Almashlab ekish uning ahamiyati. Loyhalash va o’tmishdoshlarni tanlash I kirish: II asosiy qisim


Download 106.5 Kb.
bet1/5
Sana14.12.2022
Hajmi106.5 Kb.
#1003996
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Almashlab ekish uning ahamiyati. Loyhalash va o’tmishdoshlarni t


Almashlab ekish uning ahamiyati. Loyhalash va o’tmishdoshlarni tanlash

I Kirish:
II Asosiy qisim:

  1. Ekin maydonlari tarkibi

  2. Ekin maydonlari tarkibi va almashlab ekishni tashkil etish



Kirish:
Yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash masalalari dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda. Qishloq xo’jaligida sug’oriladigan, lalmi yerlar va yaylovlardan to’g’ri foydalanish, meliorativ holatini yaxshilashni tashkil qilish muhim vazifalardan hisoblanadi. 1992 yil Rio – de – Janeyroda Birlashgan Millatlar Tashkilotining “ Atrof – tabiiy muhit va taraqqiyot muammosi ” ga bag’ishlangan maxsus Xalqaro Konferensiyasi bo’lib o’tdi. Bu konferensiyada dunyoning 200 ga yaqin davlatlari rahbarlari va mutaxassislari qatnashdi. Konferensiyaning eng muhim natijasi – “ Insoniyat bundan keyingi an’anaviy model bilan rivojlana olmaydi ”, shuning uchun “ Barqaror rivojlanish modeli” ga o’tish zarurligi bo’yicha qaror qabul qilindi.
“ Barqaror rivojlanish” konsepsiyasi hozirgi davrdagi dunyoqarash va planetamizda yangicha hayot tarziga amaliy tavsiya va dastur deb qaraladi. Dunyoning 200 dan ortiq mamlakati “Barqaror rivojlanish” konsepsiyasini qabul qilib davlat dasturiga kiritganlar. Shu jumladan O’zbekiston respublikasi ham 1997 yil 12 – noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining “Barqaror rivojlanish” konsepsiyasi bo’yicha qarorini qabul qildi va maxsus milliy komissiya tuzildi.
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2007 yil 29 –oktyabrdagi “ Yerning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni asosida 2008 – 2012 yillarga mo’ljallangan sug’oriladiganyerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan Davlat dasturi va 2008 yil 20 – oktyabrdagi “ Oziq – ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish a ularni yetishtirishni ko’paytirish chora – tadbirlari to’g’risida” gi maxsus farmonlarini amalga oshirish zarurligi bilan belgilanadi. Keyingi yillarda dynyo miqyosida unumdor yerlar miqdori kamayib borayotganligi kuzatilmoqda. Suv va shamol eroziyasi, sho’rlanish va cho’llashish jarayonlari, hamda antropogen ta’sir natijasida yer resurslarining ifloslanishi kuchaymoqda. Shunga bog’liq holda sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini baholab, eroziyaga qarshi chora-tadbirlarni o’rganish ishning dolzarbligini bildiradi.
Sug’orma dehqonchilik qilinadigan hududlari tanlab olingan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari nomli kitobida yerdan foydalanish haqida quyidagicha ta’kidlagan: “ 2008 yilda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning samaradorligini yanada oshirish prinspial muhim ahamiyatga ekanini inobatga olib, fermer xo’jaliklariga ajratilayotgan yer maydonlarini optimallashtirish borasida zarur ishlar amalga oshirildi”. I.A.Karimov Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari Toshkent .” O’zbekiston ”- 2009. 21-bet. Buning davomi sifatida 2011 yil 18 –aprelda “ Fermer xo’jaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirishda qonunchilikka rioya etish chora – tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Farmoni qabul qilindi. “ Xalq so’zi 2011yil 19-aprel №76 ( 5243)”


Download 106.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling