Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tartibini buzish


g) davlat tabiat yodgorliklari


Download 35.02 Kb.
bet5/7
Sana27.03.2023
Hajmi35.02 Kb.
#1300324
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hujjat (6)

g) davlat tabiat yodgorliklari.
O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi respublika hududida 400 dan ortiq tabiat yodgorligini hisobga olgan. Bulardan atigi 80 ga yaqini jonsiz tabiat yodgorliklaridir. Jonsiz tabiat yodgorliklari orasida xilma-xil karst relyefi shakllari, shu jumladan, arxeologik ahamiyatga ega bo`lgan g`orlar va ungurlar, shuningdek nodir buloqlar, sharsharalar, ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo`lgan qoyalar va geologik ochilmalarni muhofaza qilish muhim vazifalardan hisoblanadi. Ayniqsa yer osti landshaftlari, ularning betakror, sehrli va maftunkor manzaralari jiddiy muhofazaga muhtojdir.
Shuning uchun ham, O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risida"gi qonunida V-bo`lim, 21-modda aynan ana shu masala, ya'ni davlat tabiat yodgorliklarining huquqiy-ekologik ahamiyati va ularni muhofaza qilish masalasiga bag`ishlangan.
Zero, respublikamiz hududidagi tabiat, tarixiy va arxeologik yodgorliklar hozirgi paytda aynan muhofaza qilinishga, tiklanish (restavratsiya)ga juda muhtoj.
Ekologik, ilmiy, estetik, madaniy jihatdan noyob, o`rnini to`ldirib bo`lmas, qimmatli, kelib chiqishi tabiiy bo`lgan obyektlar davlat tabiat yodgorliklari deb e'lon qilinadi.
Tabiat obyektlarini davlat hokimiyatining mahalliy idoralari tabiatni muhofaza etish bo`yicha davlat idoralari taqdimiga binoan davlat tabiat yodgorliklari deb e'lon qiladilar.
Yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan ular egallab turgan yer uchastkalarini tortib olmay turib ham obyekt davlat tabiat yodgorligi deb e'lon qilinishiga yo`l qo`yiladi.
Davlat tabiat yodgorliklari joylashgan hududda ularni asrab qolishga tahdid etuvchi har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Tabiat yodgorliklarini muhofaza etish tartibini ta'minlashga oid majburiyatlar bu yodgorliklar qaysi korxona, muassasa va tashkilot hududida bo`lsa, shu korxona, muassasa va tashkilot zimmasiga yuklanadi.
Tabiiy obyektni davlat tabiat yodgorligi deb e'lon qilish to`g`risida qaror chiqargan idora obyektni muhofaza ostiga o`tkazish va muhofaza etish majburiyatini rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi.
Aholi diniy maqsadlarda foydalanib turgan davlat tabiat yodgorliklari ularni muhofaza etish va obodonlashtirish ishlari o`tkazish maqsadida davlat tabiat yodgorligini asrab qolish sharti bilan diniy tashkilotlarga yoki alohida shaxslarga foydalanish uchun yoxud ijaraga berilishi mumkin.
E'tiborli tomoni shundakim, "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risida"gi Qonunda, davlat buyurtma qo`riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish masalasini ham o`zida aks ettirgan.
Jumladan, ushbu qonunning 34-moddasida shunday deyilgan:
davlat buyurtma qo`riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilishni davlat buyurtma qo`riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklari qaysi korxona, muassasa va tashkilotning yer maydonida joylashgan bo`lsa, ana shu korxona, muassasa va tashkilot amalga oshiradi.
Basharti davlat buyurtma qo`riqxonasi yoki davlat tabiat yodgorligi tasarruf etish yoxud foydalanish uchun berilmagan yer maydonida joylashgan bo`lsa, u holda bunday qo`riqxona yoki tabiat yodgorligini muhofaza qilishni u qaysi idoraning qaramog`ida bo`lsa, ana shu idora ta'minlaydi.
Korxona, muassasa va tashkilotlar davlat buyurtma qo`riqxonalari hamda davlat tabiat yodgorliklari muhofaza qilinishini ta'minlamaydigan hollarda davlat buyurtma qo`riqxonasi va davlat tabiat yodgorligi egallab turgan yer maydoni hamda muhofaza qilinishini ta'minlash uchun zarur unga tutash hudud yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan olib qo`yilishi mumkin.
Agar davlat tabiat yodgorligi muayyan yerdan foydalanuvchi, yer egasi yoki suvdan foydalanuvchiga birkitib qo`yilmagan yer maydonida yoki suv obyektida joylashgan bo`lsa, ularning muhofaza qilinishi davlat hokimiyati va boshqaruvchi mahalliy idoralari tomonidan ta'minlanadi. Davlat buyurtma qo`riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilishni davlat buyurtma qo`riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklari qaysi korxona, muassasa va tashkilotning yer maydonida joylashgan bo`lsa, ana shu korxona, muassasa va tashkilot amalga oshiradi.
Basharti davlat buyurtma qo`riqxonasi yoki davlat tabiat yodgorligi tasarruf etish yoxud foydalanish uchun berilmagan yer maydonida joylashgan bo`lsa, u holda bunday qo`riqxona yoki tabiat yodgorligini muhofaza qilishni u qaysi idoraning qaramog`ida bo`lsa, ana shu idora ta'minlaydi.
Korxona, muassasa va tashkilotlar davlat buyurtma qo`riqxonalari hamda davlat tabiat yodgorliklari muhofaza qilinishini ta'minlamaydigan hollarda davlat tabiat yodgorligi egallab turgan yer maydoni hamda muhofaza qilinishini ta'minlash uchun zarur unga tutash hudud yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan olib qo`yilishi mumkin.
Agar davlat tabiat yodgorligi muayyan yerdan foydalanuvchi, yer egasi yoki suvdan foydalanuvchiga birkitib qo`yilmagan yer maydonida yoki suv obyektida joylashgan bo`lsa, ularning muhofaza qilinishi davlat hokimiyati va boshqaruvchi idoralari tomonidan ta'minlanadi.

Download 35.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling