Alkanlarning dastlabki ta vakilini izomerlarini yozib: a nechtadan izomeri borligini aniqlang, b sistematik,ratsional nomlang c geksan izomerlaridagi 1lamchi, 2lamchi, 3lamchi va 4lamchi uglerodlar sonini toping 2
Download 1.64 Mb.
|
Organika masalalari
65. Alkanlarning ozon ishtirokida yonishining umumiy formulasida ozon oldidagi koeffitsiyent qiymatini aniqlang.
A) 1,5n+0,5 B) n+1/3 C) n+1 D) 1,5n+1,5 66. Metanning 3,36 litr(n.sh) hajmini ilk bor olingan usuli (1856 –yil, Bertolle) bo`yicha olish uchun sarflangan metalning xuddi shunday namunasining ¼ qismi suyultirilgan, qolgan qismi esa konsentrlangan sulfat kislotada eritilishidan hosil bo`lgan tuzlarning qizdirilishidan hosil bo`lgan gaz aralashmasining o`rtacha molyar massasini aniqlang. A) 44,4 B) 43,68 C) 44,57 D) 42,12 67. Petrushka bargida uchraydigan alkan yondirilishidan hosil bo`lgan gaz modda hajmi 4 l bo`lgan 0,1M li so`ndirilgan ohak orqali o`tkazilganda, dastlab cho`kma hosil bo`ldi, keyin esa cho`kmaning ¼ qismi erib ketdi. Boshlang`ich alkan massasini aniqlang A) 7,05 B) 7,034 C) 6,97 D) 8,124 68. Eykozan molekulasida nechta orbital bor? A) 124 B) 122 C) 120 D) 176 69. Qarag`ay daraxtidan ajratib olingan alkan nechta digalogenli hosila hosil qiladi? A) 14 B) 15 C) 16 D) 17 70. Butan xlorlanganda hosil bo`lgan mahsulotning 25,2 gr massasi 14,2 gr xlor tutsa, necha xil boshlang`ich birikma shu holatga mos tushushini aniqlang. A) 11 B) 8 C) 9 D) 10 71. Alkan taribidagi uglerod elektronlari soni vodorod elektronlari sonidan 2,667 marta ko`p bo`lsa, ushbu alkanning nechta izomerida asosiy zanjiridagi uglerod atomlari soni jami uglerod atomlari sonidan 1,333 marta kam? A) 6 B) 7 C) 5 D) 8 72. Massasi 19,6 gr bo`lgan natriy atsetat va unga nisbatan mo`l miqdorda olingan natriy gidroksid aralashmasi qizdirilganda hosil bo`lgan gaz modda nur ta`sirida mo`l miqdordagi xlor bilan reaksiyaga kirishgan. Reaksiya unumi 75% bo`lganda hosil bo`lgan mahsulot 11,55 g bo`lgan. Boshlang`ich aralashmadagi natriy atsetatning massa ulushini aniqlang. A) 31,4 B) 41,8 C) 58,2 D) 68,6 73. Etan va propan aralashmasini yondirish uchun sarflangan kislorodning masasi hosil bo`lgan suvning massasidan 2,133 marta ko`p bo`lsa, dastlabki aralashma massasi hosil bo`lgan karbonat angidrid massasidan necha marta kam? A) 2,95 B) 3,25 C) 1,75 D) 2,15 74. Alkan tarkibida birlamchi (a), ikkilamchi(b), uchlamchi(c) va to`rtlamchi uglerod atomlari bo`lishi mumkin. Umumiy formuladan kelib chiqqan holda birlamchi uglerod atomlari sonini topish formulasini ko`rsating. A) a = c + d + 2 B) a = c- 2d – 2 C) a= b+2d- 2 D) a = c + 2d +2 75. Formulasi C6H14 bo`lgan uglevodorodning faqat tarmoqlangan izomerlari tarkibidagi birlamchi va uchlamchi uglerodlar yig`indisi nechta? A) 19 B) 17 C) 18 D) 20 76. Alkan molekulasi tarkibida ugleroda va vodorod atomlari yig`indisi 26 ga teng bo`lsa, uning nomi qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan. A) 4-etil, 2- metil, geksan B) 3 –etil geptan C) geptan D) 2,2,4 –trimetil pentan 77. Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi uglerodlardagi vodorodning xlor bilan almashinish tezligi 1:3:5 nisbatda bo`lsa, 3 – etil pentan xlorlanishidan olingan monoxlorli hosilalarning qancha qismi 3-etil 2-xlorpentanga to`g`ri keladi? A) 9/17 B) 9/16 C) 1/3 D) 3/8 78. Propan kislorodda to`liq yondirilganda massasi 61,2 gr bo`lgan 1,5 mol is gazi va karbonat angidriddan iborat gazlar aralashmasi hosil bo`ldi. Propanning qancha qismi CO2 hosil qilganligini hisoblang. A) 1/4 B) 3/4 C) 4/5 D) 1/5 79. Ekvimolyar nisbatda olingan ikki xil alkilgalogenidlar aralashmasining natriy metali bilan reaksiyasidan 0,6 mol alkanlar aralashmasi va 123,6 gr tuz hosil bo`ldi. Galogenni aniqlang A) ftor B) xlor C) yod D) brom 80. Alkanning 7 ta molekulasi tarkibida bog`larni hosil qilishda qatnashib gibridlangan orbitallar soni 112 ta bo`lsa, ushbu alkanning 84,28∙1022 ta molekulasi massasini (g) aniqlang. A) 120,4 B) 81,2 C) 100,8 D140,4 81. Noma`lum alkanning izomerlari soni dekan izomerlari sonidan 4,167 marta kam, geptan izomerlari sondan ikki marta ko`p bo`lsa, noma`lum alkanning izomerlari soni geksan izomerlari sonidan necha marta ko`p? A) 3 marta B) 1,8 marta C) 6 D) 3,6 Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling