Aluminiy va uning xossalari
Download 25.12 Kb.
|
KT 209 22 guruh talabasi Tursunov Aminjonning kimyo fanidan mustaqil
Kimyoviy xossalari. Aluminiy atom uning tashqi energetikpog’onasida uchta elektron bor, u kimyoviy reaksiyalarda shu elektronlarini beradi. O ‘zining hamma barqaror birikmalarida aluminiyning oksidlanish darajasi +3 bo’ladi. U kuchli qaytaruvchi hisoblanadi. Aluminiy odatdagi temperaturadayoq kislorod bilan oson birikadi. Bunda uning sirti oksid parda Al2O3 bilan qoplanadi, bu parda metallni keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Oksid pardaning qalinligi 0,00001 mm bo'ladi. U puxta, qattiq va elastik, cho'zilganda, siqilganda, buralganda ham uzilm aydi, elektr tokini o'tkazadi, 2050°C da suyuqlanadi, aluminiy esa 660°C da suyuqlanadi. Oksid parda tufayli aluminiy sirti xira bo'ladi. Shu parda borligi uchun aluminiy namlik va havo ta’sirida yemirilmaydi(korroziyalanmaydi). Agar oksid parda buzilsa (masalan, aluminiy sirtini jilvir kukun bilan ishqalab yoki uni ozroq vaqt ishqorning qaynoq eritmasiga botirib qo'yib), u holda aluminiy suv bilan reaksiyaga kirishadi:
2A1 + 6H20 = 2A1(0H)3 + 3H2 T Odatdagi temperaturada alum iniy konsentrlangan va juda suyultirilgan nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishmaydi (himoya oksid pardasi hosil bo'lishi natijasida), shu sababli HN03 aluminiy idishda saqlanadi va tashiladi. Lekin u xlorid va sulfat kislotalarda eriydi: 2A1 + 6H + =2A13+ + 3 H 2 T Ko'pchilik metallardan farq qilib, aluminiyga ishqorlarning eritmalari juda kuchli ta’sir etadi. Masalan: 2Al+2NaOH+10H2O=2Na[Al(OH)4H2O)2]+3H2 yoki ionli ko'rinishda: 2A1 + 2 0 H “ + 10H2O = 2[Al(OH)4(H 2O)2r +3H 2 T Shuning uchun aluminiy idishda ishqoriy eritmalarni saqlab bo'lmaydi. Kimyogar A. I. Gorbovning taklifiga ko'ra rus-yapon urushida alum iniyni ishqor bilan reaksiyaga kiritib, aerostatlar uchun vodorod olingan va bu boshlang'ich moddalarni tashishning osonligi bilan bog'liq edi.Qizdirilganda aluminiy galogenlar bilan, yuqori temperaturada esa — oltingugurt, azot va ko'mir bilan reaksiyaga kirishadi: 2A1+3C1=2A1C13 2A1+N=2A1N 2A1+3S=A1 S 4A1+3C=A1 Download 25.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling