilan
C) bitta π-bog borligi va molekulaning tuzilishi burchakli bo’lishligi bilan
D) ikkita π-bog borligi va molekulaning tuzilishi chiziqsimon bo’lishligi bilan
29. Quyidagi moddalarni boshqalaridan farq qilish uchun qanday modda bilan sifat reaksiyasini amalga oshirish mumkin?
1) butin-1 2) butin-2 3) buten-2 4) buten-1 5) butadien-1,3
A) bromli suv
B) kaliy permanganatning suvdagi eritmasi
C) kaliy permanganatning kislotali eritm
D) kumush oksidning ammiakdagi eritmasi
30. Asetilen tarkibidagi vodorod atomining qo’zg’aluvchan ekanligini qaysi reagentlar vositasida aniqlash mumkin?
1) suv ; 2) simob(II) sulfat; 3) sulfat kislota; 4) vodorod va platina; 5) vodorod bromid; 6) mis(I) xloridning ammiakdagi eritmasi; 7) etil spirt; 8) kumush nitratning ammoniy gidroksiddagi eritmasi.
A) 1,2 B) 3,4 C) 5,7 D) 6,8
31. Asetilen va butin-2 bir-biridan farqini qaysi modda yordamida aniqlash mumkin?
A) kaliy permanganatning suvli eritmasi B) bromli suv
C) xlorid kislota D) kumush oksidning ammiakdagi eritmasi
32. Qaysi uglevodorodga simob tuzi ishtirokida suv ta’sir ettirish orqali asetaldegid olinadi?
A) etanga B) etilenga C) asetilenga D) propilenga
33. Geksin-1, geksin-2 va geksin-3 larda qanday turdagi izomeriya mavjud?
A) zanjir B) qo’sh bog’ning holat
C) uch bog’ning holat E) fazoviy D) funksional guruhning holat
34. Qaysi uglevodorodlardan asetilenidlar hosil bo’ladi?
1) butilasetilen; 2) dietilasetilen; 3) 4-metilpentin-1; 4) dimetilasetilen.
A) 1,2 B) 1,3 C) 2,4 D) 3,4
Do'stlaringiz bilan baham: |