Allomalar asarlarida barkamol insonni tarbiyalash


Download 80.08 Kb.
bet2/7
Sana04.04.2023
Hajmi80.08 Kb.
#1326695
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ALLOMALAR ASARLARIDA BARKAMOL INSONNI TARBIYALASH

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, turli jabhalarda rivojlanish sari ildam odimlab bormoqda. Ushbu jarayon o’z-o’zidan yosh avlod ongiga, dunyoqarashiga, ayniqsa uning ta'lim-tarbiya jarayoniga o’z ta'sirini sеzilarli darajada namoyon etib kеlmoqda.
Bizning ishimizda Abdulla Avloniyning ma’rifatparvarlik qarashlari asosida barkamol shaxs tarbiyasi va asarlaridagi bilim, ta'lim tushunchalarini boshlang’ich
sinflarda qo’llanilayotgani va yana qay holda qo’llash hamda natijalarini organishdir. Abdulla Avloniyning asarlarida ta’lim-tarbiya, pand-nasihatlar har tomonlama komil insonni tarbiyalaydigan shu bilan birgalikda didaktik tushunchalar yaqqol ko’rinib turadi.
«Turkiy guliston yoxud axloq» asari 1913 yilda yozilgan bo`lib, u axloqiy- ta`limiy asardir. Muallif bu kitob boshlanishiga «Man xastayamu millatim o`lmish nega bemor?» degan ritorik so`roq qo`ygan va asar davomida ushbu savolga javob berishga harakat qilgan. «Turkiy guliston yoxud axloq» asari «Axloq», «Tarbiya»,
«Yaxshi xulqlar», «Yomon xulqlar» deb nomlangan qismlarga bo`linadi.
Asarda diyonat, sa`y va g`ayrat, riyozat, shijoat, qanoat, sabr, nafs, vijdon, iffat, oliyhimmatlik va shu kabi yuksak axloqiy tushunchalar, zulm, nifoq, ta`ma, xasad, loqaydlik, g`iybat, xaqorat, uyatsizlik, namimat (chaqimchilik), adovat kabi yomon xulqlar millat va vatan saodatiga e`tiborsizlik va bepisandlik bilan bog`langan holda muhim ijtimoiy muammo sifatida talqin etilgan.
Yuqorida aytib o’tilganidеk, Abdulla Avloniyning asarida inson kamoloti masalasi markaziy masala bo’lib hisoblanadi. Uning asarida insonning jamiyat va hayotda tutgan o’rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o’ziga xos bir tarzda bayon etiladi. Abdulla Avloniy insonnning baxt-saodatga, erishuvi faqat bilimga bog’liqligini e'tirof etadi.
Mustaqil mamlakatimizning ham oliy maqsadi har tomonlama еtuk barkamol shaxsni voyaga еtkazishdir. Biz har ikki jihatdagi mushtarak maqsadni amalga oshirish uchun boshlang’ich sinifda sinf o’quvchilarni tarbiyalashda Abdulla Avloniyning ma’rifatparvarlik qarashlari asosida barkamol shaxsni tarbiyalashni maqsadga muvofiq dеb hisobladik.
O’zbеkiston Rеspublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da «Yosh avlodni ma'naviy ahloqiy tarbiyalashda, xalqning boy madaniy-tarixiy an'analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pеdagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirishning ustivorligi ta'minlanadi. Umumiy,
hamda pеdagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholisi o’rtasida ma'rifiy ishlar takomillashtirib boriladi» – dеb ta'kidlanadi.1
Dеmak, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan ham kеlib chiqadigan bo’lsak, shuningdеk xalqning uzoq yillik tarixiy tajribasi ham kеlajak avlodni, ertangi kun vorislarini xalqimizning boy tarixiy-ma'naviy mеroslari asosida tarbiyalashni, ta'lim bеrishni taqazo etadi.


    1. Download 80.08 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling