“aloqa bank” samarqand shahar filiyali reja: Kirish
“ALOQA BANK”ATB faoliyati bilan tanishish va o’rganish
Download 249.02 Kb.
|
Jabborov murod hisoboti
1. “ALOQA BANK”ATB faoliyati bilan tanishish va o’rganish. “ALOQA BANK” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining 1994-yil 12-oktabrdagi “ALOQA BANK” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi. Bankning rasmiy ilovasi — Zoomrad, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan. Ilova yordamida mobil aloqa, internet, kommunal xizmatlar va koʻplab boshqa xizmatlar uchun toʻlov amalga oshirish mumkin. Shuningdek, bank kartalari oʻrtasida pul oʻtkazmalari ham yoʻlga qoʻyilgan. Toʻlovlar va oʻtkazmalar uchun ilovada keshbek berilishi koʻzda tutilgan. Keshbek sanoqli bank ilovalaridagina taqdim qilinadi Hozirgi kunda bank «BB-» darajasidagi «Fitch Ratings Ltd.» tashkilotining reytingiga ega. Reyting bahosi - «Barqaror» boʼlib, u aktivlar sifatining qoniqarli darajada ekanligini, daromadning yaxshiligini, likvidlilik va kapital yetarlilik darajasining talablarga mos ekanligini oʼzida aks ettiradi. "“ALOQA BANK” "ning asossiy vazifalari: Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga, fermer va dehqon xo`jaliklariga o`zlarining ishlab chiqarish faoliyatini mustahkamlash va kengaytirishlari uchun mikrokreditlar berish, keng ko`lamdagi bank hamda konsalting xizmatlari ko`rsatish; Kreditlar berish hamda mikrolizing yo`li bilan mikrofirmalar, oilaviy biznes va kasanachilik rivojlanishini rag`batlantirish va qo`llab-quvvatlash xisobiga tadbirkorlik sohasi kengayishiga ko`maklashish; Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan biznes-rejani, uning moliyaviy holatini, kreditni to`lash bo`yicha majburiyatlari ta`minlash manbalarini sinchiklab tahlil etish asosida mikrokreditlarning qaytarilishini ta`minlash; kredit berish va mikrolizing bo`yicha xizmatlar ko`rsatishni kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari hamda yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investisiya va grantlarini jalb etish; Ayniqsa qishloq joylarda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga xizmat ko`rsatish uchun qo`shimcha imkoniyatlarni ta`minlaydigan filiallar va mini-banklar tizimi orqali moliyaviy infratuzilmani yanada rivojlantirish. Bank missiyasi Kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, kam taʼminlanganlarni qoʼllab-quvvatlash, hunarmandchilik va kasanachilikni faollashtirish yoʼli bilan yangi ish oʼrinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand boʼlishini taʼminlash uchun moliyaviy mablagʼlar berish. Bank strategiyasi Moddiy infratuzilmani rivojlantirish; Strategik hamkorlikni rivojlantirish; IT ni qoʼllashni takomillashtirish; Rivojlangan mamlakatlar bank tizimi va mahsulotlarini oʼrganish hamda joriy qilish. Bankning “Sifat boshqaruv tizimi”dagi asosiy maqsad va ustuvor yoʼnalishlari quyidagilardir: Yangi bank xizmatlarini joriy qilish; Bank infratuzilmasini takomillashtirish; Xizmat koʼrsatish punktlarini koʼpaytirish Bank faoliyatini avtomatlashtirish; Oʼzbekiston Respublikasida iqtisodiyotni qoʼllab quvvatlash; Xodimlar malakasini oshirish. “ALOQA BANK” АTB Boshqaruvi quyidagilarni oʼz zimmasiga oladi: Bankning barcha xodimlari tomonidan ISO 9001:2015 sifat boshqaruvi xalqaro standarti talablarini bajarish, qonunchilik talablari hamda isteʼmolchi tomonidan qoʼyilgan talablarni bajarilishini taʼminlash, qoʼyilgan vazifalarni bajarishda kerak boʼladigan barcha resurslar bilan taʼminlash; Har bir ishchi-xodim va rahbariyatda sifat uchun javobgarlik prinsipini roʼyobga chiqarish, shaxsning oldiga qoʼyilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda oʼz hissasini qoʼshishga chorlash; Xalqaro standartlarga mos ravishda koʼrsatiladigan xizmatlarning sifatini oshira olish qobiliyatiga ega boʼlgan jamoa tuzish; Oʼtkazilgan tadbirlar natijasiga koʼra bir yilda bir bor ushbu sifat yoʼnalishidagi tizimni tahlil qilish, siyosatni qayta koʼrib chiqish, shuningdek, sifat tizimni yaxshilashda tegishli vazifalarni doimo bajarish. Bankning nomi: “ALOQA BANK” Aksiyadorlik Tijorat Bankining Samarqand fililali. Joylashgan manzili: 140100, Samarqand shahar, Samarqand shahri, Boʻstonsaroy koʻchasi, 36-uy Bank filialining boshqaruvchisi:v.v. Pulatov Hislat Karim o‘g‘li Filialning qayta ro’yxatga olingan sanasi 1994 yil 12- oktabrda. “ALOQA BANK” ATB Samarqand filiali O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonunda belgilangan tartibda tashkil etilgan. Filial Bank kengashi qaroriga asosan ochiladi va bankning tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi. Filial yuridik shaxs maqomiga ega emas.Filial-Bank nomidan bank faoliyatini amalga oshiruvchi alohida bo’linma bo’lib uning barcha majburiyatlari Bank nomiga olingan deb hisoblanadi. Filial o’z faoliyatini mazkur nizom, Bank boshqaruvi tomonidan berilgan ishonchnomaga asosan amalga oshiradi va alohida balans , shtamp bankning firma ramzi tushirilgan blank , bank nomi va firma aks ettirilgan xamda filial nomi ko’rsatilgan yumaloq muhrga ega. O’z faoliyatini amalga oshirish uchun filialga Bank tomonidan mablag’ va boshqa mol –mulk biriktiriladi . Filial unga biriktirilgan mablag’ va mol – mulklarni mazkur nizomda belgilangan vakolatlari doirasida tasarruf etadi. Filial o’z faoliyatini amaldagi qonun hujjatlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankning meyoriy hujjatlari , Bank ustavi Bank aksiyadorlari umumiy yig’ilishi ,Bank kengashi qarorlari xamda mazkur nizomga asosan amalga oshiradi.Bank tomonidan kafillik berish vakolat doirasiga kirmaydi. Bank aktsiyador yoki har qanday manfaatdor shaxsning talabiga binoan Ustavda belgilangan muddatlarda ularga bank Ustavi, shu jumladan, unga doir o'zgartishlar va “ALOQA BANK” ATB Samarqand filiali Ustavi ko'shimchalar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishi va bank aktsiyadorining talabiga binoan bankning amaldagi Ustavidan nusxa olib berishi shart. Bank o'z majburiyatlari, shuningdek aholi omonatlari yuzasidan o'ziga tegishli barcha mol — mulki bilan javobgar. Aktsiyadorlar bankning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydilar va uning faoliyati bilan bog'liq ziyonlarni o'zlariga tegishli aktsiyalar qiymati doirasida to'laydilar.Aktsiyalar haqining hammasini to'lamagan aktsiyadorlar bank majburiyatlari yuzasidan o'zlariga tegishli aktsiyalar qiymatining to'lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo'ladilar. Bank o'z aktsiyadorlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi. Bankning mol-mulki unga mulk huquqi asosida tegishli bo'lib, bank aktsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag'lar, asosiy fondlar va aylanma mablag'lar,ko'char va ko'chmas mulklar, qimmatli qog'ozlar, olingan daromad, qonun hujjatlari bilan s'qiqlanmagan boshqa asoslarda olingan boshqa mol-mulklardan tashkil topadi. Bank yuridik shaxs maqomiga ega sho''ba va tobe xo'jalik jamiyatlarni tashkil etishga haqlidir.Bank korxonalar, tashkilotlar va boshqa tijorat tuzilmalarini tashkil etishda va ularning xo'jalik faoliyatida o'z mablag'lari bilan, shu jumladan ulush qo'shish asosida qatnashish huquqiga ega. Bank o'z faoliyatini muvofiqlashtirish, o'z manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish hamda birgalikdagi dasturlarni amalga oshirish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) va o'zga birlashmalarda qatnashishi mumkin.Bank tijorat operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Bank faoliyat ko'rsatish muddati cheklanmagan holda tashkil etiladi va o'z faoliyatini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi. Bankning elektron pochta manzili: samarqand@aloqabank.uz veb sayti: https://aloqabank.uz. Bank o'z faoliyatini tijorat asosida amalga oshiradi va bankning faoliyat maqsadi foyda olishdir.Bank operatsiyalarni bajarish va pul mablag'larini saqlash uchun Markaziy bank muassasalarida vakillik hisobvaraqlariga ega. Bank boshqa banklarda vakillik hisobvaraqlarini ochishi mumkin. Bank o'z faoliyatida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradi:jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisob- varaqlarini ochish va yuritish, hisob varaqlar bo'yicha hisob-kitob qilish va kassa xizmatlarini ko'rsatish; Omonatlarni jalb etish; kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o'z mablag'lari va jalb etilgan mablag'lar hisobidan o'z nomidan kreditlar berish;mablag' egasi yoki mablag'ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag'larini boshqarish; pul mablag'lari, veksellar, to'lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso Kilish; “ALOQA BANK” ATB Samarqand filiali Ustavi uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish; uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish va chet EL qimmatli qog'ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog'ozlarni ishonchli boshqarish, investitsiya vositachisi va maslahat xizmatlarini ko'rsatish; bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmatini ko'rsatish;jismoniy va yuridik shaxslarga xujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki binolar ichidagi po'lat sandiqlarni ijaraga berish; yuridik va jismoniy shaxslardan (rezident va norezident) naqd va naqdsiz chet el valyutasini sotib olish, ularning hisob varaqlaridagi chet el valyutasini sotish;chet el moliyaviy institutlari mablag'larini jalb ularni iqtisodiyotning real sektori korxonalariga, qishloq xo'jaligi korxonalariga, kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga va boshqa maqsadlarga yo'naltirish; xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan eksport import va boshqa operatsiyalar bo'yicha mijozlarning to'lovlarini amalga oshirish;elektron plastik kartochkalarni joriy qilish va mijozlarga elektron bank xizmatlarini ko'rsatish;moliyaviy lizing va faktoring xizmatlari; byudjet mablag'lari hisobiga amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish bo'yicha operatsiyalar amalga oshirish; mikromoliyalashtirish Ba mikrokreditlar berish bo'yicha investitsiyalarini va grantlarni jalb qilish.xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, litsenziyada maxsus ko'rsatilgan boshqa operatsiyalarni bajarish. Bank qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni qonunchilikda belgilab qo'yilgan tartibda amalga oshirish huquqiga ega. Bank bevosita ishlab chiqarish, savdo va sug'urta faoliyati bilan shug'ullanishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.Bank yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag'larini jalb qiladi va ularni depozit hisobvaraqlarida (talab qilib olinguncha, jamg'arma, muddatli va boshqa turdagi depozit hisobvaraqlarda) va boshqa majburiyatli hisobvaraqalarda saqlaydi. Bankning mijozlar va boshqa kontragentlar bilan o'zaro munosabatlari shartnoma asosida tartibga solinadi. Bank tomonidan kreditlar jismoniy va yuridik shaxslarga qaytarishlik,muddatlilik, ta'minlanganlik, to'lovlilik, foizlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi. Kreditlarni berish qarz oluvchilar bilan tuziladigan kredit shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Kreditlash shartlari bank tomonidan belgilanadi.Bank tomonidan ajratiladigan kreditlar amaldagi qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo'lgan ko'char va ko'chmas mulk garovi, kafolatlar, kafilliklar va bank amaliyotida qabul qilingan boshqa usullar bilan ta'minlanadi. Bank mazkur ta'minotlarning yetarliligini O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tavsiya va o'rnatgan tartiblarini hisobga olgan holda belgilaydi. Bankning filiallari bank ustavida belgilangan barcha turdagi bank operatsiyalarini o'z nizomlari doirasida amalga oshiradilar va pullik xizmatlarni ko'rsatadi.Chet el valyutasidagi operatsiyalar Markaziy bank tomonidan berilgan Bosh litsenziya va Markaziy bank tomonidan belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi. Bankning Ustav kapitali Aktsiyadorlar sotib olgan bank aktsiyalarining qiymatidan tashkil topadi va O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi. Bankning ustav kapitali miqdori 694 185 259 464 (olti yuz to'qson to'rt milliard bir yuz sakson besh million ikki yuz ellik to'qqiz ming to'rt yuz oltmish to'rt)so'mni tashkil qiladi va nominal qiymati 1068 (bir ming oltmish sakkiz) so'm bo'lgan 649 851 198 (olti yuz qirq to'qqiz million sakkiz yuz ellik bir ming bir yuz to'qson sakkiz) dona egasining nomi yozilgan oddiy va 135 000 (bir yuz o'ttiz besh ming) dona egasining nomi yozilgan imtiyozli joylashtirilgan aktsiyalardan iborat. a) Bankning Ustav kapitalini ko'paytirish tartibi Bankning Ustav kapitali qo'shimcha aktsiyalarni joylashtirish yo'li bilan ko'paytirilishi mumkin.. Qo'shimcha aktsiyalar Bank tomonidan ushbu Ustavda belgilangan e'lon qilingan aktsiyalar soni doirasidagina joylashtirilishi mumkin. Bank Ustavida belgilangan e'lon qilingan aktsiyalar soni va turi doirasida qo'shimcha aktsiyalarni joylashtirish yo'li bilan bank Ustav kapitalini ko'paytirish va Bank ustaviga tegishli o'zgartishlar kiritish to'g'risidagi qarorlar bankning Kuzatuv Kengashi tomonidan qabul qilinadi. Bankning ustav kapitalini qo'shimcha aktsiyalarni joylashtirish yo'li bilan ko'paytirish Bankning o'z kapitalini kapitallashtirish hisobiga amalga oshirilishi mumkin.Bankning ustav kapitalini uning o'z kapitali hisobidan qo'shimcha aktsiyalarni joylashtirish yo'li bilan ko'paytirishda bu aktsiyalar barcha aktsiyadorlar o'rtasida taqsimlanadi. Bunda har bir aktsiyadorga qaysi turdagi aktsiyalar tegishli bo'lsa, ayni o'sha turdagi aktsiyalar unga tegishli aktsiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.Bankning ustav kapitali ko'paytirilishi natijasida ko'paytirish summasining bitta “ALOQA BANK” ATB Samarqand shahar filialining Ustavi aktsiyaning nominal qiymatiga muvofiqligi ta'minlanmaydigan bo'lsa, Bankning ustav kapitalini ko'paytirishga yo'l qo'yilmaydi. Bankning ustav kapitalini qo'shimcha aktsiyalarni joylashtirish yo'li bilan ko'paytirish to'g'risidagi qarorda joylashtiriladigan qo'shimcha oddiy va imtiyozli aktsiyalarning soni, ularni joylashtirish muddatlari va shartlari belgilangan bo'lishi kerak. Bankning ustav kapitalini qo'shimcha aktsiyalarni joylashtirish yo'li bilan ko'paytirish joylashtirilgan qo'shimcha aktsiyalarning nominal qiymati miqdorida ro'yxatdan o'tkaziladi. Bunda Kompaniya ustavida ko'rsatilgan e'lon qilingan muayyan turdagi aktsiyalarning soni ushbu turdagi joylashtirilgan qo'shimcha aktsiyalarning soniga qisqartirilishi kerak. Bankning ustav kapitalini qo'shimcha aktsiyalarni joylashtirish yo'li bilan ko'paytirish jalb qilingan investitsiyalar, Bankning o'z kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.b) Bankning Ustav kapitalini kamaytirish tartibi Bankning ustav kapitali aktsiyalarning nominal qiymatini kamaytirish yoki aktsiyalarning umumiy sonini qisqartirish yo'li bilan, shu jumladan aktsiyalarning bir qismini keyinchalik bekor qilgan holda Bank tomonidan aktsiyalarni olish yo'li bilan kamaytirilishi mumkin. Bankning ustav fondini aktsiyalarning bir qismini olish va bekor qilish yo'li bilan kamaytirishga yo'l qo'yiladi. Agar Ustav kapitali kamaytirilishi natijasida uning miqdori bank Ustavidagi tegishli o'zgarishlarni qayd qilish sanasida aniqlanadigan, Markaziy bank tomonidan belgilangan Ustav kapitalining eng kam miqdoridan kamayib ketsa, bank Ustav kapitali miqdorini kamaytirishga haqli emas.Ustav kapitalini kamaytirish va bank Ustaviga tegishli o'zgartishlar kiritish haqidagi qaror bank aktsiyadorlarining umumiy yig'ilishi tomonidan qabul qilinadi. Ustav kapitalini kamaytirish to'g'risida qaror qabul qilingan vaqtda aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi Ustav kapitalini kamaytirish sabablarini ko'rsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi.Ustav kapitalini kamaytirish vaqtida bank tugatilganida nazarda tutiladigan aktsiyadorlarning manfaatlarini himoya qilish shartlariga rioya etilishi zarur. Bank o'zi joylashtirgan aktsiyalarni aktsiyadorlar umumiy yig'ilishining joylashtirilgan aktsiyalarning bir qismini olish va ushbu aktsiyalarning umumiy sonini kamaytirish yo'li bilan Bank ustav fondini kamaytirish to'g'risidagi qaroriga ko'ra,shuningdek ularni keyinchalik belgilangan tartibda qayta sotish maqsadida Bank Kuzatuv kengashining qaroriga ko'ra olishga haqli. Aktsiyalarni sotib olish to'g'risidagi qarorda sotib olinadigan aktsiyalarning turlari, Bank sotib oladigan har bir turdagi aktsiyaning soni, sotib olish narxi, aktsiyalar haqini to'lash shakli va muddati belgilab qo'yilishi lozim. Bank aktsiyalarini sotib olish vaqtida ularga pul bilan haq to'lanadi.Bank tomonidan oddiy va imtiyozli aktsiyalarni sotib olish narxi bozor bahosiga muvofiq belgilanadi. Bank tasarrufiga o'tgan aktsiyalar ovoz berish huquqini bermaydi, ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi, ular bo'yicha dividendlar hisoblab chiqarilmaydi. Keyinchalik qayta sotish maqsadida Bank tasarrufiga o'tgan aktsiyalar ular Bank tasarrufiga o'tgan paytdan e'tiboran bir yildan kechiktirmay realizatsiya qilinishi kerak, aks holda aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi Bankning ustav fondini kamaytirish “ALOQA BANK” ATB Ustavi to'g'risida qaror qabul qilishi lozim. Ko'rsatilgan muddatda realizatsiya qilinmagan aktsiyalar bekor qilinishi kerak. Ustav kapitalini kamaytirish to'g'risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bank kechi bilan 30 kun ichida bu qaror xususida o'z kreditorlarini yozma ravishda xabardor qiladi. Kreditorlar bankning Ustav kapitalini kamaytirish to'g'risida o'zlariga xabarnoma yuborilgan sanadan e'tiboran kechi bilan 30 kun ichida bankdan o'z majburiyatlarini muddatidan oldin ijro etishni va Ustav kapitali kamaytirilishi bilan bog'liq zararni to'lashni talab qilishga haqli. Bankning aktsiyalari egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog'ozlar bo'lib, ular turiga ko'ra oddiy va imtiyozli aktsiyalarga bo'linadi. Oddiy aktsiyalarni imtiyozli aktsiyalarga, korporativ obligatsiyalarga va boshqa qimmatli qog'ozlarga ayirboshlashga yo'l qo'yilmaydi.Aktsiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli bo'lsa, o'sha yuridik yoxud jismoniy shaxs aktsiyaning egasi bank aktsiyadori deb e'tirof etiladi. Oddiy aktsiyalar ovoz beruvchi aktsiyalar bo'lib, ular o'z egasiga dividendlar olish, Bankni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi. O'z egalariga dividendlarni, shuningdek Bank tugatilayotganda aktsiyalarga qo'yilgan mablag'larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aktsiyalar imtiyozli aktsiyalardir. Imtiyozli aktsiyalar o'z egalariga Bank foyda ko'rish-ko'rmasligidan qat'i nazar muayyan dividendlar olish huquqini beradi. Aktsiyaning egasi bo'lgan aktsiyadorga ovozga qo'yilgan masalani hal etishda ovoz berish huquqini beradigan oddiy yoki imtiyozli aktsiya Bankning ovoz beruvchi aktsiyasidir. Bank aktsiyalarining nominal qiymati 1068 (bir ming oltmish sakkiz) so'm. Bank chiqaradigan barcha aktsiyalarning nominal qiymati bir xil bo'lishi lozim.E'lon qilingan aktsiyalar: Bank ustav kapitalini oshirish maqsadida, joylashtirilgan aktsiyalariga qo'shimcha ravishda joylashtirishga haqli bo'lgan e'lon qilingan aktsiyalarning miqdori nominal qiymati 1068 (bir ming oltmish sakkiz) so'mlik 906 367 042 (to'qqiz yuz olti million uch yuz oltmish yetti ming qirq iki) dona umumiy qiymati 968 000 000 856 (to'qqiz yuz oltmish sakkiz milliard sakkiz yuz ellik olti) so'm bo'lgan, egasining nomi yozilgan, hujjatsiz shakldagi, oddiy aktsiyalardan iborat.Qimmatli Bank aktsiyalarni va aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog'ozlarni ochiq va yopiq obuna vositasida joylashtirishga haqli. Aktsiyalar va aktsiyalarga ayirboshlanadigan qog'ozlarni joylashtirish (ochiq yoki yopiq obuna) usullari qimmatli qog'ozlar chiqarilishi to'g'risidagi qaror bilan belgilanadi. Aktsiyalarning ochiq obunasi faqat qimmatli qog'ozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida o'tkaziladi. Aktsiyalarni joylashtirish, shu jumladan aktsiyadorlar o'rtasida joylashtirish to'g'risida qaror qabul qilishda aktsiyalarni joylashtirish (qimmatli qog'ozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxi Bank Kuzatuv kengashi tomonidan qimmatli qog'ozlar savdosi tashkilotchilarining savdo maydonchalarida vujudga kelayotgan narxlar kon'yunkturasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bank Kuzatuv Kengashining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi: a) Bankni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo'yicha ko'rilayotgan chora- tadbirlar to'g'risida Bank boshqaruvining hisobotini muntazam ravishda eshitib brogan holda Bank faoliyatining ustuvor yo'nalishlarini belgilash; b) Bank aktsiyadorlarining yillik va navbatdan tashqari Umumiy yig'ilishlarini chaqirish, amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan xollar bundan mustasno; v) aktsiyadorlar umumiy yig'ilishining kun tartibini tayyorlash; g) aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi o'tkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilash; Aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi o'tkazilishi haqida xabar qilish uchun Bank aktsiyadorlari reestrini shakllantirish sanasini belgilash; e) Ushbu Ustavning 12.7. bandidagi a) va t) qismlarida ko'rsatilgan masalalarni hal etishni aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishiga kiritish; j) mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish; i) aktsiyalar chiqarilishi to'g'risidagi qaror va emissiya risolasini tasdiqlash shuningdek avval ro'yhatdan o'tkazilgan qimmatli qog'ozlar chiqarilishlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida qaror qabul qilish; k) auditorlik tekshiruvini o'tkazish (majburiy auditorlik tekshiruvi bundan mustasno), auditorlik tashkilotini belgilash, uning xizmatlariga to'lanadigan eng ko'p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish (shartnomani bekor qilish) to'g'risida qaror qabul qilish; l) aktsiyalarni joylashtirish (qimmatli qog'ozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash; m) Bankning yillik biznes-rejasini tasdiqlash. Bunda Bankning kelgusi yilga mo'ljallangan biznes-rejasi joriy yilning 1 dekabridan kechiktirmay tasdiqlanishi lozim; Bank Boshqaruvi tarkibiga Boshqaruv Raisi, uning o'rinbosarlari, Bosh buxgalter, shuningdek Bankning asosiy bo'linmalar rahbarlari kirishi mumkin. Bank Boshqaruvi bankning kollegial ijroiya organ asosidagi ijro etuvchi organ hisoblanib, uning joriy faoliyatini boshqaradi va operativ rahbarlikni O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, bank Ustavi, Aktsiyadorlar umumiy yig'ilishi va bank Kuzatuv Kengashining qarorlariga muvofiq amalga oshiradi Bo‘limlarni o'rganishni boshlaymiz Kadrlar guruhi quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan: Download 249.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling