Aloqa tizimlarida qo’llaniladigan optik tola va kabellarning ahamiyati. Tolali optik uzatish tizimining tuzilishi
Tolali optik aloqa tizimlari apparaturalarining ahamiyati
Download 153.92 Kb.
|
Ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti
Tolali optik aloqa tizimlari apparaturalarining ahamiyati.
Sinxron raqamli ierarxiya (SRI) (SDH)da liniyali signallari besh bosqichga ega sinxron raqamli multipleksorlarda (STM) - (Synchronous Dijital Multiplexer) shakllanadi.Ma`lumotni raqamli trakt orqali yuboruvchi bunday bloklar sinxron transport modullariSTM (Synchronous Transport Module) deyiladi. Multipleksorlar yordamida shakllanadigan transport modullari besh bosqichga bo`linadi.Bular haqidagi ma`lumotlar1.2.1- jadvalda keltirilgan. 1.2.1-jadval. SDH transport modulining beshta sathi, transport moduli, uzatish tezligi va tovush chastotali kanallar soni
Birinchi bosqich – STM-1 (sinxron raqamli optik liniya traktda uzatish tezligi 155,52 Mbit/s). Bunday tezlik 2 Mbit/s tezlikdagi 63 ta raqamli signallar oqimini uzatishni ta`minlaydi. Tovush chastotali kanallarning soni esa 63 30=1890 ta tovush chastotali kanallarga teng bo`ladi. (Ikki megabitli oqimni ikkita xizmat kanallari asosan hisobga olinmaydi); Ikkinchi bosqich – STM-4 (sinxron raqamli opik liniya traktida uzatish tezligi 622,08 Mbit/s). Bunday tezlik 4 ta STM - 1 transport modullarini 155 Mbit/s tezlikda uzatishni ta`minlaydi. Tovush chastotali kanallar soni quyidagicha aniqlanadi: 1890 4=7560 tovush chastotali kanal. Uchinchi bosqich – STM-16 (sinxron raqamli optik liniya traktda uzatish tezligi 2488,32 Mbit/s). Bu 4 ta 622,08 Mbit/s tezlikdagi STM-4 transport modullarini birlashmasidir. Tovush chastotali kanallar soni quyidagicha aniqlanadi: 1890 16=30240 tovush chastotali kanal. To`rtinchi bosqich – STM-64 (sinxron raqamli optik liniya traktidagi uzatish tezligi 9952,28 Mbit/s). 4 ta STM- 16 transport modullarining birlashmasi. Tovush chastotali kanallar soni quyidagicha aniqlanadi: 1890 64=120960 tovush chastotali kanal. Beshinchi bosqich – STM-256 (sinxron raqamli optik liniya traktda uzatish tezligi 39813,12 Mbit/s). 4 ta STM-64 transport modullarining birlashmasi. Tovush chastotali kanallar soni quyidagicha aniqlanadi: 1890 256=483840 tovush chastotali kanal.Optik eltuvchi ko’p kanalli elektr signal bilan modulyatsiyalash uchun chastotaviy (CHM), fazaviy (FM), amplitudaviy (AM), qutblovchi (QM) modulyatsiya, jadalligi bo’yicha modulyatsiya (IM) va boshqalardan foydalanish mumkin. Monoxromatik optik nurlanish elektr maydonining oniy qiymatini belgilangan fazoviy koordinatalarda quyidagi ravishda yozish mumkin: E (t) (1.2.1) Bu yerda - maydon amplitudasi, va - optik eltuvchining tegishli chastotasi va fazasi. U holda optik nurlanish jadalligining oniy qiymati quyidagiga teng bo’ladi: (1.2.2) =2 .......................................................(1.2.3) davr bo’yicha o’rtacha qiymati esa quyidagiga teng: P=0,5 …………………………………………(1.2.4) P kattalikni optik nurlanishning o’rtacha jadalligi yoki quvvati deyiladi. Jadallik bo’yicha modulyatsiyalanayotgan (IM) da ayni P kattaligi modulyatsiyalovchi ko’p kanalli signalga mos ravishda o’zgaradi. Optik nurlanish to’lqin tabiatga ega bo’lib, ayni shu vaqtda u diskret bo’ladi. U faqat diskret kvantlar- h energiyali fotonlar ko’rinishida nurlanadi va yutiladi, bu yerda h- Plank doimiysi. Shuning uchun P optik nurlanish quvvatini fotonlar oqimi (vaqt birligidagi soni) ning ko’p kanalli signallar bilan modulyatsiyalanadigan J=P/h ..................................................(1.2.5) jadalligi orqali tavsiflash mumkin. Yarim o’tkazgich manbaining nurlanishini uning jadalligi bo’yicha modulyatsiyalashni va optik signalni elektr signalga teskari o’zgartirish, ya’ni demodulyatsiyalashni boshqarish (modulyatsiyalash) qurilmasi bilan amalga oshirishning texnik jihatdan nisbatan sodda hal qilinishi tufayli optiktolali uzatish tizimini tashkil qilishda IM juda keng ko’lamda qo’llanila boshladi. Optik nurlanish manbalariga quyidagi talablar qo’yiladi: - optik nurlanishning to’lqin uzunligi optik tolaning shaffoflik darchalaridan biri bilan bir xil bo’lishi kerak; - chiqayotgan nurlanishning quvvati va uning optik tolaga kirish effektivligi yetarli darajada yuqori bo’lishi kerak; -optik nurlanishni turli usullar bilan modulyatsiyalash imkoniyati mavjud bo’lishi kerak; -yetarli darajada uzoq vaqt xizmat qilishi kerak; - elektr energiyadan iloji boricha kam foydalanib, yuqori samaradorlikka erishish kerak; - juda kichik gabarit va og’irlikka ega bo’lishi kerak; - narxining o’rtamiyona bo’lishini, parametrlari va tavsiflari qayta tiklanuvchanliklarining yuqori sifatli bo’lishini ta’minlovchi ishlab chiqarish texnologiyasi sodda bo’lishi kerak. Bu talablarni yorug’lik tarqatuvchi diodlar (YOTD) va yarim o’tkazgich lazer diodlar (LD) asosida qurilgan optik nurlanish manbalari ancha to’liq qanoatlantiradi. Quyidagilar optik nurlanish manbaining asosiy parametrlari hisoblanadi: optik nurlanishning to’lqin uzunligi, mkm, u optik tola so’nish tavsifining minimumlaridan biriga to’g’ri keladi; optik nurlanishning spektr kengligi, nm; W optik nurlanishning quvvati, mW yoki r optik nurlanish quvvatining mutlaq sathi, dW; optik nurlanish manbaini uyg’otish toki, mA, u orqali barqaror yorug’lik nurlanishini ta’minlovchi tokning minimal qiymati tushuniladi; nurlanish effektivligi, ya’ni optik nurlanish manbaining foydali ish koeffisiyenti (FIK) orqali quyidagi ko’rinishdagi nisbat tushuniladi: ...........................................(1.2.6) bu yerda -optik nurlanishning quvvati, – optik nurlanish manbaining elektr energiyaning tashqi manbaidan iste’mol qilgan quvvati; optik nurlanish impulsining o’sish vaqti, bu vaqt davomida uning amplitudasining nominal qiymati 0,1 dan 0,9 gacha kattalashadi; S axborotni maksimal uzatish tezligi, Mbit/s yoki modulyatsiyalash chastotasi, MGs; Optik nurlanish manbalarining shovqini. Download 153.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling