Alohida extiyojli bolalar bilan ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish bo‘yicha pedagoglarga tavsiyalar


Download 32.56 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi32.56 Kb.
#1596981
1   2   3
Bog'liq
ALOHIDA EXTIYOJLI BOLALAR BILAN TA

Aqli zaif bola:

  • bolaning imkoniyatlariga qarab vazifalarni bosqichma-bosqich qiyinlashtirib borish kerak

  • darxol ishga tushishini talab qilish tavsiya etilmaydi. Har bir mashg‘ulotda tashkiliy jihatlarni joriy etish zarur, chunki

2


  • maktabgacha yoshdagi bolalarning ushbu toifasi keyingi mashg‘ulotlarga o‘tishda qiyinchiliklarga duch keladi;

  • bolani kutilmagan savol va tez javob holatiga tushirish tavsiya etilmaydi, fikrlashiga bir oz vaqt bering;

  • cheklangan vaqt ichida katta va murakkab vazifalar berish tavsiya etilmaydi, uni alohida qismlarga bo‘lish va ularni asta-sekin qullash kerak

  • topshiriqni bajarish vaqtida bolani biron bir qushimchalar, tushuntirishlar, ko‘rsatmalar bilan chalg‘itmaslik kerak chunki ularda o‘tish jarayoni juda past bo‘ladi;

  • mashg‘ulot davomida vizual ko‘rgazmali tayanchlardan foydalangan xolda ta’lim faoliyatini engillashtirishga xarakat qiling (rasmlar, diagrammalar, mnemonik jadvallar);

  • barcha analizatorlarning ishini faollashtirish tavsiya etadi (harakat, ko‘rish, eshitish, kinestetik);

  • o‘zini o‘zi nazorat qilishni rivojlantirish, o‘zining va boshqa bolalarning xatolarini mustaqil topishga imkoniyat berish kerak lekin bu xushmuomalalik bilan, o‘yinlar orqali amalga oshiriladi;

  • har bir mashg‘ulotdan oldin puxta tayyorgarlik ko‘rish kerak. Tezlik va hajm muhim emas, balki bajarilgan topshiriqlarning puxtaligi va to‘g‘riligi muhim;

  • guruhda ikkitadan ortiq yangi tushunchalar berish tavsiya etilmaydi. Sinash ishida nafakat mexanik balki semantik xotirani ham faollashtiring. Qo‘shimcha vaziyatga murojaat qilishingiz kerak (maqtov, musobaqalar, belgilar, chiplar, stikerlar va boshqalar).

Miya falaji tufayli motorikasi buzilgan bola:

  • mashg‘ulot davomida guruh, pedagogi harakat rejimiga rioya qilishi kerak:

  • bolaning qanday o‘tirganini, uning orqa va elkalarini to‘g‘ri ushlab turishini (iloji boricha) doimo ko‘zatib boring, to‘g‘ri o‘tirish qanchalik muhimligini eslatib turing. Jismoniy tarbiya, barmoq va vizual gimnastika bilan shug‘ullanish uchun vaqt ajrating;

  • pedagog xar bir mashg‘ulotiga fazoviy va mo‘ljalga olish bo‘yicha mashqlarni kiritishi lozim (masalan, daftarni ung tomoniga ruchkani qo‘ying; taqvimdagi bugungi sanani toping va h.k.);

  • bolaning xissiy-ixtiyoriy soxasining holatiga ahamiyat berish va mashg‘ulotlar paytida buni e’tiborga olish kerak (miya yarim falajligi bo‘lgan bolalar bezovtalik xafagarchilik bilan ajralib turadi; masalan, giper­kinez va spastika baland ovoz, o‘tkir tovush va xatto vazifani bajarishdagi qiyinchilik va uni bajarishga urinish bilan kuchayishi mumkin);

3

  • har qanday mashg‘ulot maxsus nutq rejimini talab qiladi (agar bolada nutqning jiddiy buzilishi bo‘lsa). Bunday bolaga murojaat qiladigan pedagog ovozini keskin ko‘tarmasdan, aniq va tushunarli nutqqa ega bo‘lishi, kerakli miqdordagi takrorlashni hamda artikulyatsiyani saqlagan xolda bo‘lishi kerak.


Download 32.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling