Almashlab ekishni loyihalash Almashlab ekishni joriy etish Dala tarixi kitobini yuritish
Qisqa rotatsiyali almashlab ekish tizimlarini joriy etish
Download 79.61 Kb.
|
almashlab ekish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus almashlab ekish.
Qisqa rotatsiyali almashlab ekish tizimlarini joriy etish.
Dalani bеgona o`tlardan tozalash ekish oldidan nam to`playdgan sug`orishlarni o`z vaqgida o`tkazish, o`g`it solish, tuproqni ekishga tayyorlash hamda kuzgi bug`doyni optimal muddatlarda ekish uchun o`tmishdosh ekin hosili ertaroq yig`ishtirib olinadi. Uzbеkiston sharoitida sug`oriladigan еrlarda kuzgi bug`doy hosili va sifatiga o`tmishdoshlarning ta'siri kam o`rganilgan. Sug`oriladigan еrlardagi almashlab ekishlar uchun 50; 62 va 75% maydonlarni ajratib shundan 50% yoki ko`prog`i kuzgi bug`doy uchun ajratilishi mumkin. Sug`oriladigan еrlardagi almashlab ekish kuzgi bug`doyni uch yillik bеdaga, g`o`zadan, don va silosga ekilgan makkajo`xoridan, dukkakli don, kartoshka, sabzavot, poliz ekinlaridan kеyin joylashtirish yaxshi natija bеrdi. Sug`oriladigan еrlarda o`tmishdoshlarni kuzgi bug`doy mahsuldorligiga ta'sirini o`rganish, almashlab ekishlarda uch yillik bеda va dukkakli don ekinlaridan kеyin ekilganda hosildorlik makkajo`xori silosga ekilgandan kеyingiga nisbatan 35 sg`ga ko`p bo`lgan. Kuzgi bug`doy sug`oriladigan еrlarda ekiladigan g`o`za, mkkajo`xori, sabzovot, poliz, kartoshka, еm-xashak ekinlari, ildiz mеvalar, dukkakli don ekinlari uchun yaxshi o`tmishdosh hisoblanadi. Yem-xashak almashlab ekish. Yem-xashak ekinlari hozirgi davrda asosan don va texnika ekinlarini navbatlab ekish tizimiga kiritilgan. Ferma oldi yem-xashak almashlab ekish ancha samarali hisoblanadi. Ekinlarning tarkibi bo’yicha ferma oldi almashlab ekish o’t-qator oralari ishlanadigan, don-o’t-qator oralari ishlanadigan, don-qator oralari ishlanadigan va qator oralari ishlanadigan xillarga bo’linadi. O’t-qator oralari ishlanadigan almashlab ekishda ko’p yillik o’tlar va bir yillik yem-xashak (so’dan o’ti, makkajo’xori) ekinlari boshqa almashlab ekishda arpa, suli, javdar, xashaki lavlagi kabi ekinlar ekiladi. Qator oralari ishlanadigan ekinlar ekiladigan almashlab ekishda asosiy maydonni yoki hamma dalani qator oralari ishlanadigan ekinlar egallaydi. Bu ekinlar ikki yil va undan ortiq bir dalada ekilishi mumkin. Ferma oldi almashlab ekishda qator oralari ishlanadigan ekinlarni iloji boricha unumdor yerlarga ekish lozim. Unumdorligi past bo’lgan yerlarda organik va mineral o’g’itlarni qo’llash kerak. Yem-xashak almashlab ekishda quyidagi sxemalarni joriy etish tavsiya qilingan. Birinchi: 1-kuzgi g’alla + beda; 2, 3 – beda; 4-xashaki lavlagi; 5, 6 – makkajo’xori. Makkajo’xori bir necha yillar davomida ajratilgan dalada muvaffaqiyatli o’stirilishi mumkin. Ikkinchi: 1-arpa + beda, 2, 3-beda, 4-makkajo’xori silos uchun, 5-xashaki lavlagi, 6-makkajo’xori, 7-xashaki lavlagi. Xashaki lavlagini makkajo’xori bilan birga qoplam osti ekin sifatida ham eksa bo’ladi. Uchinchi:1-sudan o’ti + beda; 2, 3-beda; 4-makkajo’xori silos uchun; 5-kartoshka; 6-bir yillik o’tlar ko’k yem uchun; Beda-makkajo’xori ikki dalali almashlab ekishni ham istiqbolli deb qarash mumkin. Bu almashlab ekishda 3-4 yillik beda shuncha yil davomida yetishtirilgan makkajo’xori dalasi bilan almashadi. Bunday almashlab ekishda bir dalada beda, ikkinchi dalada makkajo’xori o’stiriladi. Bitta yoki ikkala ekinning hosildorligi pasayishi bilan ularning o’rni almashtiriladi. O’t-qator oralari ishlanadigan almashlab ekishga g’alla ekinlari qo’shilsa don-o’t-qator oralari ishlanadigan almashlab ekishga aylanadi. Masalan, 5 va 8 dalali almashlab ekishlar: 1-silos ekinlari; 2, 3 – kuzgi yoki bahorgi g’alla (qoplam ostida beda); 4- beda; 5 – kartoshka yoki ildizmevalilar: va 1-bahorgi arpa-beda bilan birga; 2, 3 – beda; 4-makkajo’xori; 5-kartoshka va xashaki lavlagi; 6-bir yillik o’tlar; 7-kuzgi g’alla-makkajo’xori silos uchun; 8-makkajo’xori. Pichanzor-yaylov almashlab ekish daryo yoqalaridagi o’tloqi tuproqlarda, haydaladigan yerlarning nishabligi katta bo’lgan joylarida, botqog’i quritilgan yerlarda va yem-xashak ekinlaridan boshqa ekinlarni ekish kam samara beradigan xududlarda joylashtiriladi. Pichan-yaylov almashlab ekishda har yili bir nechta dala qisqa davrda almashtirib foydalaniladigan yaylov sifatida ajratiladi. (2-5 yilgacha). O’tlar hayotining 1-2 yillari nimjon bo’lganligi va mollar tepkilab tashlamasligi uchun ular pichan sifatida o’rib turiladi. 4-7 yildan so’ng yaylov haydalib unda bir yillik o’tlar o’stiriladi. Bu hosil bo’lgan chimni chiritish oziq moddalarga aylanishini ta’minlaydi. Shunday qilib pichan-yaylov almashlab ekish 2 davrga bo’linadi: o’tloq va pichan yetishtirish. Maxsus almashlab ekish. Sabzavot almashlab ekish. Bu almashlab ekishda dalaning asosiy yo-kii hamma maydoni sabzavot ekinlari bilan band bo’ladi. Sabzavot ekinlarining o’tmishdoshlarini 3 ta guruhga bo’lish mumkin: yaxshi, qoniqarli va yomon. Karam uchun ko’p yillik va bir yillik o’tlar, sabzi, kartoshka yaxshi o’tmishdosh bo’ladi. Bedadan keyin ikkinchi yili karam eksa bo’ladi, lavlagini esa ikkinchi yili ekish hosil sifatini pasayishiga olib keladi. Sabzi uchun bir yillik o’tlar, karam va kartoshka yaxshi o’tmishdosh bo’ladi. Sabzining o’zi esa qoniqarli o’tmishdosh hisob-lanadi. Lavlagini kartoshka va sabzidan keyin joylashtirish kerak. Karamdan keyin eksa ham bo’ladi. Sabzavotchilikda quyidagi almashlab ekishlarni qo’llash mumkin: 1-ertagi piyoz va bodring; 2-ertagi karam va gulkaram; 3-ildizmevalilar; 4-ertagi kartoshka va kechki karam; yoki 1-karam + kechki sabzi; 2-lavlagi; 3-ertagi sabzi-kechki karam; 4-makkajo’xori silos uchun; 5-sabzi; 6-ko’kat va boshqa sabzavot ekinlari. Agar sabzavot almashlab ekishga yem-xashak ekinlari kiritilsa yem-xashak-sabzavot almashlab ekishga aylanadi. Masalan: 1-bir yillik o’tlarni ko’p yillik o’tlar bilan aralashtirilib ekish; 2, 3-ko’p yillik o’tlar; 4-karam; 5-ildizmevalilar; 6-kartoshka; 7-xashaki lavlagi va silos ekinlari. Poliz ekinlari uchun alohida almashlab ekish qo’llaniladi. Xulosa Hozirgi zamon talabidan kelib chiqqan holda zamonaviy texnologiyalarni barcha sohalarda qo’llash, rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar orqali nazorat qilish va tahlil qilish ishlari amalga oshirilishini targ’ib qilish kerak. Bu orqali geoaxborot tizimini va almashlab ekish tizimini rivojlantirish mumkin. Geoaxborot tizimi texnologiyalari ishlab chiqilganiga qariyb 50 yildan oshdi.O’zbekistonda esa geoaxborot tizimlaridan turli sohalarda qo’llash endi rivojlanayotgan davr hisoblanadi. Geoaxborot texnologiyalari - zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanayotgan yo’nalishlardan biri hisoblanadi. “Geoaxborot tizimi - bu makon bo’ylab koordinatsion tavsifda tarqalgan va ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va aks ettirishni ta’minlovchi qurilma va dasturlarni o’z ichiga oluvchi odam faoliyati orqali boshqariluvchi mashina qurilmalaridan iborat majmua hisoblanib,jamiyatning hududiy tashkillanishi, atrofmuhitni boshqarish va prognozlash modellashtirish, inventarizatsiyasini amalga oshirish, tahlil qilish bilan bog’liq bo’lgan ilmiy va amaliy geografik masalalarni hal qilishda samarali foydalanish uchun ma’lum bir hudud haqidagi bilim va ma’lumotlarni integratsion tavsifda yig’ishni nazarda tutadi” deb A.V.Koshkarev aytgan. R.Ablerni fikricha, geoaxborot tizim bu geografik ( makon bo’ylab tarqalgan) ma’lumotlarni saqlash o’zgartirish va aks ettirish bo’yicha majmuaviy qurilmalar, dasturlar va odam faoliyatini o’z ichiga qamrab oluvchi tizim hisoblanadi. Geoaxborot tizim haqidagi ta’riflar juda ko’p sonda bo’lib, biroq ularning har biri to’g’ri hisoblanadi. Bunda faqat ushbu ta’riflarning ko’rib chiqilayotgan masalasi qamrab olish kengligi bilan farqlanadi. Geoaxborot tizim texnologiyalaridan deyarli barcha sohalarda qo’llanilmoqda. Mazkur sohalarini kengaytirish albatta bizning qo’limizda. Geoaxborot texnologiyalarini qo’llashni almashlab ekish tizimida ham qo’llashni joriy qilishimiz geoaxborot tizimi va almashlab ekish tizimini rivojlantirishga zamin yaratadi. Ma’lumki, almashlab ekish tizimi - bu qishloq xo’jaligi ekinlarini dalalar va yillar bo’yicha ilmiy asoslangan navbatlab ekish. Tuproq unumdorligini ta’minlash va ekinlarning hosildorligini oshirishning samarali tadbiri hisoblanadi. Almashlab ekish dehqonchilik tizimining eng muhim qismidir.Shu o’rinda aytish joizki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021 yilda amalga oshirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi qarorida aynan maqolada yoritilayotgan masala ya’ni qishloq xo’jaligini zamonaviy texnologiyalar orqali rivojlantirish, “ArcGis” dasturi yordamida qishloq xo’jaligi yerlarining asosiy va takroriy ekin turlari, hosildorlik darajasidan chiqib, interfaol xaritada kuzatish imkoniyatiga ega yagona axborot bazasini shakllantirish hamda uning milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlash keltirib o’tilgan. Bundan tashqari, yer maydonlari va tuproq tarkibi to’g’risidagi axborotlar, ekinlarni joylashtirish, maqbul agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha va boshqa ilmiy innovatsion yutuqlar va ilg’or tajribalarni muntazam taqdim etish, milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qilish, yer va suv resurslari bo’yicha uzluksiz ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash haqida aytilgan. Almashlab ekish haqida gap ketganda, albatta tuproq unumdorligiga e’tibor qaratish dolzarb masala hisoblanadi. Download 79.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling