Allohim oʻqigan namozimizni qabul etgin xato kamchiliklari boʻlsa oʻzing kechirgin oʻzing kechirguvchi zotsan


Download 13.23 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi13.23 Kb.
#1408267
Bog'liq
Duo


Allohim oʻqigan namozimizni qabul etgin xato kamchiliklari boʻlsa oʻzing kechirgin oʻzing kechirguvchi zotsan. Bu dunyodan oʻtgan barcha moʻmin va muslimalarning ruhlarini shod oxiratlarini obod etgin, ularni oʻzing raxmatinga olgin. Shu jumladan paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam va u zotning ahli oilasiga raxmatingni yogʻdirgin. Bu dunyodagi barcha moʻmin musulmonlarning shular qatori bizning ham iymonimizni mustahkam qilgin. Doʻzax azobidan qabr azobidan barchamizni oʻzing asrab hammamizni janating bilan siylagin oxiratdagi savol javobimizni osson qilgin. Allohim bu dunyoda shu kungacha qilgan gunohlarimizni va bundan keyin qiladigan gunohlarimizni oʻzing kechirgin albatta oʻzing kechirimli zotsan. Bu dunyoyimizga va oxiratimizga foydasi tegadigan amallarni qilishlikni niyat qildik va sendan bu dunyodan koʻra oxirtimizga foydali boʻladigan amallarni koʻproq qilishligimizni soʻraymiz. Allohim qalbimizni oʻzing tomonga burgin bundan keyingi ibodatlaringni oʻz vaqtida mukammal darajada qilishlikni niyat qildik. Allohim ota-onalarimiz, aka-ukalarimiz, opa-singilarimiz, doʻstu-birodarlarimiz va barcha qarindoshlarimizning umrlarini uzoq tanlarini sogʻ salomat iymonlarini mustahkam qilgin. Duoga qoʻl ochgan har bir insonning ota taraf va ona tarafdan boʻlgan bu dunyodan oʻtgan ajdodlari, ota-bobolarini oʻzing raxmatinga olgin. Ey Rabbim bizni va bizning zuryodlarimizni namozni toʻkis ado etadiganlardan qori va qoriyalardan qilgin. Har birimizga xuzuringa bormay turib ota-onamizni rozi qilishlikni ular bilan birga haj safariga borishlikni oʻzing rozi boʻlib raxmatinga oladigan musulmonlardan boʻlishlikni nasib etgin. Albatta biz gunohkor bandalaringmiz bizning gunohlarimizning kechirilishiga va senga yanada yaqinroq boʻlishimizga sababchi boʻladigan soliha jufti halol nasib etgin. Oʻzing barchasini koʻrguvchi va bilguvchi zotsan qalbimizdagi bor lekin duolarimizda aytolmay qolgan yaxshi niyatlarimizning ijobat boʻlishini soʻraymiz. Allohim foydasi tegamaydigan ilmdan, qoʻrqmaydigan qalbdan va qabul boʻlmaydigan duodan panoh soʻraymiz. Allohim sen yakkayu yagonasan va barcha nuqsonlardan poksan sening ulugʻliging va buyukliginga munosib darajada hamdlar boʻlsin. Allohu Akbar.
Download 13.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling