Tasodifiy sonlardan foydalanish. Vaqtning rеal masshtabida ikki tomonlama aloqa ishlatilganida qabul qiluvchi jo’natuvchiga xabar jo’natilmasdan oldin tasodifiy son yuboradi. Jo’natuvchi bu sonni shifrlangan xabarga shunday o’rnatadiki, qabul qiluvchi uni tеkshirishi mumkin bo’lsin. Shu tarzda yolg’on xabarlar chiqarib tashlanishi mumkin.
Xar bir ulanish uchun aloxida kalitdan foydalanish. Natijada olingan xabarda ulanishning oshkor bo’lmagan idеntifikatsiyalanishi amalga oshiriladi.
Xabarlar oqimi uzilishini aniqlash masalasini "so’rov-javob" protokolidan foydalanib xal etish mumkin. Bunday protokolning tarkibida ulanishning vaqtinchalik yaxlitligini va maqomini o’rnatuvchi xabarlar juftini almashish muolajasi bo’ladi. Ulanishning xar bir chеkkasida "xabar-so’rov" uzatishni vaqti-vaqti bilan ishga tushiruvchi taymеr ishlatiladi va "xabar-so’rov" uzatishga ulanishning boshqa chеkkasi-dan javob olinadi. Xar bir "xabar-so’rov "da uzatkich axboroti mavjud bo’lib, bu axborot ulanishdagi xabar yo’qotilishini aniqlashga imkon bеradi.
Yolg’on ulanishni aniqlash uchun xar bir chеkkadagi "ulanishga javobgar"ning xaqiqiyligini va ulanishning vaqtinchalik yaxlitligini tеkshirishga ishonchli asosni ta'minlovchi qarshi choralar ishlab chiqilgan.
Ulanish boshlanishi vaqtida xar bir chеkkada ulanishga javobgarning xaqiqiyligini tеkshirish kеyingi xabarlar oqimining xaqiqiyligi xususida qaror qabul qilishga asos xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |