Aloqa kanalidagi nisbiy uzatish tezligini kamaytirish uchunkam ortiqchalikni
Download 14.89 Kb.
|
sayt uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Nazariy qism IKM bilan uzatishni tashkil etish tamoyillari. Birlamchi raqamli kanaldagi signallarni tuzilmasi (E-1 oqimi)
- aloqa kanalidagi nisbiy uzatish tezligini kamaytirish uchunkam ortiqchalikni; - takrorlanadigan simvollar (“1” yoki “0”) bloklarining minimal mumkin bo‘lgan uzunliklarini va disparitetlikni (kodli kombinatsiyalardagi “1” va “0”sonlarining tengsizligi). Kodlarni ishlatilishida ularning simvollarini keyingi operatsiyalarning bajarilishi va aloqa liniyalari bo‘yicha uzatish uchun qulay u yoki bu shakldagi diskret signal elementlari ko‘rinishida taqdim etish zarur. Signallar shakllari kodning simvollari bilan qat’iy biriktirilishi shart emas. Kodning bir simvoli shakllarning almashishi, ikkinchi simvol esa oldingi elementning shakli bilan aks ettiriladigan nisbatan kodlash qoidalari keng tarqalgan. Signalning shaklini tanlash eng to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarzda energetik spektrni (egallanadigan chastotalar polosasini), sinxronlashtirish signallarini ajratilishi imkoniyatini, chastotalar polosasi birligiga hisoblanganda uzatish tezligini (solishtirma uzatish tezligini) aniqlaydi. Aloqa liniyalari bo‘yicha uzatishga mo‘ljallangan raqamli signallarning shakllari chiziqli kodlar (ChK) nomlarini oldi. ChK noldan boshlanadigan birlamchi chastotalar polosasida modulyatsiyalashsiz ma’lumotlarni uzatish uchun qo‘llaniladi. Boshqacha aytganda, raqamli uzatish tizimlarining shakllantirilgan va oddiy ikkilik ketma-ketliklaridan iborat bo‘lgan kadrlari liniyaga berilishidan oldin chiziqli koderda mos o‘zgartiriladi. 2.3. Nazariy qism IKM bilan uzatishni tashkil etish tamoyillari. Birlamchi raqamli kanaldagi signallarni tuzilmasi (E-1 oqimi) Dastlab impuls – kodli modulyatsiyali (IKM) uzatish tizilmalarining, rivojlanishi mahalliy va ichki mintaqaviy tarmoqlarda keng tarqalgan quyi chastotali kabellar juftlarini zichlashtirish zarurligi tufayli kelib chiqqan edi. Bu tarmoqlarning an’anaviy usullar bilan keyingi rivojlanishi telefon kanallarga o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish g‘oyatta qiyin edi. Ishlatilayotgan kabel tarmog‘ining juftlarini zichlashtirish. Yagona samarali usuldir bo‘lib, biroq mavjud kabel liniyalarini tonal chastotalar diapozonida ishlatish ko‘zda tutilganligi uchun bu kabellardagi o‘zaro ta’sir qiluvchi parametrlari kanallarni chastotali taqsimlash (KChT) ko‘pkanalli tizimlarni tadbiq etish imkoniyatini bermadi. Yarimo‘tkazgichlar texnikasi sohasidagi sezilarli taraqqiyot kanallarini vaqt bo‘yicha ajratish va impuls kodli modulyatsiyaga asoslangan uzatish tizimining apparaturasini yaratish haqiqiy va iqtisodiy asoslanishga olib keladi. Raqamli signallarning halakit - bardoshligi IKM li uzatish tizimlarini mavjud quyi chastotali kabellarni zichlashtirish imkonini berdi, bu esa ishlatilayotgan kabel tarmog‘ini ancha ko‘p stansiyalararo bog‘lovchi liniyalar oldi. IKMli uzatish tizimlarini tadbiq etish ulash liniyalarning kerakli sonini ta’minlash muammosini yomonligi sababli, ko‘pgina mamlakatlarda shu tizimni yaratish bo‘yicha jadal ishlar boshlandi. Mahalliy tarmoqlarni rivojlantirish masalalarini tez yechimini maqsad qilib olgan bu ishlar apparaturani bir necha turini paydo bo‘lishiga olib keladi. Bularga quydagilar kiradi: AQSh - IKM-24 uzatish tizimi (T1), uzatish tezligi 1544 Kbit/s; Angliya - IKM-24 uzatish tizimi, uzatish tezligi 1536 Kbit/s; Fransiya – IKM-36 uzatish tizimi, uzatish tezligi 1741 Kbit/s; SSSR (Sobiq sho‘rolar ittifoqi) – IKM-12 uzatish tizimi, uzatish tezligi 704 Kbit/s; Yaponiya – IKM-24 uzatish tizimi, uzatish tezligi 1544 Kbit/s; PXR – TSK-24 uzatish tizimi, uzatish tezligi 1544 Kbit/s. Bu uzatish tizimlari uzunligi uncha katta bo‘lmagan aloqa liniyalarida, asosan elektromexanik turidagi ATSlar o‘rtasida bog‘lovchi liniyalar tashkil etish uchun ishlatiladi. Telefoniya va telegraf bo‘yicha xalqaro maslaxat qo‘mitasida “IKM-24” tizimining parametrlarini qoida solish bo‘yicha olib borilgan ishlar davomida G‘arbiy Yevropa mamlakatlari IKM-24 tizimidan ba’zi tomonlaridan ustun bo‘lgan tezligi 2048 Kbit/s bo‘lgan IKM-30/32 tizimini taklif etishdi. Natijada MKKTT da IKM li ikkita birlamchi tizim IKM-24 1544 Kbit/s tezlik bilan va IKM 30/32 2048 Kbit/s tezlik bilan qoidaga solindi Download 14.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling