53. Urotropin tarkibidagi barcha gibridlangan orbitallarni yozing.
54. Formiat kislotaga kumush oksidining ammiakdagi eritmasi ta`sir ettirilganda, hosil bo`lgan gaz mahsulot kaustik sodaning 200 ml ( 1,3g/ml) 4% li eritmasidan o`tkazilganda o`rta tuz hosil bo`lgan bo`lsa, dastlabki kislotani hosil qilish uchun necha gr karbinol kerak?
55. Massasi 199,8 g bo`lgan bir atomli to`yingan spirt namunasidagi barcha atomlar miqdori 40,5 mol bo`lsa, spirtni toping.
56. 50,16 g spirtning oksidlanishidan 49,02 g aldegid hosil bo`lsa, shunday massadagi spirtdan olinadigan kislotani stronsiyli tuzini massasini toping.
57. Kucherov reaksiyasi bo`yicha olinadigan aldegidning 0,6 molidagidek vodorod tutuvchi atsetonni yoqish uchun ketadigan ozon-kislorod aralashmasining (Mr=42) hajmini aniqlang.
58. Massasi 25,9 g bo`lgan bir atomli to`yingan spirtning oksidlanishi natijasida 1:2:4 mol nisbatda 28,5 g bir atomli spirt, aldegid va bir atomli kislota hosil bo`ldi. Ushbu spirtning qanday massasidagi atomlar soni 1,806∙1023 dona bo`ladi.
59. Tarozining 1 pallasiga 2 mol atseton, 2- pallasiga 1 mol aldegid qo`yildi. Aldegid qaytarilganda tarozi muvozanatga kelsa, aldegid formulasini aniqlang.
60. Ikki xil spirtdan iborat 0,5 mol aralashma oksidlanganda 24,8 g aldegid va ketonlar aralashmasi hosil bo`ldi. Dastlabki aralashma massasini aniqlang.
Karbon kislotalar – 9
1. C(CH3)3–(CH2)3–COOH. Ushbu kislotani sistematik nomenklatura bo`yicha nomlang.
2. CH(CH3)2-CH2CH2CH(CH3)CH2-COOH sistematik nomenklatura bo`yicha nomlang.
3. CH3CH(C2H5)CH(CH3)CH(CH3)COOH sistematik nomini aniqlang.
4. Quyidagi birikma uchun qaysi nomlanish to’g’ri?
5. Tarkibi CH3CH(C2H5)CH(CH3)COOH bo’lgan moddaning nomi qanday bo’ladi?
6. Moddalardan qaysi birlari sirka kislotasiga izomer?
1) HOOC-CH2 - CH3 2) HCOOCH3 3) HO-CH2-CHO 4) CH3OCH2-OH;
5) CH3C(O)- CH3; 6) CH3CHO.
A) 5,6 B) 3,4 C) 2,3 D) 1,5 E) 2,4
7. Chumoli kislotasidagi uglerod atomining oksidlanish darajasi va gibridlanish turini ko’rsating
A) +1, sp2 B) +2, sp2 C) 0, sp2 D) +2, sp E) +1, sp
Do'stlaringiz bilan baham: |