“aloqa bank” samarqand shahar filiyali reja: Kirish
-rasm. Bank xizmatlarini ishlab chiqish tamoyillari
Download 249.02 Kb.
|
Jabborov murod hisoboti
5-rasm. Bank xizmatlarini ishlab chiqish tamoyillari.
tijorat banklari tomonidan o’z mijozlariga bank xizmatlarini ko’rsatishda zamonaviy servisni tashkil etish tamoyili. Ushbu tamoyil bank mijozlariga xizmat ko’rsatishda zamonaviy texnologiyalarni oqilona qo’llash natijasida ular uchun qulay servisni tashkil etish asosida har bir mijozning talab hamda extiyojini to’liqroq qondirishlikni nazarda tutadi. tijorat banklari tomonidan xizmat turlarini ko’rsatishda rentabellikka erishish tamoyili. Ma’lumki, tijorat bankining pirovard maqsadi daromad topishdir. Ushbu tamoyil ulardan mijozlarga ko’rsatiladigan xizmat turlarini ko’paytirish, sifatini oshirish orqali daromad olishni ko’paytirishni taqazo etadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tijorat banki bank xizmati turini narxini tushirish lekin ushbu xizmat turini ko’proq mijozlarga ko’rsatish yordamida ham rentabellikka erishishi mumkin. AJ «Aloqa bank » Samarqand shahar filiali Samarqand viloyat filialida marketing faoliyatini tahlil qilar ekanmiz bank tadbirkorligida quyidagi marketing konsepsiyalari qo’llanilishi guvohi bo’lamiz. Ishlab chiqarish konsepsiyasi yoki bank texnologiyalarini mukammallashtirish konsepsiyasi. Unga ko’ra mijozlar narxi yuqori bo’lmagan xizmatlardan foydalanadilar. Shu munosabatda, mazkur konsepsiyaga amal qiladigan banklar ko’proq yuqori samaradorlikka ega bo’lgan an’anaviy xizmatlarni taklif qiladi. Mazkur bank konsepsiyasi quyidagi sharoitlarda tanlanadi: bankning haqiqiy va potensial mijozlari asosiy qismining daromadi yuqori bo’lmaganda; muayyan bank xizmatlariga talab tez o’sib borayotganda; bankning mijozlar bazasi o’sayotganda, bu uning shartli doimiy sarfxarajatlarining qisqarishiga olib keladi, bozorda bankning alohida xizmatlari ulushini oshirish uchun mablag’lar ajratish imkonini beradi. Marketingning ishlab chiqarish konsepsiyasiga amal qiladigan banklar rahbariyatining sa’y-harakatlari, birinchi galda, mijozlarning bankni tanlashdagi motivatsiyasini va ularning bir bankdan boshqasiga o’tib ketishiga undovchi omillarni o’rganishga hamda bank texnologiyalarini takomillashtirish asosida mijozlar bazasini oshirish bo’yicha takliflarni tayyorlashga qaratilgan bo’lishi lozim. Masalan bu yo’nalishda tashkil qilingan tadbirlardan bir misol tariqasida, O’zeltexsanoat uyushmasi korxonalarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash bo’yicha olib borilgan ishni keltirish mumkin. Download 249.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling