“aloqa bank” samarqand shahar filiyali reja: Kirish
Download 249.02 Kb.
|
Jabborov murod hisoboti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.“ALOQA BANK”ATB faoliyatini baxolash
- 4-rasm. Bank marketingi xizmatlari
Quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, AJ «Aloqa bank» Samarqand shahar filiali ning xodimlari sonining 3 yillik o’zaro nisbati tahlili bo’lib, bankda jami 2022 yilda 60 nafar kishi mehnat qiladi. 3.“ALOQA BANK”ATB faoliyatini baxolash Bank marketingining o’ziga xos xususiyati bankdagi butun boshqaruv tizimini kredit-moliya sohasida yuz berayotgan jarayonlarga qaratishdan iborat. Marketing xatti-harakatlari ob’yekti puldir, shuning uchun bank sohasida marketing birinchi navbatda pul aylanmasini tezlashtirishga qaratilgan. Bank mahsulotlari bu - bank hisob raqami, depozit, veksel, chek ko’rinishidagi hujjat; kiritma yoki kredit bo’yicha foiz va h.k. Bank mahsulotlarining asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: - noashyoviy yoki hujjatli shakl; - mahsulot vaqt doirasi bilan cheklangan; - shartnoma shaklini olgan; - boshqa kredit-moliya muassasalari tomonidan tez nusxalanadi. Bank xizmati - pul aylanmasini tashkil qilish va mijozlarga turli bank mahsulotlarini taklif qilish bo’yicha o’ziga xos faoliyat. Kredit tashkilotlari xizmatlari mijozlar guruhlari va operatsiyalar turlari (aktiv va passiv) bo’yicha tasniflanadi, bunday guruhlashdan kelib chiqib marketing usullari va vositalari belgilanadi. Passiv operatsiyalar bo’yicha bank pullarning «xaridori» sifatida, aktiv operatsiyalarda esa o’z xizmatlari ishlab chiqaruvchisi va sotuvchisi sifatida ish tutadi. Marketing xususiyati shundan iboratki, har ikkala holda banklar mijozlar bilan munosabatda bo’ladilar. 4-rasm. Bank marketingi xizmatlari. Bank faoliyatida raqobatning harakteri bozor harakteri bilan belgilanadi. Katta shaharlarda va sanoati rivojlangan hududlarda ko’p banklar, bank bo’limlari va filiallari mavjud bo’lib, u erda mijozlarning bozor qonuni bo’yicha raqobat rivojlanadi.Ushbu omil esa tijorat banklari marketingini ishlab chiqishda quyidagi vazifalarni bajarishlikni talab etadi: Mavjud va kelajakdagi bank xizmatlar bozorini belgilash; Iste’molchilar talabini to’laroq qondirish maqsadida bank xizmatlari bozorida aniq yo’nalishlarni aniqlash; Mavjud va kelajakdagi bank xizmatlari bozorida yangi xizmatlar turlarini joriy etish bo’yicha qisqa va uzoq muddatli maqsadlarni belgilash; Bank xizmatlari bozorida yangi bank xizmat turlarini amaliyotga kiritish va u yuzasidan bank nazoratini olib borish bo’yicha dasturni ishlab chiqish.Biz buni quyidagi rasmda keltiramiz. Bank marketingi nazariyasini yanada rivojlanishiga xizmat qiladigan tamoyillarni ishlab chiqishga harakat qildik. Zamonaviy bank xizmatlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tamoyillarini quyidagi rasmda keltiramiz (5-rasmda). Bank marketingini mohiyatini ochishda, bank xizmatlarini ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etishda biz quyidagi tamoyillarni o’rgandik: tijorat banklarining mijozlar bazasini shakllantirishda maqsadli yondashuv tamoyili. Ushbu tamoyilning asosiy maqsadi banklar bank xizmatlari bozorida mijozlarning tarkibini, ularning talablarini chuqur hamda har tomonlama o’rgangan holda ushbu bank xizmatlari bozorida faoliyat yuritishning asosiy maqsadini belgilab olish xisoblanadi. tijorat bankining har bir mijozga modellashtirilgan tartibdagi yondashuv tamoyili. tijorat banki tomonidan yaratilgan yangi bank xizmat turlarini innovatsion xususiyatga egaligi. Ushbu tamoyil tijorat banklari tomonidan bank xizmatlari bozorida raqobatbardosh bo’lishini hamda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanishlikni talab etadi. bank xizmatlarini maqsadli bozorini tanlashga strategik yondashuv. Ushbu tamoyil tijorat banki tomonidan bank xizmatlari bozorining segmentlarini to’g’ri tanlashni va ushbu faoliyatni yuritishda bank xizmatlari sifatini oshirish, imkoniyat darajasida ularning tannarxini tushirish orqali ushbu bozorda o’z mavqeini saqlab qolish hamda oshirishni talab etadi. Download 249.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling