Qizilsuv qo‘riqxonasi Qashqadaryo oblastida Yakkabog‘ tizmasining archazorlar bilan qoplangan yon-bag‘irlarida tashkil etildi. Uning 20 ming gektarli maydonida ayiq, qoplon, tog‘ echkisi (kiyik) muhofaza qilinadi. Qo‘riqxonada, asosan, tog‘ o‘rmon mintaqasi (archazor) va uning hayvonlari muhofaza qilinadi.
Miroqi qo‘riqxonasi Hisor tizmasining shimoliy yon-bag‘irda, Oqsuv daryosi va uning irmoqlari havzasida joylashgan bo‘lib, tog‘, dasht, o‘rmon va subalp mintaqalarini qamrab olgan. Qo‘riqxona va uning landshaftlari juda xilma-xildir. Qo‘riqxona o‘ziga xos o‘simlik va hayvonlarga juda boy bo‘lib, ularning tarqalishi balandlik mintaqalari qonuniyatiga buysunadi. Qo‘riqxonada Tyanshan tulkisi, ayiq, Farg‘ona bo‘rsig‘i, bars (ilvirs), silovsin kabi hayvonlar muhofaza qilinadi.
Qo‘riqxonaning
|
asosiy vazifasi
|
balandlik
|
mintaqalarining tabiiy
|
komplekslarini
|
o‘rganish
|
va
|
muhofaza qilishdir.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |