Alkimyo kimyo fanining arabcha nomi; hozirgi kimyoning ibtidosi. A


Download 20.89 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.10.2023
Hajmi20.89 Kb.
#1725192
Bog'liq
Alkimyo - Vikipediya



Alkimyo
Alkimyo — 1) kimyo fanining arabcha
nomi; 2) hozirgi kimyoning ibtidosi. A.
ning rivojlanishida uch davr farq qilinadi:
1davr — 2-6-asrlar, ikkinchi davr — 12-14-
asrlar va uchinchi davr — 15-17-asrlar. Bu
davrlarda Misr, Xitoy, As-suriya,
Movarounnahr va Hindistonda hamda
Yevropada A.ning asosiy masalasi „past
va noraso“ metallarni oltin va kumushga
aylantirishdan iborat bulgan. Olimlar
metallarni bir-biriga qorishtirib oltin va


kumush qotishmalarini tayyorlashgan. 8-
asr oxiri va 9-asr boshlariga kelib qishloq
xoʻjaligi, konchilik va hunarmandchilik
ishlari bir muncha rivoj topdi. Bu esa uz
navbatida tabiiy fanlarning rivojlanishiga
imkon berdi. Konchilik, kunchilik, shisha
va qogʻoz tayyorlash ishlari kimyo
ilmining rivo-jiga taʼsir koʻrsatdi. Sohaning
yetuk olimlari yetishib chiqdi. Shulardan
biri oʻrta asr kimyogarlarining ustozi Jobir
ibn Xayyom (721-813) metallarning vu-
judga kelishi nazariyasini ishlab chiqdi.
Olimning fikricha, yer ostida ikki xil
buglanish amalga oshib, birinchisi nam,
ikkinchisi yer moddasidan koʻtariladigan
quruq bugʻ boʻlib, tutundan iborat. Nam
bugʻdan simob, quruq tutundan oltingu-


gurt hosil boʻladi. Oʻsha paytda maʼlum
boʻlgan mis, qoʻrgʻoshin, qalay va rux „no-
raso“ metallar qatoriga kiritilgan. Oltin
bilan kumush tarkibi toza boʻlib,
qolganlari aralashmalardan tashkil
topgan degan fikrlar bildirilgan. „Noraso“
metallarni „takomillashtirish“ va „tuzatish“
orqali oltin va ku-mushga aylantirish
mumkin degan gʻoya ilgari surilgan. Bu
murakkab vazifani amalga oshirish uchun
ana shu metallarga iksirdan ozgina
qoʻshish kifoya qiladi deb oʻylaganlar.
Jobir ibn Xayyom har qanday taxmin aniq
maʼlumotlar bilan tasdiqlangandagina
qabul qilinishi mumkin deb yozgan.
Kimyoda faqat taj-ribalarga suyanib ish
koʻrish kerakligini ham taʼkidlaganligi


maʼlum. Oʻrta asrlarda sharqning ikkinchi
bir kimyogari Ar-Roziy Aristotel fikrlariga
toʻzatish kiritdi. Uning fikricha, metallar
murakkab moddalar boʻlib, oʻziga xos
xossa va xususiyatlarga ega. U koʻplab
tajribalar utkazdi. Ar-Roziy oʻzining 200
dan ortiq ilmiy ishlarida, shu jumladan
kimyoga oid mashhur „Sirlar kitobi“
asarida oʻsha davr kimyosida qoʻllanilgan
barcha moddalar, asbob-an-jomlar va
tadbirlarni mufassal bayon etdi. Roziy
ham, Jobir singari, iksir yordamida bir
metallni ikkinchi me-tallga aylantirish
mumkin deb oʻylardi; bundan tashqari,
metallarni turli nis-batda bir-biriga
qoʻshish orqali ham oltinga oʻxshash
metall hosil qilish ustida koʻp tajribalar


oʻtkazdi. Biroq Roziy shu usudda
tayyorlangan metallar koʻrinish jihatidan
oltinga oʻxshasada, hali ular yuqori sifatli
oltin emas deb taʼkidladi. Buning isboti
uchun u oʻsha qotishmalarni oʻz tarkibiy
qismlariga ajratdi. Xorazmlik ikki olim —
Abu Abdullo Muhammad ibn Yusuf
Kotibiy Xorazmiy va Abdulhakim ibn
Abdulmalik al-Kosiy ham kimyo tarixiga
katta hissa qoʻshdilar. Oʻrta Osiyoda,
umuman, Sharqda kimyo fanining
taraqqiyotida buyuk tabib va faylasuf Abu
Ali ibn Sinoning roli ham nihoyatda katta.
Ibn Sino kimyogarlarning oddiy metallarni
oltinga aylantirish toʻgʻrisidagi fikrlariga
keskin qarshi chiqdi. Metallarning paydo
boʻlishi masalasida u ham Jobir


nazariyasiga oʻxshash nazariyani ilgari
surdi; ammo Ibn Sinoning fikri-cha, oʻsha
davrda maʼlum boʻlgan har qaysi metall
oʻzicha alohida bir moddadir (biror
yagona metallning turi emas). Bir metallni
ikkinchisiga aylantirish uchun uning
tarkibiy qismlari (oltingugurt, simob va
boshqa aralashmalar) orasidagi nis-batni
oʻzgartirish kerak. Vaholanki biz bu
nisbatning qanday ekanligini bil-maymiz,
demak, uni oʻzgartirishga qodir emasmiz,
deydi Ibn Sino. Ibn Sinoning metallar
murakkab tarkibli moddalar ekanligi
haqidagi fikri fandan uzoq boʻlsa ham,
uning oddiy metallarni iksir yordamida
oltinga aylantirish mum-kin degan
nazariyaga qarshi chiqib yozgan


mulohazalari oʻrta asr A.sining ilmiy
347kimyoga oʻsib oʻtishida katta rol
oʻynadi. Oʻrta asr kimyogarlari oddiy
metallarni oltinga aylantirish haqidagi oʻz
naza-riyalarini amalga oshirish yoʻlida
koʻp kuch va vaqt sarfladilar. Natijada
ular turli moddalar va asboblarni kashf
etdilarki, bularning koʻp qismi hozirgi
kimyo ilmida keng qoʻllaniladi. A.
sohasida oʻtkazilgan tadqiqotlar tufayli
metallurgiyani rivojlantirishga, keramika,
shisha, millionlab tonna nitrat kislota
ishlab chiqarishga, gazmollarni boʻyash
ishlarini maromiga yetkazishga,
novshadil, kinovardan simobni ajratib
olish va boshqa ishlarni amalga
oshirishga muvaffaq boʻlindi. Amalgama


(oltin suvini yuritish) kabi muhim ishlar
ham alkimyogarlar xizmatining
samarasidir. Ad.: Karimov U. I.,
Neizvestnoye sochineniye Abu Bakra ar-
Razi „Kniga tayni tayn“, T., 1957; Kazakov
B., Prevraheniye elementov, M., 1977;
Rabinovich V. L., Alximiya kak fenomen
srednevekovoy kulturi, M., 1979.Qudrat
Axmerov.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar

Download 20.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling