Aloqalarini va o‘zaro bog‘liq1igini ilmiy o‘rganishdir
Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining
Download 0.86 Mb.
|
Kichik biznes va tadbirkorlik. Umurzakov U.P 194-254
Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining asosiy
moliyaviy hisobotlari va buxgalteriya balansi 13 96-yil 30-avgust bozor munosabatlariga moslangan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Vaziriar Mahkamasining 1994-yi1 26-martda qabul qilingan qaroriga binoan korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi tasdiqlandi va foydalanishga kiritildi. Yangi schyotlar rejasi buxgalteriya hisobining uslubi Respublika buxgalteriya hisobining milliy andozalariga asoslangan bo‘lib, u buxgalteriya hisobi xalqaro andozalarining jahon tamoyillariga moslangan. Respublikada buxgalteriya hisobining milliy andozalari ishlab chiqildi va qabul qilindi. Bu andozalar tarkibidagi moliyaviy tahlilga bevosita taalluqli bo‘)gan andozalar quyidagilardir: I . Hisob siyosati va moliyaviy hisobot. Asosiy faoliyatdan daromadlar. Moliyaviy yakunlar to‘g‘risida hisobot. Birlashtirilgan moliyaviy hisobotlar va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlarining investitsiyalari hisobi. Put oqimlari to‘g‘risida hisobot. Davlat subsidiyalarining hisobi va davlat yordaniini yoritish. 2(19
Moliyaviy investitsiyalar hisobi. Har bir aksiyaga to‘g‘ri keluvchi foydaning hisob-kitobi. Qo‘shma faoliyatdagi qatnashuv salmog‘ining moliyaviy hisobotda ifodalanishi. Buxgalteriya balansi. Buxgalteriya hisobini takomilJashtirishga bag‘ishlangan bu tadbirlar moliyaviy tahlilning ma’lumot1ar bazasini boyitadi, bu ma’lumot1ardan foydalanishni, moliyaviy tahlil o‘tkazishni yengillashtiradi. Respublikada moliyaviy hisob va hisobot bo‘yicha bir qancha ishlar qilingan, lekin qilingan ishlar hali xalqaro andozalarga javob bermaydi. Boshqarma hisobi va hisoboti bo‘yicha esa hali hech narsa qilingani yo‘q desak ham bo‘1adi. Qabul qilingan schyotlar rejasi, milliy schyotlar tizimiga moslangan emas. Respublikada qabul qilingan balans-nettoga takomillashtirilgan, balans tuzilishiga o‘tishimizga qaramasdan, balansimizning aktiv tomonida ko‘rsatiladigan ma’1umotlar korxona mol-mulklarining haqiqiy holatini ifodalamaydi. Chunki balansda asosiy va aylanma mablag‘lar sotib olingan narxlarda, ya’ni inflyatsiya natijalari e’tiborga olinmasdan, ularning qiymati indeksatsiya qilinmasdan ko‘rsati1adi. Undan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari tarkibida uzoq saqlangan, keragi bo‘lmagan xomashyo va materiallar, konservatsiya qilingan, tugallanmagan ishlab chiqarish, iste mol- chi talablariga javob bermaydigan, korxona omborida to‘planib qolgan tayyor mahsulotlar va boshqa korxonalaming mol-mulkini ifodalashga taalluqli bo'lmagan narsalar ko‘rsatilishi mumkin. Bu kamchiliklami bartaraf etish kelgusida balans tuzilmasini yanada takomillashtirish hamda moliyaviy tahlilni samarali o‘tkazish imkoniyatini beradi. «Balans» so‘zi lis-ikki marta va lanx-torozi pallalari so‘z1aridan kelib chiqib, mazmunan barobarlikni, teng qiymatlikni ilodalaydi. Balans usuli xalq xo‘jaligining har xil tarmoq va sohalarida keng va har xil maqsadda foydalaniladi. Buxgalgeriya hisobida balans ikki maqsadda foydalaniladi: korxona mablag‘1arini va ulam' qoplovchi manbalanii hamda 210 buxgalteriya schyotlarining debet va kreditda ifodalangan ko‘rsatkichlari tengligini ko‘rsatish; buxgalteriya hisoboti shaklida korxona mablag‘ larini aniq bir vaqtda pul sifatida ko‘rsatish. Balans buxgalteriya hisobotining eng asosiy shakli bo‘lib qolgan buxgalteriya moliyaviy hisobotlar balans ko‘rsatkich1arini boyitadi va moliyaviy holatning alohida yo‘na1ishlarini ifodalaydi. Balans buxgalteriya ma’lumotlariga asoslanadi. Buxgalteriya ma’lumotlari debetlik, kreditlik aylanmalarda, aktiv va passim schyotlarda o‘z ifodasini topadi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling