Allanazarova dilafruzning
O`zbekiston-Rossiya aloqalari yangi bosqichda
Download 1.52 Mb.
|
Dilafro`z O`zbekiston
O`zbekiston-Rossiya aloqalari yangi bosqichda.
XULOSA Xulosa shuki, globallashuv jarayonlarida hech bir davlat yakka holda muvaffaqiyatga erisha olmasligi, mamlakatlar o`zaro manfaatlaridan kelib chiqqan holda sa`y-harakatlarini birlashtirishi lozim. O`zbekiston va Rossiya hamkorligi uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasi nihoyatda istiqbolli yo`nalish hisoblanadi. Boisi ikki mamlakat ham deyarli bir vaqtning o`zida davlat uchun muhim sanalgan axborot texnologiyalari (IT) ni joriy etish bo`yicha dasturni amalga oshirishga kirishmoqda. Xususan, 2018-yilda Rossiyada “Raqamli iqtisodiyot” hukumat dasturi tasdiqlanib, uch yillik tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Mamlakat Prezidentining AKT sohasini takomillashtirishga qaratilgan qarorlari hayotga tatbiq etildi. Ikki mamlakat tomonidan mazkur sohada belgilangan maqsadlarni birgalikdagi sa`y-harakatlar asosida amalga oshirish mumkin bo`ladi. Raqamli iqtisodiyot, texnoparklar faoliyatini yo`lga qo„yish, pochta aloqasini takomillashtirish, jamoatchilik bilan aloqalar bo`yicha mutaxassislar malakasini oshirish va IT mutaxassislarni tayyorlash shular jumlasidandir. Ushbu vazifalarni to„laqonli ro„yobga chiqarishning imkoniyati bor. Zero, O`zbekiston va Rossiya kadrlar tayyorlash jabhasida hamkorlik qilish uchun allaqachon mustahkam poydevorga egadir. Shu maqsadda hududlararo formatda erishilgan kelishuvlar borasidagi ishlarni kuchaytirishimiz lozim. 2021-yil bo`lib o`tgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi ikki davlat o`rtasidagi yaqin kelajakda amalga oshiriladigan ulkan ishlar uchun debocha hisoblanadi. Shu o`rinda ishonch bilan aytish mumkinki, milliy iqtisodiyot salohiyatini to`la ochish, tadbirkorlik faoliyatini rag`batlantirish, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan yangi-yangi islohotlar Rossiya-O`zbekiston aloqalarini yanada mustahkamlash, Markaziy Osiyoda barqarorlikni saqlashga xizmat qiladi. Mintaqada shu jumladan O’zbekistonda tinchlik barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni izchil samarali amalga oshirishda tashqi aloqalar muhim o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi bilan birga qo’ygan hamkorlik aloqalari shunga qaratilgan. Munosabatlarimizning rivojlanib borishi jarayonini kuzatsak, bunda biz tomonlar manfaatlari, o’zaro tenglik va huquqiy asoslarda bir-birini uyg’unlashtirayotganini ko’ramiz. Davlatlarimiz rahbarlarining bir qator uchrashuvlarda ko’pgina shartnoma bitimlar imzolandi. Ular asosida talay ishlar amalga oshirildi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling