12. Quyidagi molekulalarning qaysi birida ichki molekulyar vodorod bog’lanish mavjud?
A) suv B) etanol C) sirka aldegid D) sirka kislota E) etilenglikol
13. Qaysi spirt tibbiyotda dezinfektsiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi?
A) metanol B) 1-propanol C) 2-butanol D) 1-pentanol E) etanol
14. Sut maxsulotlarining yog’liligini aniqlash uchun reagent sifatida ishlatiladigan moddani toping.
A) izopentil spirt B) chumoli kislota. C) butil spirt D) etanol E) metanol
15. Yog’ochdan metanolni xam etanolni xam olish mumkin. Bu spirtlarning hosil bo’lish jarayonlari bir-biridan nima bilan fark kiladi?
A)Metanol yog’ochni xavosiz joyda quruq xaydashdan olingan metandan, etanol esa glyukozaning bijg’ishidan olinadi.
B)Metanol yog’ochni gidrolizlab, etanol esa yog’ochni bijg’itib olinadi.
C)Metanol yog’ochni kislorod ishtirokida xaydash yo’li bilan, etanol esa yog’ochni ishqoriy muxitda gidroliz qilish yo’li bilan odinadi.
D)Metanol yog’ochni xavosiz joydi quruq xaydash yo’li bilan, etanol esa yog’ochni kislotali muxitda gidrolizlab, so’ngra gidroliz maxsulotini bijg’itish yo’li bilan olinadi.
E)Metanol yog’ochni ishqoriy muxitda gidrolizlab, etanol esa yog’ochni kislotali muxitda gidrolizlab olinadi.
16. Propanol-1 oksidlanishidan hosil bo’lgan modda qaysi sinfga mansub?
A) aldegidlar B) karbon kisdotalar C) oddiy efirlar
D) ketonlar E) oksidlanmaydi
17. Etil spirtni alkogolyatga aylantirish uchun qaysi moddadan foydalanish zarur?
A) natriy gidroksid B) sulfat kislota C) ammiak
D) kaliy permanganat E) natriy metali
18. Butanol-1 ni kumush oksid bilan oksidlab qanday aldegid olish mumkin?
A) butanal B)etanal C) propanal D) metanal E) olib bo’lmaydi
19. Butanol-2 ni kumush oksid bilan oksidlab, qanday aldegid olish mumkin?
A) butanal B) etanal C) propanal D) metanal E) olib bo’lmaydi
20. Butanol-2 degidratlansa, qanday birikma hosil bo’ladi?
1) buten-1; 2) buten-2; 3) butan.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 1 va 2 E) 2 va 3
Do'stlaringiz bilan baham: |