Alpomish dostoni
Download 0.65 Mb.
|
ALPOMISH DOSTONI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islom KARIMOV
- REFERAT Mavzu: Alpomish dostoni Bajardi: ______________________
ALPOMISH DOSTONI Xalq og’zaki ijodi durdonalari go’yo buloqqa o’xshaydi. Ajdodlarimizning milliy-ma’naviy merosi asrlar osha yashab kelmoqda. O’zbekning ori, tantiligi, g’ururi, yurtga muqabbati va ulug’ dardini o’zida aks ettirgan ”Alpomish” qahramonlik dostonining Surxoi vohasida yaratilgan nusxasi sayqallangan va to’ldirilgan holda kitobxonlarga taqdim etilmoqda. Murod bitta — dostonni kitob holida o’qishni istaganlarni mamnun etish! Aminmizki, bu ulug’ doston mutolaasi, undan bahramandlik bizni xalqimizning teran ildizlariga tutashtiradi, yosh avlod ko’ksini osmon qadar ulg’aytiradi, yurakda yurtga sadoqat tuyg’urini kamol toptiradi. Xalqimizning yengilmas bahodiri — Alpomish timsolida biz Vatanimizni yomon ko’zlardan, balo, qazolardan asrashga qodir, kerak bo’lsa bu yo’lda jonini ham fido qilishga tayyor bo’lgan azamat o’g’lonlarimiz — bugungi alpomishlarning ma’naviy qiyofasini ko’ramiz. Ishonamizki, har bir avlod mana shu qaqramonlik dostonini asrab- avaylab kelgusi avlodlarga yetkazadi. Bu qahramonlik eposini kuylab, uni qalbiga, shuuriga jo qilgan millatni esa qech qanday kuch yenga olmaydi. Islom KARIMOV Tarixi necha-necha ming yillarga borib taqaluvchi Surxon vohasi mustaqillik tufayli haqiqiy chamanzorga, mislsiz obod maskanga aylandi. Hunarmandchilikning, xalq amaliy san’ati va og’zaki ijodining beqiyos namunalari yaratilgan voha sifatida jahonga tanildi. Bir so’z bilan aytganda, Surxondaryo ilm-fan rivojlangan, yuksak madaniyat shakllangan, milliy qadriyatlar bor go’zalligini namoyon etuvchi makon sifatida dunyoga bo’y ko’rsatdi. Chunki qisqa fursatlarda ko’rkam me’moriy obidalar yonida salobatli zamonaviy inshootlar, ma’muriy-madaniy imoratlar qad rostladi. Odamlarning yashash va mehnat qilish sharoitlari tubdan yaxshilandi. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida ishlab chiqarish sur’ati oshib, sifat har jihatdan yaxshilandi. Kundalik turmushimizga ilg’or texnologiyalarning dadil kirib kelganligi, barcha sohaparni modernizatsiyalashga alohida ahamiyat qaratilayotganligi ana shunday muvaffaqiyatlar garovi bo’ldi. Ayni paytda milliy qadriyatlarni, asriy an’analarni yangicha ruh bilan qayta tiklab, hayotga qaytarish ishlari muhim tarbiyaviy omil qilib olindi. Shu maqsadda xalq og’zaki ijodining eng yorqin hamda noyob, sermazmun namunalari, milliy fol`klorning asl durdonalari qayta yaraqlab, odamlar qalbini nurafshon eta boshladi. Ana shunday an’anaviy qadriyatlar orasida Surxon baxshichilik maktabi mahsuli bo’lmish ko’plab dostonlar ham bor. Ayniqsa, vatanparvarlik va mardlikni, jasurlik hamda jasoratni, tug’ilgan yurtga sadoqat tuyg’ularini tarannum etuvchi “Alpomish” dostoni milliy o’zlikni tiklash borasida olib borilayotgan ma’naviy-tarbiyaviy ishlarda ulug’ ahamiyat kasb etdi. Haqiqatan ham xalqning zukko dahosi bilan yaratilib, millatning ezgu orzu umidlarini, armonlarini, intilishlarini, jasorati va mardligini tom ma’noda o’zida mujassam etgan “Alpomish” dostoni bugungi avlodni vatanparvarlik, millatga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim vositalardan biri bo’lmokda. Chunki bu dostonda kuylangan xalq qahramoni timsoli yoshlar qalbiga ilhombaxsh nur taratmokda. Ularning ma’naviyatini boyitishda ibrat namunasi bo’lib xizmat qilmokda. Mamnuniyat bilan qayd etish kerakki, “Alpomish” dostonini xalqaro YUNESKO tashkiloti jahon ma’naviy mulki sifatida tan oldi. Prezidentimiz tashabbuslari bilan ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega ushbu doston yaratilganligining 1000 yilligi mamlakatimiz miqyosida keng nishonlandi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori e’lon qilindi. Shu munosabat bilan janub gavhari hisoblangan Termiz shahrida bo’lib o’tgan tantanali tadbirda tadbirda muhtaram Yurtboshimizning ishtirok etganligi qalblarga zo’r iftixor baxsh etdi. Eng muhimi esa, ana shu yubiley munosabati bilan “Alpomish” dostoni to’la nusxada, ya’ni akademik nashr sifatida chop etildi. Shu bilan birga, xalq og’zaki ijodining bu betakror namunasi xorijiy tillarga o’girish ishlari boshlandi. Prezidentimizning har birimizga ibrat bo’ladigan ajoyib fikrlari bor. Yurtboshimiz shunday deydilar: “Tabiiyki, barcha ezgu niyatlarimizning markazida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog’lom qilib o’stirish, ularning baxtu saodati. farovon kelajagini ko’rish, dunyoda hech kimdan kam bo’lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi”. Mamlakatimiz rahbari aytgan bu so’zlar zamirida juda chuqur ma’no mujassam. Zero, biz milliy qadriyatlarimizni, demak, o’ziga xos an’analarimizni, betakror urf-odatlarimizni, beqiyos udumlarimizni tiklamay, ularda aks etgan ma’no-mazmunni yoshlar ongiga yetkazmay turib, ma’naviyatni shakllantira olmaymiz. Inson ma’naviyati esa milliy qadriyatlarga samimiy hurmat uyg’otilgandagina, ijobiy samarasini beradi. Shu ma’noda olib qaraganda, xalqona ohanglarda yaratilgan “Alpomish” dostoni nafaqat o’zbek xalqining, umuminsoniy qadriyatlarni ham baralla tarannum etuvchi og’zaki ijod munasidir. Bu doston asrlar sinovidan o’tib kelayotganligining qanchadan-qancha davr va zamonlar osha odamlarga kuchli ruhiy madad ham ma’naviy mador bag’ishlab kelayotganligining sababi ham shunda. Eslatmoq o’rinliki, bu doston bir paytlar deyarli unutilayozgan edi. Faqatgina to’ylarda taniqli baxshilar tomonidan kuylanardi. Endilikda esa, u turl variantlarda yozib olinib, ko’p nusxalarda kitob holida qayta-qayta nashr etildi. Shu doston asosida badiiy fil`mlar, sahna asarlari yaratildi. Shu tariqa, bu paytga qadar ma’lum bir doiralardagina do’mbira jo’rligida kuylanib kelingan “Appomish” dostoni, chin ma’noda ommalashib ketdi. Olimlarning e’tirof etishicha, hozirgi kunda ushbu dostonnin qirqdan ortiq varianti mavjud. Quvonarlisi shundaki, “Alpomish” dostonini mamlakatimizning turli hududlarida yashagan mashhur baxshilar bir umr kuylab o’tganlar. Izlaridan yetishib kelayotgan shogirddariga ham o’rgatganlar va shu yo’l bilan dostonning umrboqiyligini ta’minlaganlar. Bir so’z bilan aytganda, avlodlardan — avlodlarga beminnat yetkazganlar. Fol`klorshunos olimlarning ta’kidlashicha, “Alpomish” dostoni chinakam xalq poeziyasining, xalq og’zaki poetik ijodining yorqin va mukammal namunasidir. Vatanparvarlik, xalqparvarlik, sof insoniy fazilatlar, pokiza muhabbat tuyg’ulari birdek ehtiros bilan kuylanadigan bu dostonni yozib olish ishlari o’tgan XX — asrning o’ttizinchi yillarida boshlangan. Dostonni 1939 yilda yurtimizning taniqli shoiri, bahor va muhabbat kuychisi Hamid Olimjon ilk bor yozib olganligi fikrimizni tasdiqlaydi. O’z davri uchun shoir H. Olimjon yozib olgan variant eng mukammal hisoblangan. Shundan keyin ham qator fol`klorshunoslar “Alpomish» dostonining turli variant va versiyalarini qog’ozga tushirganlar. Lekin xalq og’zaki ijodining bu ajoyib namunasini yanada mukammallashgan, sayqallangan, ayni paytda, avval kuylangan variantlariga mos shaklini ko’p yillardan buyon Surxondaryo baxshilari dostonchilik maktabining o’ziga xosliklarini o’rganib kelayotgan kamina, ushbu satrlar sohibi O’zbekiston xalq baxshisi Xo’shboq baxshi Mardonaqul o’g’lidan to’liq holda yozib olishga muvaffaq bo’ldim. Dostonning bu varianti har jihatdan puxtaligi, voqea kechadigan joylarning aniqligi, tasvirning hayotiy va tilining shiradorligi, Surxon vohasi odamlariga xos fe’l-atvorning, urf-odatlarning to’g’ri ta’riflanganligi bilan ajralib turadi. Muhtaram Yurtboshimiz Islom Abdug’anievich Karimov bundan bir necha yil avval, ya’ni 2009 yilning 25 avgustida Termiz davlat universiteti yangi binosining ochilishi marosimida qatnashish uchun vohamizga tashrif buyurgan edilar. Ana shu tashrif chog’ida yoshlar bilan uchrashib, ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor qaratgan edilar. Yoshlar bilan muloqotga kirishar ekan, Prezidentimiz viloyatimizning tarixi va bugungi kuni hamda ertasi to’g’risida so’zlab, “Surxondaryo — etnografik makon” degan ta’rifni aytib o’tgandilar. Shu bilan birga bu go’zal vohaning o’ziga xos qadriyatlari, urf-odatlari, an’analari boshqa hududlardan farq qilishini ta’kidlagandilar. Keyingi yillar ichida Yurtboshimiz takliflaridan kelib chiqib vohamiz etnografiyasi, xapq og’zaki ijodi, hunarmandchiligi, amaliy san’ati namunalarini yanada chuqurroq o’rganish, targ’ib qilish borasida talaygina samarali tadbirlar amalga oshirildi. Bu kabi muhim tarbiyaviy ahamiyatga molik ishlar, ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar hamon izchillik bilan davom ettirilmokda. “Alpomish” dostonining yanada takomillashgan variantining yozib olinishi, viloyatimizda xalq og’zaki ijodini, xususan dostonchilikni, har jihatdan teranroq o’rganish borasida qilinayotgan ibratli ishlarning biridir. Tabiiyki, bunday izlanishlar o’zining sezilarli natijalarini bermokda. Yaqinda viloyatimizda nashr etiladigan “Surxon yoshlari” gazetasida e’lon qilingan xabarga ko’ra, endilikda bizning vohamizda kelinlar sepiga “Alpomish” dostonini ham qo’shish urf bo’la boshladi. Bu milliy qadriyatlarimizni tiklash, yoshlar ma’naviy olamini boyitishda milliy dostonlarimizdan foydalanishning eng yorqin namunalaridan biridir. Muhtaram Yurtboshimiz I. Karimovning iboralari bilan aytganda, ”Alpomish” — qahramonlik qo’shig’idir. Bu qo’shiq kelajak avlodlarimizning tillarida ham doston bo’lg’usidir. REFERAT Mavzu: Alpomish dostoni Bajardi: ______________________ Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling