Allaqulova nodiraning
Kartondan «O‘yla, izla, top» ko‘rgazmali qurolini tayyorlash texnologiyasi
Download 162.34 Kb.
|
Allaqulova nodiraning
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
- Pedagogik vazifalar
Kartondan «O‘yla, izla, top» ko‘rgazmali qurolini tayyorlash texnologiyasi
1. 30×44 sm o‘lchamdagi karton qog‘ozi olinadi. 2. Karton qog‘ozining usti oq qog‘oz bilan muqovalanadi. 3. Karton qog‘ozining 5sm yuqori qismiga «O‘yla, izla, top» deb yozib qo‘yiladi. 4. Kartonning pastki qismiga 5 sm rangli kartondan turli shaklda cho‘ntakcha qirqib olinib yelimlab qo‘yiladi. 5. Kartonning qolgan qismini teng 9 bo‘lakka bo‘lib o‘lchab chizib olinadi. 6. Har bir bo‘lakning pastki qismiga sonlarni joylashtirish uchun rangli kartondan turli shakllarda cho‘ntakcha qirqib yelim lab chiqiladi. 7. Har bir bo‘lak rangli qog‘oz yordamida ajratib olinadi. 8. Rangli kartondan turli shakllarda shablon yasab 1-9 gacha bo‘lgan sonlarni yozib chiqamiz. 9. Har bir shablonni chetki qismi skochlanib chiqilsa ham bo‘ladi. 10. 1–9 gacha bo‘lgan sonlarni ko‘rgazmali qurolga shunday tar - tibda joylashtirishimiz kerakki, har qanday yo‘l bilan qo‘shib hisoblan ganda 15 raqami chiqishi kerak. Savol va topshiriqlar Ko‘rgazmali qurollarga mustaqil ishlov bering. 2. Ko‘rgazmali qurollardan foydalanish texnologiyasini tushuntirib bering. Mavzu: Kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasi Reja: 1. Tabriknomalar haqida ma’lumot berish. 2. Kvilling usulida shakllar yasash haqida ma’lumot berish. 3. Kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasini tu shun - tirish. Pedagogik vazifalar: • talabalarning tabriknoma va ularning turlari haqidagi bilim larini aniqlash; • kvilling usulida shakllar yasash haqida tushunchalar berish; • kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasini tushuntirish. Ta’lim usullari: Tushuntirish, aqliy hujum, amaliy ish, amaliy ish taq dimoti. Ta’lim vositalar: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, tabriknoma turlaridan namunalar, kviling usulida shakllar yasash bosqichlari, rangli qo g‘oz, rangli karton, qaychi, chizg‘ich, qalam, yelim.Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq- lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savol lar beriladi. 1. Tabriknomalarning qanday turlarini bilasiz? 2. Tabriknomalar nima maqsadda ishlatiladi? 3. Kvilling usulida qanday shakllar yasash mumkin? 4. Kvilling usulida tabriknoma yasashda qanday qog‘ozdan foydalaniladi? 5. Qanday bayramlarni bilasiz? Download 162.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling