Allaning sehri


BIZ – BUYUK MA’NAVIYAT EGASIMIZ


Download 13.76 Kb.
bet3/3
Sana04.02.2023
Hajmi13.76 Kb.
#1158959
1   2   3
Bog'liq
o\'zbek tili diktant matni

BIZ – BUYUK MA’NAVIYAT EGASIMIZ

Inson moddiy va ma’naviy ehtiyojlar bilan tirik. Uning vujudi moddiy olam qonuniyatlari bilan yashasa, qalbi va ongi, shuuri ma’naviy olam qonuniyatlari bilan nafas oladi. Masalan, ovqat yeyish, badan tarbiyasi bilan shug‘ullanish –moddiy olam qonuniyatlariga bo‘ysunish alomatidir. O‘ylash, fikrlash ,ishonish, zavqlanish, go‘zallikni sevish–bularning barchasi ma’naviy olam qonuniyatlaridan dalolatdir. Mukammal inson bo‘lish uchun ham moddiy, ham ma’naviy olam qonuniyatlari asosida yashash lozim bo‘ladi. Buning uchun odam o‘zidagi moddiy va ma’naviy ehtiyoj hamda mayllarni boshqara olishi zarur.


Demak, inson hayotining mohiyatini tashkil etadigan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni bir-biridan ustun qo‘yib bo‘lmaydi. Qayerdaki moddiy intilishlar kuchayib ketsa, odamlar ma’naviy qiyofasini yo‘qota boshlaydi, ular o‘rtasida o‘zaro hurmat, go‘zallikni qadrlash, haqiqatga ishonch kabi fazilatlar yo‘qoladi. Aksincha, faqat ma’naviy intilishlar bilan ham yashab bo‘lmaydi. Chunki, bunday hayot odamlarnnig moddiy taraqqiyotdan orqada qolib ketishiga, maktab, kutubxona, teatr, muzey kabi ilm –ma’rifat maskanlari qurishga mablag‘ topolmay oxir-oqibatda ruhiy jihatdan qashshoq bo‘lib qolishga olib keladi.
Agar dunyo tarixiga nazar solsak, aynan mana shunday yo‘l–moddiy va ma’naviy boyliklardan taraqqiyot yo‘lida imkon qadar keng foydalanish yaxshi natijalar berganini ko‘ramiz. Bularning barchasi sho‘ro davrida shakllangan “moddiy boylik odamni buzadi” degan qarashning nechog‘li noto‘g‘ri ekanini ko‘rsatadi.

3-sinflar uchun


Musicha

Musicha — beozor qush. U uylarning oshxona, saroy va daraxtlariga in qo'yadi. Tuxumini o ‘n besh kun bosib yotadi. Jo'jalari yigirma kundan keyin uchirma bo'ladi. Musicha bir уiIda to'rt yoki besh marta bola ochadi. U erta tongdan ovqat qidirib yuradi.



4-sinflar uchun
Varrak

Kechasi edi. To'lin oy ko'rindi. Mayin shabada esa boshladi. Turli gullarning xushbo'y hidi taraldi. Biz qirda varrak uchirdik. Varrak guldor qog'ozdan yasalgan edi. Oy nurida juda chiroyli ko'rindi. Uni kichik bolalar bilan birga kattalar ham tomosha qilishdi.
Download 13.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling