Aloqador sahifalar


ilmmaorif va M.ni zoʻr ehtiros bilan targʻib


Download 211.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana26.01.2023
Hajmi211.71 Kb.
#1128674
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Safari - 23 янв. 2023 г., 21:03

ilmmaorif va M.ni zoʻr ehtiros bilan targʻib
qildilar. Mas, Furqat fikricha, ilmfan bir
mashʼ-al boʻlib, insoniyatning baxt-saodat
yoʻlini yoritib turishi kerak.
19-asrning oxiri va 20-asrning boshida
Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik
harakati namoyandalari, Munavvarqori
Abdurashidxon oʻgʻli, Mahmudxoʻja
Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat,
Sadriddin Ayniy va boshqa oʻzlarining
maʼrifatparvarlik ishlari bilan M. rivojiga
muhim hissa qoʻshdilar. Ular turli gaz. va
jur.lar chiqardilar, nashriyot va bosmaxonalar
tashkil etdilar, kutubxonalar, teatrlar,
yangicha maktablar ochdilar, oʻtmish
madaniyatimizni, tariximizni targʻib qildilar,
dunyoviy bilimlarni chuqur egallashga daʼvat
etdilar. Maʼrifatchilikning keng quloch yoyishi
samarasi oʻlaroq, xalqning umummadaniyati
yuksala bordi.
Yevropada „M.“ deyilganda dastlab insonning
tabiatga koʻrsatadigan maqsadga muvofiq
taʼsiri, shuningdek, insonga taʼlimtarbiya
berish tushunilgan (lot. cultura — yerni
ishlash, parvarishlash; ruschadagi „kultura“
soʻzi ham shundan olingan). M. faqat mavjud
norma va urf-odatlarga rioya qilish
qobiliyatini rivojlantirishni emas, balki ularga
rioya qilish istagini ragʻbatlantirishni ham oʻz
ichiga olgan. M.ga bunday ikki yoqlama
yondashuv har qanday jamiyatga xos (mas,
Qad. Xitoyda jen, Hindistonda dharma).
Ellinlar „madaniyatsiz“ varvarlardan
oʻzlarining asosiy farqini „paydey“, yaʼni
„tarbiyalanganlik“da deb bilganlar. Qad.
Rimning soʻnggi davrlarida „M.“ tushunchasi
ijtimoiy hayotning shahar turmush tarzini
ifodalovchi mazmunlar bilan ham boyigan va

Download 211.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling