Alyuminiy gidrometallurgiyasi
Download 1.28 Mb.
|
Alyuminiy
Juda suyultirilgan hamda konsentrlangan ni-trat kislota Aluminiyga taʼsir etmaydi (sir-tida darhol hosil boʻlgan oksid pardasi uni saqlaydi), suyultirilgan va konsen-trlangan sulfat kislotada Aluminiy qisman eriydi. Vodorod xlorid Aluminiyga kuchliroq taʼsir etadi, ortofosfat kislota taʼsir etmaydi. Aluminiyning koʻpgina tuzlari suvda yaxshi eriydi va gidrolizlanib, kislo-tali reaksiya roʻy beradi. U ishqorlarda ham yaxshi eriydi, bunda alyuminatlar hosil boʻladi. Aluminiy tarkibining sofligiga qarab oʻta sof, juda sof va texnik sof xillarga boʻlinadi. Oʻta sof Aluminiy (Aluminiy 999 markali) 0,001% gacha qoʻshimchaga, juda sof Aluminiy (Aluminiy 995. Aluminiy 99, Aluminiy 97, Aluminiy 95 markalar) 0,005 dan 0,05% gacha, texnik sof Aluminiy (A85, A8, A7, A5, AO, A va AYE markalar) esa 0,015% dan 1,000% gacha qoʻshimchaga ega boʻladi. Aluminiy yengil va puxta qotishmalar olishda juda katta ahamiyatga ega. U mis, rux, nikel, magniy, temir, titan qotishmalariga ham legirlovchi element sifatida qoʻshiladi. Aluminiy baʼzi metallarni ularning oksidlaridan qaytarishda (alyuminotermiya) ishlatiladi. Bu me-tallardan samolyotsozlik, radio va elek-trotexnika, rangli metallurgiya hamda boshqa sanoat tarmoqlarida foydalani-ladi. Aluminiy zichligining kamligi, yuqori darajadagi elektr oʻtkazuvchanligi, ay-rim kimyoviy moddalarga nisbatan chidamliligi va tannarxining arzonligi sababli texnikaning turli sohalarida keng qoʻllaniladi. Undan uy-roʻzgʻor as-boblari, kimyoviy asbob-uskunalar va boshqa koʻpdan-koʻp buyumlar tayyorlanadi. Temir Otaqoʻziyev.
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling