82. Glitserin va nitrat kislota 1:1 nisbatda ta`sirlashganda hosil bo`lgan organik modda molar massasini (g/mol) hisoblang
83. 2:3 mol nisbatdagi etilbromid va alkilbromid aralashmasiga ishqor eritmasi ta`sir ettirilganda, eritmadagi KOH ning massasi 28 g ga kamaydi. Agar dastlabki aralashmada 1,6∙NA dona uglerod atomlari mavjud bo`lsa, noma`lum alkilbromid aniqlang.
84.Kaliy permanganat neytral eritmasi orqali eten va propen aralashmasi o`tkazilganda 1,74 g cho`kma olindi. Hosil bo`lgan spirtlar toza holda ajratib olindi va 1,15 g Na bilan ishlandi. Reaksiyada ajralgan vodorod hajmini (l , n.sh) aniqlang.
A) 0,56 B) 0,112 C) 0,336 D) 0,672
85. 0,1 mol CnH2n+2Ox tarkibli birikmani to`liq yondirish uchun 14,4 g kislorod sarflandi va 7,2 g suv hosil bo`ldi. Bunga ko`ra n va x ning qiymatlarini mos ravishda aniqlang.
A) 3;2 B) 2;1 C) 3;1 D) 2;2
86. 1mol spirtning yonishidan hosil bo`lgan karbonat angidrid massasi 2 mol shu spirtning oksidlanishidan hosil bo`lgan kislota massasiga teng. Spirtning bitta molekulasi tarkibidagi atomlar sonini toping.
A) 15 B) 12 C) 9 D) 18
87. 0,5 mol glitserinning nitrat kislota bilan ta`sirlashishi natijasida di- va trinitroglitserin aralashmasi hosil bo`ldi. Hosil bo`lgan aralashmadagi kislorod atomlari dastlabki glitserindagiga nisbatan 2,6 marta ko`p bo`lsa, sarflangan nitrat kislota miqdorini (mol) toping.
A) 1,4 B) 0,9 C) 1,2 D) 1,0
88. Berilgan moddalarning qaysilari fenol bilan reaksiyaga kirishadi?
1) propilen; 2) xlorid kislota; 3) bromli suv; 4) natriy karbonat; 5) metanal; 6) natriy gidroksid. A) 1, 2 B) 1, 3, 4, 5, 6 C) 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 4
89. Para krezol molekulasida uglerod atomlarining oksidlanish darajasi yig’indisini toping. A) -6 B) -8 C) -5 D) -9
90. Fenol bilan reaksiyaga kirishmaydigan moddani aniqlang.
A) HCl B) Na C) suv D) NaOH
91. Dissotsilanish darajasi kamayib brogan elektrolitlar qatorini toping.
1) Karbol kislota; 2) etanol; 3) 2.4-dinitrofenol; 4)pikrin kislota; 5) paranitrofenol;
A) 4,5,1,3,2 B) 4, 3, 1, 5, 2 C) 4,1,5, 3,2 D) 4,3,5,1,2
92. A modda natriy metali, o'yuvchi natriy va natriy karbonat eritmalari bilan reaksiyaga kirishib bir xil B modda hosil qildi. B modda gidrolizga uchrab uning eritmasiga fenolftaleinning bir tomchisi tomizilsa, tezda binafsha rangga o’tadi. A va B lar qanday moddalar?
A) fenol, natriy alkogolyat B) etil spirt, natriy etilat
C) fenol, natriy etilat D) fenol, natriy fenolyat
93. Quyidagi moddalardan qaysi biri kamroq darajada dissotsilanadi?
A) fenol B) o-dinitrofenol C) m-dinitrofenol
D) n-dinitrofenol E) 2,4,6- trinitrofenol
Do'stlaringiz bilan baham: |