Aloqa va ulanishsiz aloqa
Aloqa o‘rnatishning asosiy tamoyillari. Aloqa o‘rnatish va saqlashning javobgarliklari
Download 44.91 Kb.
|
komp44
Aloqa o‘rnatishning asosiy tamoyillari. Aloqa o‘rnatish va saqlashning javobgarliklari
Aloqa brigada (batalon) komandirining qarori, yuqori shtabning aloqa bo‘yicha farmoyishi, brigada (batalon) shtabi boshlig‘ining ko‘rsatmalari asosida aloqa kuchlari va vositalari mavjudligidan kelib chiqib, shuningdek dushmaning aloqa tizimiga ta’sir ko‘rsatishini hisobga olgan holda tashkil qilinadi. Brigada (batalon) komandiri jangga qaror qabul qila turib boshqarishni belgilaydi va tashkil qiladi. Jang rejasiga muvofiq brigada (batalon) shtabi boshlig‘i qo‘l ostidagi va biriktirilgan bo‘linmalar bilan aloqa tashkil qiladi. Bo‘linmalardagi aloqa komandir qarori va boshliq ko‘rsatmalariga asosan, kuch va vositalarning mavjudligiga qarab tashkil qilinadi. Aloqa bo‘linmalari doimiy joyda bo‘lganda yoki marsh bajarayotganda, jangga tayyorgarlik va uni olib borishda boshqarishni ta’minlash lozim. Agar aloqa to‘g‘ri tashkil qilingan bo‘lsa, vaziyat keskin o‘zgarganda ham uni o‘zgartirishning yoki qayta tashkil qilishning hojati bo‘lmaydi. Aloqa jangovar topshiriqning bor chuqurligida tashkil qilinishi lozim va bo‘linmalar bu topshiriqlarni bajarishini ta’minlashi kerak. Bo‘linmalarda turli aloqa vositalarining (radio, simli, harakatlanuvchi, signalli) mavjudligi ulardan kompleks foydalanishni nazarda tutadi. Bu ularning turlicha imkoniyatlari bilan tushuntiriladi. Masalan, ularning ba’zilari jangda (radio, signalli vositalar) ishlatilsa, boshqalaridan joyda turg‘un qolganda yoki mudofaada (simli vositalar) foydalaniladi. Aloqani tashkil kilish aloqani o‘rnatishga va buning uchun vositalarni ajratishga qat’iy javobgarlikni talab etadi. Aloqa bevosita ko‘l ostidagi komandirlar, shtablar hamda bir pog‘ona pastdagilar bilan o‘rnatiladi. Bo‘ysunuvchilar bilan o‘rnatiladigan aloqaga yuqori shtab javobgardir. Biroq aloqa yo‘qotilganda yuqori shtab bilan birga bo‘ysunuvchi shtablar ham aloqani zudlik bilan tiklashga oid choralarni ko‘rishlari lozim. Odatda radioreleyli, troposfera, feld’eger_pochta aloqasi va simli aloqa yuqori shtabdan bo‘ysunuvchi tarafga qarab, yuqori shtabning vositalari bilan o‘rnatiladi. Radioaloqa yuqori turuvchi va bo‘ysunuvchilarning vositalari bilan o‘rnatiladi. O‘zaro hamkorlikda bo‘lgan (qo‘shni) qo‘shilmalar (qismlar, bo‘linmalar) orasidagi aloqa o‘zaro hamkorlikni tashkil qilayotgan shtab (komandir)ning ko‘rsatmalariga asosan o‘rnatiladi. Ko‘rsatmalar bo‘lmaganda yoki aloqa yo‘qotilganda o‘zaro hamkorlikda bo‘lgan tuzilma komandirlari aloqa o‘rnatish choralarini ko‘rishga majburdirlar. O‘zaro hamkorlikda bo‘lgan tuzilmalar orasida aloqa o‘rnatishga va uni saqlab ushlab turishga javobgarlik quyidagicha belgilanadi: front bo‘yicha aloqaga - o‘ng tarafdagi qo‘shni; front ortidan front tarafga bo‘lgan aloqaga - ikkinchi eshelon (zaxira)da bo‘lgan qism shtabi; umumqo‘shin ko‘shilmalari (qismlar, bo‘linmalari) bilan maxsus qo‘shin qismlari (bo‘linmalari) orasidagi aloqaga - umumqo‘shin qo‘shilmasi (qismi, bo‘linmasi) shtabi, umumqo‘shin bo‘linmasi bilan qo‘shin turlari bo‘linmalari orasidagi aloqaga - qo‘shin turlari bo‘linmalari. O‘zaro hamkorlik aloqasi quyidagicha o‘rnatiladi: birlashmalar orasida - front bo‘yicha, front ortidan front tarafga; radioliniyalar hamda feld’eger-pochta aloqasida - har bir birlashmaning vositalari bilan; tayanch tarmoqlari bo‘yicha - yukori shtab yoki o‘zaro hamkorlikda bo‘lgan shtablar ajratadngan kanallardan foydalanish; front bo‘ylab qo‘shni qism (bo‘linma)lar orasida: radio, radioreleyli va feld’eger_pochta aloqasi (FPA) - har birining vositalari bilan; simli aloqa - o‘ng tarafdagi qo‘shni vositalar bilan; bir brigadaning ko‘shni batalonlari orasida - brigadaning aloqa tuguni orqali; motoo‘qchi va tank qismlari bilan hamkorlikda bo‘lgan artilleriya orasida: radioaloqa - har birining vositasi bilan; simli aloqa – artilleriyaning vositalari; motoo‘qchi, tank va artilleriya qo‘shilmalari (qismlari, bo‘linmalari) bilan desantchizarba va havo_desantlari qo‘shilmalari (qismlari, bo‘linmalari) orasida: radioliniyalarda_hamkorlikda bo‘lgan har bir shtab vositalari bilan, uchish vaqtida - havo hujumiga qarshi va harbiy havo kuchlari qo‘shinlarini jangovar boshqarshining yagona markazlashgan tizimi orqali; aloqaning tayanch tizimi bo‘ylab - birlashma shtablari ajratadigan kanallardan foydalanish bilan. Shtab ofitserlari aloqa vositalari bilan birga quyidagi yo‘nalishlarda jo‘natiladi: o‘ng tarafdagi ko‘shnidan chapga qarab; ikkinchi eshelon (zaxira) birlashmalaridan - birinchi eshelon birlashmalari tarafga; raketa ko‘shinlari va artilleriyadan - motoo‘qchi, tank, havo-desant qismlari tarafga: havo hujumiga qarshi va harbiy havo kuchlari birlashmalaridan – umumqo‘shin birlashmalari tarafga. Boshqa kuchlar tizimi bo‘linmalari bilan hamkorlik aloqasi komandirlarning birgalikda radiotarmoqqa kirishi bilan radio orqali; simli, radioreleyli aloqa esa - brigada (tezkor rahbarlik) aloqa tugunlari orqali. Dushmanning ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llash xavfi, radioaktiv, kimyoviy va biologik (bakteriologik) zararlanish haqida qo‘shinlarni ogohlantirish hech qanday navbatsiz, barcha kanallar orqali, hamda signalli vositalar bilan amalga oshiriladi Motoo‘qchi (tank) bo‘linmalari o‘z aviatsiyasini radiolokatsion tizim kodlari yordamida tanishlari, ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan sharoitda esa samolyotning ko‘rish vositalari (bort chiroqlari, faralar, signal patronlari) uzatadigan signallar yordamida tanishlari mumkin. Nishonga yo‘naltirish maqsadida aviatsiya va ko‘shinlar orasida radio - va radiotexnik vositalar, tutunli, yorituvchi nur chiqaruvchi snaryad va minalar, mo‘ljal - signalli bombalar va raketalardan foydalaniladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan aloqa tashkil qilish tamoyillari to‘g‘ri qo‘llanilganda ko‘shinlar oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish imkoni yaratiladi. Download 44.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling