Alkanlarning dastlabki ta vakilini izomerlarini yozib: a nechtadan izomeri borligini aniqlang, b sistematik,ratsional nomlang c geksan izomerlaridagi 1lamchi, 2lamchi, 3lamchi va 4lamchi uglerodlar sonini toping 2
Download 1.64 Mb.
|
Organika masalalari
Spirtlar – 7
1. Quyidagi moddani xalqaro nomenklatura bo’yicha nomlang. (CH3)3CC(OH)(CH3)(C2H5) A) 2-etil-3,3-dimetilbutanol-2 B) 2,2-dimetil-3-etilbutanol-3 C) 2,2,3-trimetilpentanol-3 D) 3,3-dimetil-2-etilbutanol-2 2. Izomer bo’lgan moddalarni ko’rsating: 1) aldegid; 2) alkan; 3) bir atomli to’yingan spirt; 4) dien; 5) aren; 6) oddiy efir. A) 1,3 B) 3, 6 C) 2, 4 D) 4, 5 3. Quyidagi modda nomini toping: CH2C(OH)CH(OH)CH(CH3)2 A) 4-metilpenten—1-diol-2,3 B) 2-metilpentanol-3,4 C) 2-metilpenten-1-ol-3,4 D) 4,4-dimetil-2,3-diolbuten-1 4. C4H10O2 tarkibli ikki atomli spirtning nechta izomeri bor? A) 2 ta B) 4 ta C) b ta D) 8 ta E) 10 ta 5. C5H11OH tarkibli bir atomli spirtning qaysi izomerlari oksidlanganda aldegid hosil bo'lmaydi? 1) 2-metilbutanol-1; 2) 3-metilbutanol-2; 3) 2-metilbutanol-2; 4) 2,2-dimetilpropanol-1; 5) 3-metilbutanol-1; 6) pentanol-3. A) 2, 3, 6 B) 1,4, 5 C) 2, 3 D) 4, 5 6. Quyidagi moddalardan qaysilari bir atomli to'yingan spirtlar bilan reaksiyaga kirishadi? 1)aktiv metallar; 2) mis(I)oksid (qizdirganda); 3) mis(II)gidroksid (xlorid kislota ishtirokida); 4) sirka kislota (natriy gidroksid ishtirokida); 5) xlorid kislota (sulfat kislota ishtirokida). A) 3,4 B) 2,3,4 C) 1,2,5 D) 1,5 7. Digalogenli alkanga ishqor ta'sir ettirilishidan olingan to'yingan ikki atomli spirtga mis(II) oksid ta'sir ettirildi. Hosil bo'lgan mahsulotga kumush oksidning ammiakdagi eritmasi ta'sir ettirilganda, sut kislota hosil bo'lsa, reaksiyada qatnashgan digaloidli alkan(lar)ni aniqlang. 1) 1,2-dibrompropan; 2) 1,3-dibrompropan; 3) 1,1-dibrompropan; 4) 2,2-dibrompropan. A) 1 B) 3 C) 1,2 D) 3,4 8. Berilgan moddalarning qaysilari etanol bilan reaksiyaga kirishadi? 1) etanol (t < 1400C sulfat kislota ishtirokida); 2) natriy karbonat; 3) natriy metali; 4) etil spirt (t > 1400C sulfat kislota ishtirokida); 5) kaliy permanganat (sulfat, kislota ishtirokida); 6) sulfat kislota. A) 1, 3, 5, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 2, 4 9. Qaysi moddalar ketma-ketligidan foydalanib propanoldan izopropanol olish mumkin? A) konsentrlangan sulfat kislota (t > 1400C); brom (FeBr3) B) konsentrlangan sulfat kislota (t > 1400C); suv (H2SO4) C) natriy gidroksidning suvli eritmasi; vodorod xlorid D) vodorod bromid; kaliy gidroksidning spirtli eritmasi 10. Vodorod bog’lanish hosil qiladigan molekulalarni ko’rsating. 1) sirka aldegid; 2) benzol; 3) metanol; 4) suv; 5) etan; 6) etil spirt; 7) sirka kislota; 8) atseton. A) 1, 3, 4, 6 B) 1, 2, 3, 6 C) 2, 3, 5, 7 D) 4, 5, 6, 7 E) 3, 4, 6, 7 11. Spirtlarning tegishli uglevodorodlarga nisbatan ancha yuqori temperaturada qaynashining sababi nimada? A) spirtlarda vodorod, bog’larning mavjud emasligi B) spirtlarda vodorod bog’ning mavjudligi C) vodorod bog’ning kovalent bog’ga nisbatan puxta emasligi D) spirtlarda vodorod bog’larning hosil bo’lishi natijasida molekularning assotsilanishi E) spirt molekulalarining xarakatchanligi Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling