Alkimyogar-tahlili pdf


Download 14.59 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.01.2023
Hajmi14.59 Kb.
#1106432
Bog'liq
alkimyogar-tahlili



Alkimyogar 
Braziyalik yozuvchi Poelo Koelhoga tegishli ushbu asar 1988-yilda yozilgan va 
nashr etilgan, ammo o’sha paytda katta yutuqlarga erishmagan bo’lsa ham, ammo 
bugunga kelib bu kitob dunyoning 56 ta tiliga tarjima qilingan va jahonning 
bestseller kitoblar ro’yhatiga kiritilgan.Bu asar juda ham asosiy mavzu-“Olam 
nima uchun yaratilganligi haqida”- yozuvchining fikrlari namoyish etilgan, ya’ni
al-kimyo fani olamni barcha zarralarini o’rganuvchi fan hisoblansa, yozuvchi 
olam faqat insonning orzu va maqsadlarini amalga oshirish uchun yaratilgan degan
g’oya ilgari suruladi. Shu sababdan yozuvchi bu asarning nomini–Alkimyogar nomi
bilan nomladi deb o’ylayman.Bu asarni syujeti va obrazi oddiy bir cho’pon 
bolaning o’z qo’ylarini boqib yurayotgan paytida tushiga kirgan bir belgi, ya’ni
taqdirining namoyon bo’lishi bilan boshlanadi. Bu tushni u bir necha marotab 
ko’radi va bunda bir alomat borligini his etadi. Shunda yosh cho’pon qiziqqonlik
bilan tushini tabirini bilish uchun folbin oldiga boradi va folbin unga uning 
oldida buyuk taqdir kutayotganini, ya’ni misr piramidalarda uning xazinasi 
borligini, va bu xazinani qidirib topishini aytadi. Ammo yosh cho’pon Santyogo 
bunga e’tibor bermaydi, oddiy tush deb o’ylaydi, Qachonki uning oldiga Salim 
podshosi Malkisidiq oddiy chol qiyofasida kelib uni maqsadi va taqdiri yo’lida 
qo’rqmasdan borishi kerakligini aytadi. Va Santyoga bu maqasadi yo’lida olg’a 
yurishga qaror qiladi. Ammo bu yo’llar oson yo’l emasdi, u bu yo’lda to’rtta 
to’siqlarga uchraydi. Birinchi to’siq o’z maqsadini, o’z yo’lini, orzu-
istaklarini topa olish. Bu har bir inson uchun eng qiyin mashaqqatdir aslida. 
o’zining asl maqsadi nimalagini aniqlash, va bu yo’lda qo’rqmasdan jasorat bilan
borish, kerak bo’lsa o’zining sevimli narsalaridan, odatlaridan voz kechish bu 
asosiy to’siqdir insonlar uchun. Santyago ham maqsadi uchun o’zining sevimli 
mashg’uloti bo’lgan chorvachilikdan, o’ziga qadrdon bo’lib qolgan, hatto 
odamlardan ham yaqin bo’lgan, har kuni xayollarida suhbatlashgan qo’ylaridan voz
kechikib qo’rqmasdan o’z taqdiri yo’lida tavakkal qila oldi. Shundan so’ngra u 
boshqa bir to’siqqa uchradi–Muhabbat to’sig’iga. Aslida bu to’siq emas ko’mak 
edi, ammo biz insonlar buni ko’pincha to’siq deb tushunamiz, ya’ni 
yaqinlarimizga bizning maqsadlarimiz yo’limizdan ketish zarar yetkazadigandek 
tuyuladi, ammo aslida bizni sevgan insonlarni bizni maqsadimizga erishish uchun 
duoda bo’ladilar va buni chin yurakdan istashadi, va shuning uchun ham bu ularga
zarar emas, aksincha foyda keltiradi.So’nggi sinovlardan, to’siqlardan biri bu– 
uning dunyodagi eng oliy maqsadi va orzu ushalishi oldidan kutulayotgan 
qo’rquvdir.Inson umr bo’yi orzu qilgan narsa amalga oshayptganini anglagan 
vaqtda, uning qalbi gunohkorlik tuyg’usiga to’ladi, atrofga qarab orzu-
umidlariga erisholmagan ko’plab odamlarni ko’radi, va “men ham bu orzuga munosib
emasman” deb o’ylay boshlaydi. Shu maqsad yo’lidagi chekkan mashaqqatlarini 
unutadi. Bu sinov va to’siqlarni yengmoq uchun insonda katta matonat va sabr 
bo’lishi lozim, shunda u barcha maqsadlariga yetisha oladi. Al-kimyogar 
asarining asosiy g’oyasi Olam biz maqsadlarimizga erishish belgilarga to’la, biz
faqat belgilarni his qila olsak bas degan ma’noda tushuniladi.Menga eng ma’qul 
bo’lgan, butun asarning asosiy maz’muni quyidagi kichik gapda, to’laligicha aks 
ettirilgan: bu kurrai zaminda oliy bir haqiqat mavjud: qachonki sen nimanidir 
astoydil istasang, albatta unga erishasan, chunki bunday istak Olamning Ruhida 
dunyoga kelgan bo’ladi. Sen yer yuzida xuddi ana shuning uchun yaratilgansan. 

Download 14.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling