“Chol va dengiz” qissasida keltirilgan maqollar
1. Odamzodni yanchib tashlash mumkin, lekin uni yengib bo'lmaydi.
2.Inson bolasi yengilib, yengilganiga rozi bo'lib ketaverish uchun yaratilmagan.
Аsarlardagi eng yaxshi aforizmlarning qiyosiy tahlili
1. Inson neniki orzu qilsa, uning orzusi amalga oshishi uchun butun koinot uning bilan birga bo’ladi’.
2. O’z taqdirim - nima o’zi bu? Bu- hayotimizning oliy mohiyati ro’yi zamindagi umrguzaronligimiz uchun Tangrimiz tayyorlab qo’ygan yo’l.
3. Hayotning mohiyati ham aslida shu - 7 marta yiqilib, 8 marta oyoqqa turib keta olishda.
4. Xudoning qahri qattiq, ammo uning marhamati ham chek-chegarasiz.
5. Bizning sayyoramizda bir buyuk haqiqat barqaror: agar siz chindan nimanidir orzu qilsangiz, unga albatta erishasiz. Zotan, Olam Qalbida ham tug’iladi va ayni shuning o’zi sizning Yerda mavjudligingiz tasdig’i, sizning taqdiringizdir.
6. O’z orzularini ro’yobga chiqarish uchun yo’lga tushgan biror bir qalb iztirob chekmaydi, chunki ushbu izlanishlarning har lahzasi - Alloh bilan, abadiylik bilan muloqotdir.
1.Baxt kelgan chog'da uni kutib olmoqqa tayyor tur.
2. Achchiq-chuchukka bardosh berishga o'z vaqtida o'rgatish kerak.
3.Uqubatlarni insonlarcha...yo bo'lmasa xuddi mana shu baliqchalik yengib o'tishga harakat qil!
4. Oldin qarz olasan, keyin sadaqa so‘raysan.
5.Odamzodni yanchib tashlash mumkin, lekin uni yengib bo'lmaydi.
6.Inson bolasi yengilib, yengilganiga rozi bo'lib ketaverish uchun yaratilmagan.
7. Umidsizlik — halokat,— deb o‘ylardi u.— Buning ustiga, fahmimcha, umidsizlik hatto — gunoh.
“Alkimyogar” asaridagi konflikt
Asarda qahramonning o’zi bilan konflikt mavjud. Ya’ni insonning o’z orzusiga erishishida unga duch keladigan eng katta to’siq bu o’sha insonning o’zidir.
Xo‘sh, nima uchun hammaning ham istak va orzulari ushalavermaydi? Go‘daklik paytdayoq, hayotda erishishni juda istagan narsalarga intilganimizda, yo‘q, bu narsalarga erishib bo‘lmaydi, degan gapni quloqqa quyib qo‘yishadi. Bola: harchand urinmay, baribir o‘zim xohlagan narsaga erisholmayman, degan fikr bilan ulg‘ayadi. Shu tariqa, yillar mobaynida qalbida turli xil shubha-gumonlar va qo‘rquvlar ildiz otadi, umidsizlik va aybdorlik tuyg‘usi kuchayib boradi. Va bir kun kelib, O‘z Taqdirini yashash istagi shu og‘ir yuk ostida qolganini anglaganda, o‘ziga in’om etilgan oliy imkonni yo‘qotib qo‘yganday tuyuladi. Biroq aslida bu imkon uning qalbida yashayotgan bo‘ladi. Shunga qaramay, kishi qalbi tubidagi orzu-niyatini yuzaga chiqarishga, amalga oshirishga bel bog‘lab kirishguday bo‘lsa, uni yana bir sinov kutadi: bu — sevgi, mehr-muhabbatdir. Kishi hayotda nimaga erishmoqchi ekanini yoki qanday sinovlarga bardosh bera olishini biladi, biroq orzusiga yetish uchun hamma narsadan voz kechsa, oqibatda o‘z yaqinlariga ozor yetkazib qo‘yishdan qo‘rqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |