Alyuminiy va qotishmalarini, titan va uni qotishmalarini, Mis
Latun va uning qotishmalarini listli prokatlash
Download 0.58 Mb.
|
86-19 га ПРИЗЕНТАЦИЯ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bronza va uning qotishmalarni listli prokatlash
- Nikellni materialini listli prokatlash
Latun va uning qotishmalarini listli prokatlash
Latun va uning qotishmalaridan listlar, enli listlar va lentalar olish mumkin. Latun qotishmasidan listlar, enli listlar va lentalar tayyorlashni texnologik jarayoni quyidagi operatsiyalardan tuzilgan. Yarim uzluksiz holatda quyish usuli bilan olingan eritma, dastlab 1,0-2,0 t holatiga yetganida qirqib olinadi va gaz yonilg‘ida ishlovchi metodik yoki karuselli pechda 750 - 800 °C haroratgacha qizdirilib olinadi. Keyin valining diametri 800-850 mm, 5 m/s tezlikgacha aylanuvchi ikki valli standa qalinligi 5,5-6,0 mmgacha issiq holatda prokatlanadi. 2-rasm. Latunli folga Keyinchalik yarim tayyor mahsulotlar o‘ramni og‘irligi 10 t bo‘lgunga qadar payvandlab ulanadi, yuzalari tozalanadi yoki chekkalaridan 0,5-0,7 mm qalinlikgacha qirqib tashlanadi. Yarim tayyor mahsulotlarni dastlabki 2,5-4 mmgacha sovuq holatda prokatlash uchun uzluksiz yoki ikki taraflama harakatlanuvchi stanlarda o‘tkaziladi, bu stanlarda ishchi vallar diametri 350-400 mm boʻlgan kletlar o‘rnatilgan. So‘ngra 600-720 °C haroratda elektrik konveyerli pechlarda 3-4 soat davomida yumshatiladi. Mis yarim mahsulotlarini o‘tkazgan holati bo‘yicha, latunlardan ham sovuq holatda listlar va lentalar olinadi. Faqat, latun sovuq holatda deformatsiyalanishda tezlik bilan puxtalanib qoladi, shuning uchun sovuq holatda prokatlanishda konveyrli pechlar yordamida oraliq yumshatish o‘tkazilib turiladi. Bronza va uning qotishmalarni listli prokatlash Bronza materialidan listlar, keng enli listlar va lentalar tayyorlashni texnologik jarayoni uning markasiga bog‘liqdir. Bronzalarni issiq holatda va sovuq holatda prokatlash uchun latunni prokatlashda qo‘llanilgan jihozlardan foydalanilsa bo‘ladi. Issiq holatda bronza materialini prokatlash 750 - 900 °С harorat oralig‘ida o‘tkaziladi. Sovuq holatda prokatlash vaqtida metallni yuza qismida puxtalanish (naklep) jarayoni tezlik bilan sodir bo‘ladi, shuning uchun yuza puxtalanishdan keyin umumiy deformatsiyalanish 40-60 % ni tashkil etishi uchun yumshatish termik ishlovi talab qilinadi, bu jarayon harorati bronzaning markasiga bog‘liq bo‘lib o‘rtacha 600-750 °С haroratda o‘tkaziladi. Nikellni materialini listli prokatlash Nikel materialini issiq holatda prokatlash valning diametri 800-850 mm ikki taraflama harakatlanuvchi stanlarda bajariladi, dastlabki qalinlik 12-15 mm gacha, undan xar tomonlama metallni qalinligi 0,5 mmli prokat mahsulot olinadi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling