Alloh taoloning inoyati…
Download 26.73 Kb.
|
1 2
Bog'liqAlloh taoloning inoyati
Odamlar Orasida
Assalomu alaykum qadrli insonlarim bugungi kunga kelib, aqlga ham sig`maydigan voqealar atrofimizda sodir bo`lyapti yoki biz bu voqealarning ishtirokiga goh guvohiga alanyapmiz. Biz kun o`qishdan uyga qaytyaman : ko`cha tili bilan aytganda ikki juftlik(sevishganlar) yo`l yoqasida ketyapti. So`ng ularning oldidan bir otaxon chiqib ularga tanbex bera boshladi. Bu voqeadan anchagacha tasirlanib yurdim, chunki otaxonning ular uchun jon kuydirib gapirgan gaplari insonni qalbini larzaga keltiradigan darajada edi. Yana yo`lda davom etdim, Unversitetning oldidan o`tib ketayapman. Tahmiman 5-6 ta g`ozal suratli, bashing kiyingan qizlar chiqishdi va mening oldimda ketdilar. Ularning gapirayotgan gaplari yurakda turishga ham yaramas edi va sadaqa so`rab o`tirgan bir oyog`i kuygan, oyog`ing tirnoqlari yo`q , yuzida nur yog`ilayotgan bir ayol chiqdi. Qizlar bu ayol haqida shunday gaplarni gapirdilarki, ularni inson bolasi ekaniga shubha qila boshlashingiz amri mahol. Axir u Alloh taoloning yaratgan bandasi bo`lsa, menimcha 1 odam, boshqa odamning ustidan kulish eng katta gunohlardan biri emasmi…? Keyin esa vokzal tomon tez-tez yura boshladim va o`zim chiqadigan moshinalarning oldiga tezroq borishni xohlardim, bunga sabab oila a`zolarimga bo`lgan sog`inch .Shu ketayot payitimda yana bir hijolatli holatga tushib qoldim. Uzun bo`yli kalta sochli,sochlari chiroyli turmaklangan opa haydovchiga qarab ``Jayhungacha qancha bo`ladi?``.Haydovchi aka esa: `` 5 ming so`m``-dedi.Opaning yuz ifodasidan ma’lum ediki, u mashinada ketmasligi haydovchi akaning opaga nuqtalib qarashlari juda-juda qo`rqinchli edi. Opa haydovchiga ketmasligini aytib baland ovozda, yomon so`zlarni aytib ketti. Eh, qadrlilarim axir hammamizni Alloh taolo yaratgan-ku nega biz bandalar,bir-birimizni ustimizdan kulamiz,nega nomahramlardan ko`zimizni tiya olmaymiz,nega go`zallik hashomat deb o`ylaymiz? Axir go`zallik hashamatda emas balki tozalikda-ku, nega Alloh subhonahu va taolo bergan sinovlarga irodasizlik bilan javob qaytaramiz, nega nafsimizni tiya olmaymiz, nega Alloh taolo bergan kamchiligimizdan uyalamiz, nega insonlarni martabasiga, cho`ntagidagi puliga,ustidagi libosiga qarab baho beramiz, nega ``Musulmonmiz``-deymizu bir-birimizni ochiq chasiga yomon so`zlar bilan tahqirlaymiz, nega imon qalbda bo`lgani kifoya deymiz lekin u amalda bo`lishni boshqalarga uqtiramiz-ku o`zimiz amal qilmaymiz, nega bir hashomatli uyimizga, mol-dunyoyimizga ishonib katta-katta gaplarni gapiraveramiz,axir boylikni bergan ham Alloh taolo… Xohlagan paytda olib qo`yishini o`ylamaymiz ham , zamon o’zgaryapti deymiz zamonni o`zgarishiga kim sabab bo`layotganini unitib qo`yamiz ba`zida. Oramizda shumday insonlar borki, ularni oliy janobligiga,qilayotgan go`zal ammallariga,gapirayotgan ma`noli so`zlariga qarab shu insonlar borligi uchun ham yer bizni ko`tarib turibdi deb o`yga tolasan kishi. Hayotingizda qanday voqea bo`lishinidan qat`iy nazar goh u yaxshi, goh u yomon bo`lsin Alloh taoladan unutmang. Biz bandalarga berilgan ulug` nemat atalmish oilani qairlaylik. Axir hech bir inson bir daqiqadan keyin yoki bir soniyadan keyin ayni shu yerda bo`laman deb aytolmaydi. To`g`rimi ? Albatta to`g`ri , shuning uchun Alloh subhonahu va taoloning bizga bergan eng qimmatli nemat ``vaqt``ni qadrlaylik.Ba`zida ota-onalar o`z farzandlarining yomon xulqlaridan tushkunlikka tushadilar va ulardan xafa bo`dilar. Mening fikrimcha bu xato, chunki, ota-ona o`z farzandiga qanday tarbiya bergan bo`lsa, ularni yonida o`zlarini qanday tutgan bo`lsalar farzandlari ham huddi ulardek bo`ladilar va oiladagi muhitni tashqarida o`zing tarbiyasicha namoyon qiladilar. Inson o`zgarishni o`zidan boshlash kerak. Agar inson faqat o`zing xatolari ustida ishlab, gunoh ishlardan o`zini tiyib yursa, atrofdagilar bilan ishi bo`lmay qoladi. Qadrlilarim, azizlarim,tengdoshlarim, Payg`ambarimiz Muhammad (S.A.V)ga munosib ummat bo`laylik va o`zgarishni o`zimizdanayni hozirdan shu tobdan boshlaylik. Men Tojaliyeva Malohat Kozimjon qizi Farg`ona viloyati Quva tumanida Kattaqishloq qishlog`i Yangiyo`l ko`chasi 31 uyda istiqomad qilaman. Hozirda TATUFF akademik litseyining 3.21 guruh o`quvchisiman. Bularni yozishimga asosiy sabab ota-onam va oila a`zalarim shu jurnaldagi Insha Alloh mening yozgan hikoyachamni ko`rib xursand bo`lishlari, bu jurnalni dadam juda ko`p o`qiydilar, ayni shu tobda Alloh taoloning sinovidan o`tayaptilar deb o`ylayman… .. Dadam va butun oilam a`zolarim yozishimni bilmaydilar. Ularga sovg`a bo’lishini ,biroz bo`lsada hursand qilishni hohlar edim . Men yozgan hikoyalarimni kimdir o`qib o`ziga kerakli xulosalar chiqarib olsa va unga amal qilsalar, mendan baxtli odam yo`q. Download 26.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling