Aloqalarini va o‘zaro bog‘liq1igini ilmiy o‘rganishdir


Moliyaviy holatning tahlili


Download 0.86 Mb.
bet16/23
Sana18.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1583087
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
Kichik biznes va tadbirkorlik. Umurzakov U.P 194-254

Moliyaviy holatning tahlili — balans valyutasi dinami- kasini, balans passivlari tarkibini, asosiy vositalar va aylanmadan tashqari aktivlarni va moliyaviy natijalarning tahlili.

  • Moliyaviy mustahkamlikning tahlili zaxira va xarajatlarni shakllantirish manbalari bilan ta’minlanganligi, moliyaviy mustaqillik koeffitsientlari, o‘zlik va qarzga olingan mab1ag‘1arning o‘rtasidagi nisbat, zaxira va xarajatlarni o‘z1ik manbalari bilan ta’minlanganligi, qarzlarni qaytib berishga qodirlik koeffitsienti.

  • Korxonalarning iqtisodiy holati tahlili qarzlarni qaytarib berish qobiliyatini tiklash koeffitsienti, faoliyatni manevrlash koeffitsienti, korxonaning ishlab chiqarish mol-mulkini real qiymati koeffitsienti.

  • Korxona rentabelligi tahlili mahsulotlami realizatsiya qilishning real koeffitsienti, asosiy vositalarning rentabellik koeffitsienti, permanent kapitalining rentabellik koeffitsienti, kapitalning umumiy aylanishining rentabellik koeffitsienti.

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat mol-mulk qo‘mitasi tomonidan 1996-yili tasdiqlangan «Korxona moliyaviy holatining tahliliy uslubi»da moliyaviy holat quyidagi yo‘na1ish1arda tahlil qilinishi tavsiya etilgan:
    l.Moliyaviy holatni umumiy baholash, balans valyutasining dinamikasi, korxona mab1ag‘lari va ularning manbalari ko‘rsat- kichlari.

    1. Korxonaning moliyaviy mustahkamligi tahlili moliyaviy mustahkamlikning absolyut, mc’yoriy, nome’yoriy va inqiroz shakldagi ko‘rsatkichlari, korxonaning o‘zlik va qarzga olingan mablag‘1ari o‘rtasidagi nisbat, tashqaridan olingan qarzlarni uzoq muddatlik koeffitsienti, o‘zlik mablag‘laming manevrlik koeffitsienti, asosiy vositalar va moddiy aylanma mablag‘1ar qiymatinnng reallik koeffitsienti.

    2. Korxona tomonidan olingan qarzlarni qaytarish qadri (likvidlik) ko‘rsatkichlari — balans likvidligining absolyut, o‘tish va umumiy koeffitsientlari, sof foyda koeffitsienti.

    Bu yerda ham tavsiya etilgan moliyaviy holatni ifodalovchi ko‘rsatkich1ar to‘liq emas.
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat mol-mulk qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan korxonalarning iqtisodiy nochorlik masalalari bo‘yicha qo‘mitaning 1997-yi1da tasdiqlangan «Qishloq xo‘ja1ik korxonalari moliyaviy holatini tahlil qilishning uslubiy tavsiya1ari»da quyidagi ko‘rsatkich1ardan foydalanilgan:

    1. Moliyaviy holatning tahlili — balansning aktiv va passiv tomonidagi ma’lumot1ar tahlili.

    2. Moliyaviy mustahkamlikning tahlili — moliyaviy mustahkamlikning absolyut, me’yoriy, nome’yoriy va inqiroz darajadagi ko‘rsatkich1ari.

    3. Moliyaviy koeffitsientlar tahlili — qarzlarni qaytarish qadri, o‘zlik va qarzga olingan mablag‘1ar o‘rtasidagi nisbat, moliyaviy mustaqillik koeffitsienti, o‘zlik aylanma mablag‘lar bilan ta’minlangan1ik koeffitsientlari.

    4. Moliyaviy yakunlar tahlili — mahsulot va korxona aktlvlari

    rentabelligi.
    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlash va topshirish konseptual asoslari tasdiqlandi. Respublikada moliyaviy tahlilga taalluqli bo‘lgan milliy andozalardan «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»,
    «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan daromadlar», «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» va boshqa me’yoriy materiallar qabul qilindi. 1999-yi1 27-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi qoshidagi korxonalarning iqtisodiy holatsizligi masalalari bo‘yicha Qo‘mita tomonidan «Korxonalaming iqtisodiy noholatsizligini aniqlash kriteriyalari tizimi» tasdiqlandi.
    Yuqoridagi me’yoriy uslubiy ko‘rsatma1ar bozor munosabat- larining talablari asosida ishlab chiqildi. Ular korxonalarni moliyaviy faoliyatini tahlil qilish uslublarini shakllanishidakatta ahamiyatga ega bo‘ldi.
    Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyaviy tahlil qilishning quyidagi tamoyillari mavjud:

    1. Moliyaviy tahlilda hisob va hisobot tizimini bozor munosabatlariga moslab takomillashtirish, ularni xalqaro andozalarga o‘ikazishda moliyaviy tahlil axborot manbalarini boyitadi va foydalanilayotgan ko‘rsatkich1ar tarkibini o‘zgartiradi.

    2. Moliyaviy tahlil respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatga va bozor iqtisodiyotini shakllanishiga yordam berishi kerak.

    3. Bozor munosabatlari shakllanib borishi bilan, moliyaviy tahlil usuli ham tobora takomillashib borishi lozim.

    4. Bozor munosabatlari shakllanib borishida korxonalararo raqobat munosabatlari ham rivojlanib boradi. Moliyaviy tahlilda tahlil qilinayotgan korxonaning moliyaviy faoliyatini boshqa korxonalar, ayniqsa, raqobatdagi korxonalar moliyaviy holati bilan taqqoslab turish lozim.

    5. Moliyaviy tahlilning maqsadi korxonalarning moliyaviy faoliyatini yaxshilashda, zarur tavsiya va takliflar bilan yakunlanish maqsadga muvofiq.

    6. Bozor munosabatlari shakllanishi davrida xo‘jaligining boshqaruv tizimini yangidan barpo etish lozim. Moliyaviy tahlil korxonalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishda asosiy omillardan biri bo‘Jishi kerak.

    Xorijiy mamlakatlarning moliyaviy tahlilini amaliyotda sinovdan o‘tkazish tajribasidan foydalanib, respublikada sliakllanayotgan moliyaviy tahlil usuliga asoslanib, bozor munosabatJari davrida moliyaviy tahlil oldiga qo‘yilgan vazifalari e’tiborga olib, korxonalar moliyaviy faoliyatini kompleks ravishda tahlil etish usullari ko‘ri1gan.
    Shu maqsadda moliyaviy tahlil quyidagi bosqichlarda o‘tkazi- lishi tavsiya etilgan:

    • korxonalarning moliyaviy faoliyatini umumiy baholash;

    • korxonalarning moliyaviy mustahkamligi tahlili;

    • korxona balansining likvidl ik tahlili;

    • aylanma mablag‘larning ayJanib turishii va korxonalarning moliyaviy holati;

    • mahsulotlarning tannarxi va korxonalaming moliyaviy holati;

    • korxonalarning ishchanlik-aktivlik tahlili;

    • korxonalarning bozorga ord aktivligi tahlili ;

    • korxonalar foydasi tahlili ;

    • korxonalar rentabelligi tahlili;

    224
    -korxonalaming iqtisodiy noholatsizligi tahlili.


    Korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilishning birinchi bosqichi molyaviy holatni umumiy baholash hisoblanadi. Bu bosqichda korxonalar faoliyatining hajmi, umumiy samaradorligi, korxonalaming uzoq muddatli va aylanma aktivlari, korxonalar- ning majburiyatlari tahlil etiladi. Buning uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:

    1. Korxonalar faoliyatining umumiy absolyut ko’rsatkich1ari.

    2. Korxonalar faoliyatining umumiy nisbiy ko‘rsatkichlari.

    3. Korxonalar mablag‘larining dinamik va tarkibiy ko‘rsatkichlari.

    4. Korxonalar majburiyatlarining dinamik va tarkibiy ko‘rsatkichlari.

    5. Korxonalar zaxiralari va xarajatlarining dinamik va tarkibiy ko‘rsatkichlari.

    Tahlil qilinayotgan korxonalar faoliyati har xil bo‘lishi mumkin: hajmi bo‘yicha mayda, o‘rta va yirik korxonalar, bu holat moliyaviy tahlilning yo‘nalishlari va chuqurligiga ta’ ir ko‘rsatadi; tadbirkolar mukammal texnologiyaga va tit. tamioqlarga ega bo‘ladi. Bu holat korxonalarni asosiy va aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanishiga ta’sir ko‘rsatadi; korxona o‘zining mablag‘larga bo‘1gan ehtiyojini o‘zlik va majburiyatlar hisobidan har xil darajada qoplashi mumkin.
    Bu korxonalarning umumiy, iqtisodiy, moliyaviy faoliyati• ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli moliyaviy holatni tahlil qilganda umumiy baholash o‘tkaziladi.



      1. Download 0.86 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling