Alyuminiy gidroksidini olinishi va xossalari


Download 1.08 Mb.
bet1/4
Sana30.01.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1141003
  1   2   3   4
Bog'liq
Otaboyev D

Alyuminiy gidroksidini olinishi va xossalari.


Bajardi :Otaboyev.D
Tekshirdi:YusupovB

Mavzu:'Alyuminiy gidrooksidining olinishi va xossalar


REJA:
I.KIRISH.
D.I.Mendeleyev davriy sistemasining III-guruh asosiy guruhcha elementlarining umumiy xossalari.
II.ASOSIY QISM.
1.Alyuminiyning olinishi va xossalari.
2.Alyuminiy birikmalari.
3.Alyuminiy gidroksidning olinishi va xossalari.
III.XULOSA
Alyuminiy birikmalarining ishlatilishi.
D.I.Mendeleyev davriy sistemasining III guruhning asosiy guruhcha elementlarining umumiy xossalari.
Davriy sistemaning uchinchi
gruppasi bosh va yonaki
gruppachalardan tashkil topgan. Bosh gruppachani tipik elementlar(Bor B,Alyuminiy Al,Galliy Ga) Galliy gruppachasi elementlari (Galliy Ga Indiy In,TalliyTl) va yonaki gruppacha –Skandiy gruppachasi (yani skandiy,Ittiriy,Lantan va aktiniy)tashkil etadi.Lantanoid (seriy gruppasi) va aktinoidlar (toriy gruppachasi) ham uchinchi gruppachaga joylashgan.Xammasi bo’lib bu gruppada 37 element bor.Ularning 36 tasi metall va faqat bittasi, Bor-metallmas.U yarimo’tkazgichlar qatoriga kiradi.
lll A gruppachadagi elementlarning oksidlanish darajasi +3ga teng,faqat Talliyning +1 va +3 bo’ladi. Davriy sistemaning birinchi gruppachasidan uchinchi gruppachasiga o’tgan sari gidrooksidlarni asoslik xossalari susayib boradi.LiOH-kuchli asos.Be(OH)2-amfoter birikma,Be(OH)3-esa kislota xossalarini nomoyon qiladi.Al3+ dan Tl3+ o’tgan sari ion radiuslari kattalashadi,shu sababli
Al(OH)3-Ga(OH)3-In(OH)3-Tl(OH)3-qatorida
chapdan o’nga o’tgan sayin gidroksidlarning
asoslik hossalari kuchayib boradi.
Lekin bu xossaning kuchayishi nihoyatd sustlik bilan sodir bo’ladi
.Chunonchi,Al(OH)3-amfoter modda,Ga(OH)3-ham amfoter, In(OH)3da asos xossasi ozgina ustunroq bo’ladi,lekin baribir u ham amfoter modda.Tl(OH)3da amfotrlik xossasi nihoyatda kuchsiz ifodalangan.IIIA gruppachadagi elementlarning bunday xossalarga ega bo’lishi ularning atom va ionlari tuzilishiga bog’liq;B, Al, Ga, In, Tl atomlarning sirtqi elektron pog’ona tuzilishi bir-birinikiga o’xshaydi;
.
Xammasida ham s2p1-elektronlar bor.B3+ Al3+ ionlarining tuzilishi nodir gaz atomlarini tuzilishiga o’xshaydi.Bu ikkala ionning sirtqi pog’onasida sakkiztadan elektron bor,lekin Ga3+ In3+ va Tl3+ ionlarining sirtqi pag’onasida 18tadan elekton bor.Bu 18 elektronning 10 tasi d-elektron, 6 tasi p-elektron 2tasi s-elektronlardir.
Shuning uchun ion radiuslarining kattalashuvi Al3+dan keyin juda ham sustlashadi;E(OH)3 birikmalarining asoslarining sust o’sib borishiga ham sabab ana shunda.Bu o’rinda ham huddi IIgruppadagi kabi “dioganal” o’xshashlik nomoyon bo’ladi; Al(OH)3 ning hossalari Be(OH)2nikiga o’xshaydi;undan t ashqari; B bilan Si orasida ham dioganal o’xshashlik bor.

Yana shuni aytish kerakki,uchinchi gruppa bosh gruppacha elementlari ichida Talliy alohida vaziyatini egallaydi.TlOH tarkibli gidroksidi kuchli asos.Talliyning oksidlanish darajasi +1ga teng b’lishining sababi shundaki atom radiusi ortgan sari s-elektronlar bilan p-elektronlar energiyasi orasida energetik ayirma kuchaya boradi.


Shunga ko’ra,Tl ning p-elektroni birinchi navbatda valent elektonga aylanib ketadi (bu hol VI davrning boshqa elementlarida xam ro’y beradi ).Ammo Indiyda ham Galliyda ham bu hodisa xodisa sodir bo’ladi.Shuning uchun Galliy asosan Ga3+ holatda bo’ladi.
Ga3+ ioni kuchli qaytaruvchi bo’lgan holda,Tl3+ ioni kuchli oksidlovchidir.TlOH tarkibli gidroksidning kuchli asos bo’lishining sababi esa Tl+ ionining katta radiusli va kichik zaryadli ekanligidan kelib chiqadi.
Alyuminiyning tabiatda uchrashi.
Alyuminiy yer sharida eng ko’p tarqalgan elementlardan biridir.U tuproqni dala shpati, sluda,boksit va juda ko’p minerallarning tarkibiga kiradi.
Al203-korund,rubin,sapfir,ortoklaz,K20*Al203*6H20,Na3[AlF6]-kriolit, Al203*2Si02*2H20-kaolin,Al203*nH2O-boksit,Na2O*Al203*2Si02-nefelin K2S04*Al2(S04)3*2Al203*6H20 alunit va juda ko’p alyuminosilikatlar ma’lum.[1,2]
Alyuminiyning faqat bitta izotopi barqaror bo’lib u 2713Al (100%)


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling