Alpomish" va "Goro’g’lining tug’ilishi" dostonlari asosida qahramonlarning xususiyatlarini yoritib bering


Download 32.88 Kb.
Sana28.05.2020
Hajmi32.88 Kb.
#111051
Bog'liq
qahramonlik.


«Alpomish” va “Goro’g’lining tug’ilishi” dostonlari asosida qahramonlarning xususiyatlarini yoritib bering.

Doston “Burungi o’tgan zamonda, o’n olti urug’ qo’ng’irot elida Dodonbiy degan o’tdi. Dodonbiydan Alpinbiy degan o’g’il farzand paydo bo’ldi. Alpinbiydan tag’I ikki o’g’il paydo bo’ldi: kattakonining otini Boybo’ri qo’ydi, kichkinasining otini Boysari – ikkovi katta bo’ldi. Boysari boy edi, Boybo’ri shoy edi, bul ikkovi ham farzandsiz bo’ldi”, degan axborot xarakteridagi an’anaviy zachin bilan kamsitilishi, ularning farzand tilab, avliyo-anbiyolarga sig’inishlari, bolalarning ajoyib-g’aroyib holatlarda tyg’ilishi hamda ularning chaqaloqligida nikohlanishi, Hakimbekning birinchi bor pahlavonlik ko’rsatishi va Alpomish atalishi, Boysarining Boybo’ridan arazlab Qalmoq yurtiga ko’chishi, Alpomishning o’ziga belgilangan jangovor ot- Boychiborga erishishi, Barchin xabari va singlisi Qaldirg’ochoyimning davati bilan Qalmoq yurtiga safarga oylanishi hamda Qorajon bilan do’st tutinishi, raqiblari- qalmoq alplari bilan yonma-yo turib, Barchin shartlarini bajarishi va yorini olib o’z eliga qaytishi, qaynatasi Boysarini qutqarish uchun ikkinchi marta safar qilganda, yeti yil tutqunda qolishi, oti Boychibor yordamida asirlikdan qutilib, xotini Barchinning zo’ravon Ultontoz bilan to’yi ustida kelishi hamda raqibini yengib, o’z hokimiyatini o’rnatishi voqealari turli-tuman badiiy lavhalar, asar personajlarining o’zaro munosabatlari, ularning turfa xil vaziyatlardagi ruhiy holatlarinig poetic ifodalari orqali go’zal bir tarzda tasvirlangan.

Dostonchi alplaning beso’naqay, ayni paytda zabardast qiyofalarini tasvirlash orqali, bir tomondan ularning Barchinga loyiq emaliklarini ta’kidlasa, ikkinchidan, shunday dahshatli raqiblar qarshiligini sindiraolgan Alpomish va Qorajonning kuch- qudratda ulardan ustunligini aqqol ko’rsatgan. Buday mubolag’aviy uslub butun doston bo’ylab o’tadi. U doston xarakteridan, unda kuylangan voqealar ko’lamidan kelib chiqqandir. Bunday tasvir maromi changallasa tog’ni talqon qilaoladigan, “kallasi kapaday, tanasi tepaday”, qalmoq alplaridan ustun turgan Alpomish va Barchinlarning azamatligini har tomonlama sifatlab berishga qo’l kelgan.

Alpomishning yori Barchin, singlisi Qaldirg’och, ota-onasi, qaynotasi bilan munosabatlarida, qadrdoni va tarbiyachisi, mashhur yilqibon Qultoy bilan ota-bola, qalmoq alpi Qorajon va cho’pon Kayqubod bilan do’st tutinishi tasvirlarida uning chin insoniy sifatlari ochilib boradi. Jumladan, Alpomishning Qorajon bilan birinchi marta uchrashuvida ular o’rtasida achchiq aytishuvlar – xiyla qadimiy, shuningdek chorvadorlik hayot tarsi ifodasi uchun bag’oyat xarakterli bo’lgan, xalq poeziyasida ko’p qo’llanadigan ko’chma ma’nodagi jumboqli ramziy iboralar ishlatilgan savol- javoblar bo’lib o’tadi. Bu dialoglarda notanish pahlavonlar uchrashuviga xos bo’lgan doq-po’pisa, bir-biriga dahshat solish, bir-birini qo’rqitishga urininish kabi holatlar yorqin tasvirlangan.

-Ko’kqamish ko’lidan suqusur uchirdim,

Suqsurni izlagan Lochin bo’laman.

Bog’larim zumratdan changalim po’lat,

Boysindan quyilgan shunqor bo’laman.

-Uchirgan suqsuring Oyko’l qo’nibdi,

To’qson g’ajir o’rtaga olib turibdi,

Yosh o’g’lonsan, bekor halak bo’lasan,

G’ajirlar ilojin qanday qilasan?

Lof urib sen ham menga qarading,

Moyacham deb songra mendan so’rading…

qahramonlik shartlarida Barchin bevosita bo’lmasa ham bilvosita ishtirok etadi. U kurashda Ko’kaldoshi yiqitisgd qiynalgan Alpomishni mardliklarga undaydi. Uning qurhayt deb qichqirganini eshitgan Boychibor marraga birinchi bo’lib yetib keladi.

Xulosa o’rnida shuni ytish mumkinki “Alpomish” dostoni odamlarni-idealdagi va tabiiy insonni ko’klarga ko’tarib mqtovchi, g’oyatda, “insoniylashgan” ulkan eposdir. Undagi onda-sonda uchrab turadigan oz miqdordagi mifalogik qatlam esa, qadimgi turmush tarzining badiiylashtirilgan va ideallashtirilgan ko’rinishlaridir, xolos. Dostonning jahon xalqlari epic ijodiyotidagi ayricha o’rni ham ana shu bilan belgilanadi.

Go’ro’g’li dostonida ham xuddi shu kabi qahramonliklar juda ko’p va ularni sanab sanog’iga yetib bo’lmaydi. Masalan birgina goro’glining Xizr bobo bilan o’z otini olish uchun qilgan jahongirligi tahsinga sazavordir.

Go’ro’g’lini sinab ko’rmoq uchun Xizrr bobo:

-ey, qanday odan bo’lasan? Mening xonazot oyimni ni aga bo’ynidan ushlaysan? dedi. Go’ro’g’li aytdi:

-ho, yana gapirding-a, mening yolg’iz yetim toyimni o’g’irlab olib kelasizmi? Saqolingiz oqarganda, oyog’ingiz go’r labiga borganda, tishingiz tushganda, yoshingiz oltmishdan oshganda, shuncha boylarnng ichida mening yolg’iz yetim toyimni ko’rdingizmi? Sizdan shu ishlar epmi?

Shunda Xizr:


  • Senga bi gap bo’lgan ekan. Bu mening o’z xonazotim, buning bo’ynidan ushlab, tanidim deb turganing ayb-da,-dedi.

Go’ro’g’li aytdi:

  • Osmon kelib yerga tarmashmog’I darkor, sizday qartaygan odam birovning xonazotini meniki, deysiz. Shu toy meniki ekanligiga guvohim bor. Olti oyik bo’lganida mana bu yeridan it tishlagan edi. Mana dog’I turipti,- dedi. Xizr :

  • Sen o’larmonga o’xshaysan, men qirq tanga dessam, sen bir yuz ellik tanga deysan. Bir qirdan oshgandan keyin o’larmonlik qilib bermay ketasan, - deb toyni Go’ro’g’liga bergan joyida qo’y-e deb bir silkinib qo’lidan tortib oldi. go’ro’g’libek aytdi:

  • Xayr, bobo juda ham goj ekansiz. Esa sizning aytgan pulingizni topganda berib olayin, bahosini ayting.

Bobosi:

  • Qirq tanga dedim, qirq tanga ,- dedi. Go’ro’g’libek:

  • Topganda berarga o’ttiz besh tanga berayin , dedi.

Bobosi:

  • Xayr, yana qaytib ketmagin, - deb Go’ro’g’li otni o’ttiz behs tanga nasiya pulga sotdi. Shunda Go’ro’g’li, «O’zim Go’ro’g’libek, urug’im Turkman bo’lib o’z otimni o’zim sotib olguncha, shu cholning oyog’I ostida o’la qlganim yaxshi”, deb bobosiga qarab, bir so’z dedi:

Bizlarni aytadi shoir- baxshi,

Qarang, mening betim gullarning naqsh,

O’z otimni men baholab oglandan

Shuytib tirik yurgandan o’lgan yaxshi.



Nihoyta Xizr o’zini tanitib shu vatgacha unga yordam berganini aytadi va unga alplik sirlarini o’rgatadi. o’zining g’origa Go’ro’g’lini olib borib, unga ot o’ziniki ekanligini isbotlashni buyuradi. Go’ro’g’li buni uddalaydi va G’irotini o’ziniki ekanligini iisbotlaydi.

Go’ro’g’li mard, jasur, pahlavon yigit. Uning mardliklariga doston davomida juda ko’p duch kelamiz.
Download 32.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling