"Alkimyogar" va "Chol va dengiz" asarlarining qiyosiy tahlili


Asarlarning asosiy gʼoyasi


Download 1.42 Mb.
bet3/7
Sana07.02.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1176128
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-курслар учун ЯН намунаси

Asarlarning asosiy gʼoyasi
Obrazlarning qiyosiy tahlili
Asar qahramoni cho'pon yigit Santyago o'z orzulari yo'lida aldansa-da, qiyinchiliklarga duch kelsa-da tap tortmay, dadil odimlaydi va o'z niyatiga erishadi. Asar insonni kurashishga chorlaydi. Santyago - o’zi, oilasi, el-yurti uchun ezgu ishlar qilib, oldinga intilib, izlanishda davom etuvchi inson. U orzulari sari olg’a borib, turli xil mashaqqatlarni yengib maqsadiga erishadi.
Asar bosh qahramoni bo'lmish Santyago qari bo'lishiga qaramay o'zining tajribasiga suyanib yashayotgan inson va shu ishonchini yo'qotmaslik uchun harakat qilayotgan, taslim bo'lmayotgan baliqchi. "Cholda nimayiki bor bo'lsa, bari ham eski, faqat dengiz tusini olgan moviy, mardona odamlarnikiga xos quvnoq ko'zlari bundan mustasno”. Hozirgi vaqtda u qarib qolganiga qaramay yoshligida juda baquvat bo'lgan. Bir marta u portdagi eng kuchli odam, barzangi negr bilan kuch sinashib uni yenggan. Shu voqeadan so'ng uni ancha vaqtgacha "Santyago chempion" deb atashgandi.

obrazlarning qiyosiy tahlili


Santyago - hayot qiyinchiliklariga bardoshli cho’pon yigit
Fotima- Santyagoning orzu-umidlari, hayoti mazmuni
Alkimyogar- yo’lboshchi
Xazina - insonning oldiga qo'ygan buyuk maqsadi
Santyago - hayot qiyinchiliklaridan qo’rqmaydigan matonatli baliqchi.
Akulalar - hayot sinovlari
Bola - insonning eng yaxshi, beg'ubor xislatlari ramzi
Baliq - insonning oldiga qo'ygan buyuk maqsadi
Chol oriq va holdan tolgan, ensasini chuqur ajinlar tilib oʼtgan, betlari esa quyosh nurining tropik dengiz yuzidan aks etib chiqishidan paydo boʼladigan beozor teri rakining
jigar rang dogʼlari bilan qoplangan edi. Dogʼlar choʼzilib gardanigacha tushgan, yirik baliqlarni tortib olayotganda, chizimchalar oʼyib yuborgan qoʼllarida chuqur chandiq izlari koʼrinardi. Аmmo bu izlar ichida yangisi yoʼq, hammasi ham uzoq suvsizlikdan qaqrab yotgan biyobon darzlari singari koʼhna edi. Cholda nimaiki bor boʼlsa, bari ham eski, faqat dengiz tusini olgan moviy, mardona odamlarnikiga xos quvnoq koʼzlari bundan mustasno edi.
Bo‘zbolaning ismi Santyago. Santyago diniy maktabda lotinchani, ispancha va dinshunoslikni o‘rgandi. Biroq go‘dakligidayoq unda dunyoni ko‘rishga ishtiyoq kuchli edi, bu tuyg‘u Tangrini anglash yoki insoniyat gunohlarini miridan-sirigacha bilib olishdan ustun keldi. Va bir kuni ota-onasini ko‘rgani kelganida, u yurak yutib, men ruhoniy bo‘lishni xohlamayman, dedi. U yurt kezishni xohlardi.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling