Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida


-modda. Kurort tabiiy hududlar va ularni tashkil etish


Download 41.53 Kb.
bet14/21
Sana14.03.2023
Hajmi41.53 Kb.
#1267141
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
yashil4

24-modda. Kurort tabiiy hududlar va ularni tashkil etish
Davolash va salomatlikni tiklash xususiyatlariga, mineral manbalarga, davolovchi balchiq qatlamlariga, qulay iqlim sharoitlari va boshqa shart-sharoitlarga ega bo‘lgan tabiiy hududlar kurort tabiiy hududlar deb e’tirof etiladi.
Kurortlar mahalliy va respublika ahamiyatiga molik bo‘lishi mumkin.
Respublika ahamiyatiga molik kurortlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma taqdimnomasiga binoan tashkil etadi.
Mahalliy ahamiyatga molik kurortlar davlat hokimiyati mahalliy idoralarining O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma taqdimnomasiga binoan qabul qilgan qarorlari bilan tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.06 Tabiiy kurort zonalari]
25-modda. Kurort tabiiy hududlarning ish tartibi
Kurort tabiiy hudud uch tegraga bo‘linadi. Davolash xususiyatiga ega manbalar, davolovchi balchiq qatlamlari bor hudud birinchi tegraga kiradi. Bunday tegrada har qanday xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanish man etiladi, davolash xususiyatiga ega manbalar va balchiq bilan davolash shifoxonalari tevarak-atrofini obodonlashtirish uchun zarur inshootlar qurish bundan mustasno.
Sanatoriylar, pansionatlar, dam olish uylarining dam oluvchilar hordiq chiqaradigan manzillari, ular davolanishi va yashashi uchun qurilgan binolar joylashgan hudud ikkinchi tegraga kiradi. Bu tegrada xo‘jalik faoliyati yuritish man etiladi, davolash va dam olishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan faoliyat bundan mustasno, shuningdek bu hududda vaqtincha istiqomat qiladigan tibbiyot xodimlari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari boshqa aholining yashashi man etiladi.
Sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylariga tutash hudud uchinchi tegraga kiradi. Bu tegrada davolash manbalariga ziyon yetkazmaydigan hamda atrof muhitga zararli jismoniy ta’sir etish va ifloslantirish yo‘li bilan dam olish hamda davolanish uchun yaratilgan sharoitlarni yomonlashtirmaydigan cheklangan xo‘jalik faoliyati yuritishga ruxsat beriladi. Bunday kurort tabiiy hududlar doirasida:
foydali qazilmalarni kavlab chiqarish;
daraxt kesish (sanitariya maqsadidagi va parvarishlash yo‘sinidagi kesish bundan mustasno);
zaharli kimyoviy moddalar va mineral o‘g‘itlar omborlari qurish;
zaharli kimyoviy moddalar qo‘llanish;
axlat to‘kiladigan, kimyoviy va radioaktiv moddalarning chiqitlari ko‘miladigan joylarni joylashtirish, kimyo, sellyuloza-qog‘oz, metallurgiya sanoati korxonalarining ish olib borishi;
joyning gidrologiya maromini o‘zgartiruvchi ishlar bajarish qat’iyan man etiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.07 Rekreatsion zonalar]

Download 41.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling