Alkanlarning dastlabki ta vakilini izomerlarini yozib: a nechtadan izomeri borligini aniqlang, b sistematik,ratsional nomlang c geksan izomerlaridagi 1lamchi, 2lamchi, 3lamchi va 4lamchi uglerodlar sonini toping 2
Download 1.64 Mb.
|
Organika masalalari
94.Quyidagi kislotalardan eng kuchlisini aniqlang.
A) fenol B) o-dinitrofenol C) m-dinitrofenol D) p-dinitrofenol E) 2,4,6-trinitrofenol 95.Fenol bilan mo’l miqdorida nitrat kislota bilan reaksiyasi natijasida qaysi maxsulot hosil bo’ladi? A) 2- nitrofenol B) 3- nitrofenol C) 4- nitrofenol D) 5- nitrofenol E) 2,4,6- trinitrofenol 96.Benzol va fenol aralashmasini bir-biridan ajratish uchun qaysi reaktivdan foydalangan bo’lardingiz 1) xlorid kislota; 2) ishqor eritmasi; 3) nitrat kislota; 4) kaliy permanganat eritmasi; 5) bromli suv. A) 1,2,3 B) 2,3,5 C) 1,3,5 D) 2,4,5 E) 1,2,4 97.Feniletil spirtni kaliy permanganat bilan qizdirib oksidlanganda qaysi modda hosil bo’ladi? A) benzaldegid B) benzoy kislota C) fenilsirka aldegid D) benzil spirt E) fenilsirka kislota 98.Fenollarga qanday moddalar ta’sir ettirib, ularning murakkab efirlari olinadi? 1) fenollarga karbon kislotalar; 2) fenolyatlarga kislota angidridlari, 3) fenolyatlarga kislota galogenangidridlari; 4) fenolning piridindagi eritmasiga kislota galogenangidridlari A) 1 B) 1,2 C) 1, 2, 3 D) 1, 3, 4 E) 2, 3, 4 99. 9,4 g fenol bromlashda (reaksiyada 2,4,6-tribromfenol misol bo`ladi) hosil bo`lgan gazsimon mahsulotni neytrallash uchun 12 % li kaliy gidroksid (p=1,25 g/ml) eritmasidan qancha hajm (ml) sarflanadi? A) 33,6 B) 16,8 C) 1,12 D) 140 100. 300 g fenol eritmasi va bromli suv o'rtasidagi reaksiya oxirigacha olib borildi. Reaksion aralashmani to`la neytrallash uchun 12% li (p = 1,14 g/ml) natriy ishqor eritmasidan 70,2 ml sarflandi. Fenol eritmasining konsentratsiyasini (%) hisoblang. A) 1,36 B) 7,52 C) 1,88 D) 5,64 101. 4,7 g fenol bromli suv bilan reaksiyaga kirishganda 2-bromfenol, 4-bromfenol, 2,4,6-tribromfenollar 1:3:4 mo`l nisbatda hosil bo`lsa, reaksiya uchun sarflangan brom massasini (g) toping. A) 8 B) 16 C) 32 D) 14 102. Fenol nitrolanganda 1:2:3 mol nisbatda 2-nitrofenol, 4-nitrofenol, 2,4,6-trinitrofenoldan iborat 1,2 mol aralashma olindi. Hosil bo`lgan pikrin kislotaning massasini (g) aniqlang. A) 137,4 B) 130,05 C) 68,7 D) 88,9 103. Reaksiya unumi 90 % bo’lganda, 2,4,6-trinitrofenolning 22,3 g miqdorini fenoldan olish uchun qanday massadagi nitrat kislota talab etilishini xisoblang. A) 6,3 B) 17 C) 20,5 D) 37,8 E) 28,3 104. Fenol bilan etanol aralashmasini neytrallash uchun natriy gidroksidning 13,34 % li eritmasidan (r = 1,2g/ml) 50 ml sarf bo’ldi. Shunday massali aralashma natriy metali bilan o’zaro ta’sirlashganda, 4,48 litr gaz (n.sh.) ajralib chiqdi. Aralashmadagi etanolning massa ulushini (%) aniqlang. A) 49,1 B) 29,1 C) 32,86 D) 39,1 E) 59,1 105. Fenol va metil spirti aralashmasini to`liq neytrallash uchun 56 g 10 % li KOH sarf bo`ldi. Huddi shunday aralashma natriy metali bilan ta`sirlashib 2,24 litr gaz hosil qilsa , dastlabki aralashmadagi spirtni massa ulushini (%) aniqlang. A) 25,4 B) 24,4 C) 26,4 D) 21,4 106. Karbol kislota va karbinoldan iborat aralashmani neytrallash uchun natriy gidroksidni 10 % (p=1,4) eritmasidan 40 ml sarf bo`ldi. Huddi shunday aralashmani natriy metali bilan ta`sirlashtirib 33,6 litr gaz (n.sh) hosil qilish mumkinligi aniq bo`lsa, aralashmadagi spirtning massa ulushini (%) ifodalang. A) 72 B) 28 C) 35 D) 65 107. Benzil spirt, o-krezol va pirokatexindan iborat 0,9 mol aralashma 27,6 g natriy bilan reaksiyaga kirishishi ma'lum bo'lsa, aralashmadagi pirokatexin massasini (g) aniqlang. A) 52 B) 64,8 C) 33 D) 45,4 108. Pirokatexin va karbol kislotadan iborat 0,3 mol aralashma 11,5 g natriy bilan reaksiyaga kirishishi ma'lum. Boshlang'ich aralashmadagi karbol kislotaning massa ulushini (%) aniqlang. A) 30 B) 36 C) 64 D) 70 109. Necha... ml fenolning benzoldagi 10,4 % li (p = 1,02 g/ml) eritmasiga mo'l miqdorda natriy metali ta'sir ettirilganda ajralib chiqqan vodorod 2,6 g izoprenni to'liq katalitik gidrogenlashga yetarli bo'ladi. A) 149,3 B) 210,1 C) 241,8 D) 135,5 110. 2,5-dimetilgeksin-3-yen-1 ning 32,4 g miqdorini tola gidrogenlashga yetadigan vodorod olish uchun qanday hajm (ml) 10 % li fenolning benzoldagi eritmasi (p=0,9 g/ml) natriy metali bilan reaksiyaga kirishishi lozim? A) 1880 B) 1692 C) 169,2 D) 846 111. Tarkibida benzol halqasi bo’lgan modda mo’l miqdordagi natriy bilan ishlov berilganda 1.12 litr gaz xosil bo’lgan. Shuncha miqdordagi modda sirka kislota bilan to’la reaksiyaga kirishganda 17,8 g murakkab efir olindi. Reaksiya uchun qanday moddalar olingan. 1) 2.4.6 – trimetilfenol; 2) 2-feniletanol; 3) o-krezol; 4) p - izopropilfenol A) 1, 4 B) 1, 2 C) 2.3 D) 3, 4 112. Fenol gomologi mo’l miqdordagi natriy bilan ishlov berilganda 4.48 litr gaz xosil bo’ldi. Shuncha miqdordagi modda natriy gidroksid bilan reaksiyaga kirishganda 57.6 g natriy fenolyat olindi. Reaksiya uchun qanday moddalar olingan. 1) 2 –etilfenol; 2) benzil spirt; 3) 3- fenilpropanol-1; 4) 2.4- dimetilfenol-1 A) 1, 4 B) 1, 2,4 C) 2,3 D) 2,3, 4 113. Organik birikma 6,5 g pyx kukuni bilan qizdirilib, 7,8 g benzol va 8,1 g rux oksid hosil qilindi. Dastlabki olingan organik modda spirtlar sinfiga kirsa, qaysi modda reaksiya uchun olingan bo’ladi? A) benzil spirt B) fenol C) gidroxinon D) rezortsin E) β-etil-fenil spirt 114. Tarkibida benzol halqasi bo`lgan modda mo`l miqdordagi natriy metali bilan ishlov berilganda 0,56 litr gaz hosil bo`lgan. Shuncha miqdordagi modda sirka kislota bilan to`la reaksiyaga kirishganda 8,9 g murakkab efir olindi. Reaksiya uchun qanday modda olingan? A) propil benzol B) 2-etilfenol C) o-krezol D) 1-metilfenol 115. Tarkibida benzol halqasi bo`lgan modda mo`l miqdordagi natriy metali bilan ishlov berilganda 1,12 litr gaz hosil bo`lgan. Shuncha miqdordagi modda sirka kislota bilan to`la reaksiyaga kirishganda 30 g murakkab efir hosil bo`ldi. Reaksiya uchun olingan moddani nomini aniqlang. A) 1,2-dimetilfenol B) o-krezol C) o-ksilol D) p-ksilol 116. Tarkibida benzol halqasi bo`lgan modda kaliy metali bilan ta`sirlashib 2,24 litr gazni, chumoli kislota bilan reaksiyaga kirishib esa 27,2 g murakkab efir hosil qilsa. Dastlabki moddani aniqlang. A) p-metilkrezol B) 1,2-dimetilfenol C) 1,4-dimetilfenol D) feniletanol 117. Tarkibi C8H10O bo'lgan modda temir(III) xlorid bilan rangli mahsulot hosil qilmaydi. Ushbu modda vodorod bromid bilan tarkibi C8H9Br bo'lgan modda, kaliy permanganat ta'sirida oksidlanib tarkibi C8H6O4 bo'lgan modda hosil qilsa, uning tuzilishini aniqlang, A) 2, 5, 6 B) 2, 5 C) 1, 3 D) 1, 3, 4 118. Tarkibi C8H10O bo'lgan modda temir(III) xlorid bilan rangli mahsulot hosil qilmaydi. Ushbu modda vodorod bromid bilan tarkibi C8H9Br bo'lgan modda, kaliy permanganat ta'sirida oksidlanib tarkibi C7H6O2 bo'lgan modda hosil qilsa, uning tuzilishini aniqlang. A) 1, 2, 3, 6 B) 1, 3, 6 C) 1, 6 D) 4, 5 119. Tarkibi C9H12O bo`lgan modda temir (III) xlorid bilan rangli mahsulot hosil qilmaydi. Ushbu modda vodorod bromid bilan tarkibi C9H11Br bo'lgan modda, kaliy permanganat ta'sirida oksidlanib tarkibi C8H6O4 bo'lgan modda hosil qilsa, uning strukturasini aniqlang. A) 2,4 B) 1,3 C) 3 D) 2 120. Asetilendan benzol(reaksiya unumi 50%), benzoldan kumol(reaksiya unumi 80%), kumoldan fenol(reaksiya unumi 75%) olinganda fenolning massasi boshlang`ich modda massasidan 49,8 g ga kam bo`lsa, asetilenning boshlang`ich hajmini(l,n.sh) aniqlang. A) 67,2 B) 78 C) 33,6 D) 26 121. Fenol oksidlanganda dastlab (a) so`ngra (b) hosil bo`ladi, noma`lum moddalarni aniqlang, A) a – benzaxinon, b – gidroxinon B) a – metil spirti, b – benzaxinon C) a – gidroxinon, b – metil spirti D) a – gidroxinon, b – benzaxinon Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling