Neft tarkibidagi yo’ldosh gazlar seperatorlarda vakuym ostida ajratiladi.
Ko’mir qattiq yonuvchan foydali qazilma, o’simlik va hayvonlarning o’limidan, mikroorganizmlarning hayot faoliyati natijasida hosil bo’ladi.
Komir neftdan arzon va yer qatlamida ko’proq, bir tekis tarqalgan. Uning tabiiy zaxirasi neft zaxirasiga qaraganda ancha ko’p va olimlarning axborotlari bo’yicha u asrlar davomida tugamaydi. O’zbekistonda ko’mirning zaxirasi 2 milliard tonnadan ziyot.
Ko’mir qazilmasi asosan tarkibida C, H, O, N, S bo’lgan siklik organik birikmalardan hamda anorganik moddalar aralashmasi (kul) va namlikdan iborat bo’ladi. Kul va namning miqdori 50 % va undan ortiq bo’lishi mumkin. Ko’mrning o’simliklar qoldiqlaridan havosiz sharoitda ularning biokimyoviy parchalanishi natijasida hosil bo’lishi (ko’mirlanishi) quydagi bosqichlar orqali sodir bo’ladi :
Do'stlaringiz bilan baham: |