Aloqalarini va o‘zaro bog‘liq1igini ilmiy o‘rganishdir
Download 0.86 Mb.
|
Kichik biznes va tadbirkorlik. Umurzakov U.P 194-254
Strategik tahlil — korxonaning kuchli va zaif tomonla .. i, imkoniyatlarini va xavf- xatarlarini aniqlashdan iborat. Strategik tahlil — korxonaning sifat tasniflarini beradi.
Operativ tahlil — korxonani faoliyat natijalarini baholashga yo‘naltiri1gan bo‘ladi. Operativ tahlil mahsulot sifatini ta’min- lashda va xarajatlarni optimallashtirishda muhlm rol o‘ynaycli, resurslami boshqarishni samarali vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Operativ tahlil ishlab chiqarish va xo’jali k faoliyatining barcha tomonlarini hamda jihatlariga taalluqli bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: korxona faoliyati natijalarini tahlil qilish ishlab chiqarish xarajatlari tahlili, mahsulot tahlili. Har qanday korxona o‘zini katta-kichikligiga, faoliyat yo‘na1ishiga foyda yoki zarar ko‘ruvchi ekanligidan qat’i nazar, bozor muhiti bilan o‘zaro harakat qiluvchi murakkab tizimdir. Korxona faoliyatini birgina ko‘rsatkich bilan, ya’ni masalan, foyda ko‘rsatkichi bilan ifodalash mumkin emas. U ko‘rsatkichlar tizimiga asoslanadi. Bunday ko‘rsatkichlarga foyda, sotilgan mahsulot hajmi yoki ko‘rsatilgan xizmat hajmi, moddiy xarajatlar, mehnat haqi fondi, ishchilar soni va hokazolar, ya’ni korxona faoliyatini oxirgJ natijalarini xarakterlovchi ko‘rsatkich1ar kiradi. Korxona faoliyatini baholashning oddiy usuli haqiqiy ko‘rsatkichlarni, reja (me’yor) ko‘rsatkichlariga solishtirish bilan tahlil qilinadi. Korxona faoliyatining iqtisodiy samaradorligini tahlil qilishning (baholash) murakkab uslubi esa oxirgi faoliyat natijalarini o‘zaro aloqalarini, xarajatlar bilan resurslarni, shuningdek turli omillar ta’sirini baholashdan iborat. Tadbirkorlik faoliyatining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan biri ishlab chiqarish xarajatlaridir. Chunki hech qanday xarajatlarsiz bu faoliyatni amalga oshirib bo‘lmaydi. Har qanday iqtisodiy faoliyat uchun ma’1um miqdordagi resurslarni jalb qilishga to‘g‘ri keladi. O‘z navbatida bu resurslami yoki bu ishga jalb qilish uchun ulami sotib olish, demak mablag‘ sarf qilish kerak. Ushbu resurslardan foydalanish jarayonida ularni xarid qilish uchun sarflarning bir kismi tadbirkorlikning ishlab chiqarish xarajatlariga aylanadi. Shunday qilib, tovarlarni ishlab chiqarish va ulami sotish jarayonida ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning puldagi ifodasi korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi. Ularning tarkibiga quyidagi xarajatlar kiradi: Xom ashyo va materiallar sarfi. Tabiiy boyliklardan foydalanish xarajatlari. Asosiy aktivlarning yemirilishi, eskirishi. Mehnatga haq to‘lash xarajatlari. Sug‘urta to‘lovlari. Joriy ta mirlash xarajatlari. Texnologik jarayonlami rivojlantirish va mahsulotlar ishlab chiqarishni joriy etishga sarflangan xarajatlar. Qisqa muddatli omonatlar uchun to‘1angan foizlar. Soliqlar. Boshqa xarajatlar. Tadbirkorlarning xarajatlarini belgilariga kura turlicha tavsif- lash mumkin. Birinchidan, tadbirkorning xarajatlari smeta bo‘yicha ularning elementlari va kalkulyatsiya moddalariga qarab turlarga bulinadi. Xarajatlar smetasi korxona budjetirfi aniqlash va aylanma aktivlarga ehtiyoj miqdorini rejalash uchun tuziladi. Kalkulyatsiya moddalari umumlashma, majmua ko‘rinishiga ega bo‘lib, o‘z ichiga, xom-ashyo va materiallarni, yoqilg‘i va energiyani tabiiy boyliklardan foydalanishi bo‘yicha xarajatlari, ish haqini, jihozlarni saqlash va ulardan foydalanish xarajatlarini, noishlab chiqarish xarajatlari va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchidan, tadbirkorning xarajatlari ishlab chiqarish hajmiPa bog‘ liqligiga qarab shartli-doimiy va shartli-o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘1inadi. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi bilan deyarli o‘zgarmaydigan xarajatlar shartli doimiy, xarajatlar deyiladi. Ularga binolami saqlash, xizmat safarlari xarajatlari. teief=- va aloqa xarajatlari, ijara xarajatlari, ishlab chiqarish bilan band bo‘lmagan ishchilarga to‘langan ish haqi va boshqalar kiradi. Ishlab chiqarish hajmi oshganda shartli doimiy xarajatlar miqdori deyarli o‘zgarmaydi, natijada ularning darajasi, ya’ni o‘rtacha b'r so‘mlik tovarga to‘g‘ri keladigan xarajatlar pasayadi. I-' !ab chiqarish hajmi kamayganda buning aksi yuz beradi. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga mos ravishda o‘zgaruvchan xarajatlar deyiladi. Ularga xom-ashyo va material, yoqilgi va energiya, ishlab chiqarish bilan band ishchllarga to‘lanadigan ish haqi, kreditlar uchun to‘lanadigan foizlar, transport xarajatlari va boshqalar kiradi. Tadbirkorlik faoliyatini yuritishdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad foyda olishdir. Binobarin foyda tadbirkorlik faoliyatining yakuniy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Tadbirkorlar foydani ko‘paytirishga intiladi. Tijorat tadbirkorlari daromadining asosiy qismi tovarlarning sotib olish va sotish urtasidagi fark hisobidan yuzaga keladi. flozirgi paytda nafaqat tovarlar, balki xom-ashyo, materiallar va jihozlar ham savdo korxonalari tomonidan erkin ayirbosh- lanmoqda. Bulardan tashqari daromadlar quyidagi manbalardan yuzaga keladi: hamkorlikda tashkil etilgan korxonalardan tushadigan daromadlar; aksiyalardan olinadigan dvidendlar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlardan tushgan foyda; depozitlar bo‘yicha bank foizlari; ijaraga berilgan mulk uchun ijara haqi; hamkorlikdan shartnoma shartlarini to‘liq bajarmaganligi uchun undirilgan jarimalar, tovar yetkazib berish muddatini kechiktirgani uchun undirilgan jarima, shartnomani bajargani uchun undirilgan qoplamalar (neustoykalar) yig‘indisi. Yalpi daromad korxonaning tovar sotishdan tushgan tushumidir. Tadbirkorning balans foydasiga korxona faoliyatining barcha sohalaridan tushgan foyda bo‘lib, quyidagilami o‘z ichiga oladi: tovar-moddiy boyliklarni sotish, tovar ishlab chiqarish, x'zmat ko‘rsatishdan tushgan foyda, ya’ni sotilgan tovarlar qiymatidan uni sotib olishda va sotishga sarflangan mablag‘lami ayirib tashlagach qolgan qismi; undirib olingan jarimalarning to‘langan jarimalardan ortiq qismi. Balans foydadan to‘lanadigan soliqlardan olingan ssudalar uchun foizdan va nobudjet fondlariga turli to‘lov1ardan qolgan qismi sof foydadir. Sof foyda korxonaning xohishi bilan quyidagi to‘rtta yo‘na1ishga sarflanishi mumkin. Aksiyalar bo‘yicha dividendlar, obligatsiyalar bo‘yicha foizlar va MCHJ larda a’zolik badallari uchun foizlar to‘lashga. Ishlab chiqarishni rivojlantirish fondini yuzaga keltirishga. IJshbu fondni shakllantirish tartibi va ajratmalar me’yori korxona nizomida ko‘rsatilishi shart. Ishlab chiqarishni rivojlantirish fondini shakllantirish manbalariga sof foyda va asosiy vositalar hamda nomaterial aktivlar eskirishiga sarflangan mablag‘lar kiradi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi asosan quyidagi maqsadlarga sarflanadi: a) asosiy aktivlarni yangilash va kengay- tirish; b) nomaterial aktivlarni - patentlarni, litsenziyalarni va boshqalami sotib olish; v) korxonaning aylanma aktivlarini ko‘paytirish; g) ilmiy tekshirish va tajriba konstruktorlik ishlarini tashkil etish; d) ishlab chiqarishga yangiliklarni joriy etish; ye) marketing izlanishlarini tashkil etish. Ijtimoiy taraqqiyot fondini vujudga keltirish. U qupdagi maqsadlarga sartlanadi : uy-joy qurishga; ijtimoiy-maishiy obycktlarini qurishga; ijtimoiy-maishiy muassasalami moliyaviy ta’minlashga; oshxonalarga dotasiya berishga; dori-darmonlar sotib olishga; ishchi-xizmatchilarning o‘qishi, uy-joy qurilishi va yosn oilalari xo‘jaligini tiklab olishi5a pul mab1ag‘larini ajratishga; narx oshishi tufayli yuzaga kelgan qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun kompensasiya to‘1ash. Rezerv fondini vujudga keltirishga sarflanadi. Ushbu fond: xomashyo, energiya va materillar narxining kutilmaganda oshib ketishi tufayli yuzaga keladigan qo‘shimcha xarajatlarni qoplash; ish tashlashlar, valyuta kursining o‘zgarishi, tabiiy ofatlar natijasida yuzaga kelgan ziyonlami qoplash va boshqa maqsadlarga sarflanishi mumkin. Korxona rentabelligini oshirishning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilar kiradi: I. Mahsulot tannarxini pasaytirish. II. Ishlab chiqarish va sotish tartibini takomillashtirish. III. Ishlatilmayotgan yoki kam samarali aktivlami sotish. Foyda va zararlarning hisobi quyidagi ma'liimotlarni c‘ ichiga oladi: Sotilgan tovarlar, ko‘rsati1gan xizmatlar, bajarilayotgai. ishlar hajmi. Sotilgan mahsulotlar tannarxi, shu jumladan:a) bevosit: material sarfi; b) bevosita mehnatga haq to‘lash xarajatlari ; to‘p1anma xarajatlari. Yalpi daromad. Asosiy vositalar va nomaterial aktivlarning eskirish xarajat- lari. Mahsulotni sotish va umumboshqaruv faolivati bilan bog‘liq xarajatlar. Asosiy faoliyatdan tushgan foyda (3-4-5). Dividentlar va berilgan qarzlar uchun olingan haq. Olingan qarzlar uchun to‘langan hak. Soliq tortiladigan foyda (6-7-8) Daromadlarga olingan soliqlar. Ko‘zda tutilmagan ziyonlar. 1 2. Sof, balans foyda (9-10-1 l) Xarajat va natijalariga nisbatan korxonani samarali ishini ko‘rib chiqib, xarajatlarni baholash va ikkinchidan, tashqi muhitida bo‘layotgan o‘zgarishlami hisobga olish zarur. Bundan kelib chikib, oxirgi natijalarga ikkita sharoit ta’sir qiladi: Ichki tashkiliy-iqtisodiy omillar. Tashki yoki bozor sharoitlari. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ichki omillar tadbirkorning o‘z faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, unga mehnat unumdorligini o‘zgarishi, ishlab chiqarishni tashkil etish usullari, texnik ma’lumotnomasi va boshqalar kiradi. Tashqi sharoitlar esa tadbiTkorlarga bog‘liq bo‘lmagan omillarni o‘z ichiga oladi. Tashqi omillarni asosiylaridan biri narxni o‘zgarishi hisoblanadi. Bir tomondan korxona mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalanadigan resurslar (ish kuchi, xomashyo, materiallar, yoqilgi, energiya va hokazolar) narxini, boshqa tomondan esa bozordagi talab va taklifni nisbatan o‘zgarishi mumkin bo' lgan tayyorlanayotgan mahsulot narxini o‘zgarishiga olib keladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling