Amalga oshmagan loyihalar


Download 0.66 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1596381
Bog'liq
Амалга ошмаган лойихалар. Ўзбекистон


AMALGA OSHMAGAN LOYIHALAR
AMUDARYO
GESI

Rad etilgan yana bir loyiha – Amudaryoda katta GES qurilishi taklif etiladi. O‘zbekiston hukumati tomonidan xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda taklif etilgan loyiha qo‘shni davlatlar, jumladan, Qozog‘iston va Turkmaniston tomonidan qarshiliklarga uchrab, daryoning ekotizimiga va quyi oqimdagi suv ta’minotiga ehtimoliy ta’siridan xavotir bildirgan.


Amudaryo GESi
CHORSU
MEHMONXONASI

2018 yil 9 martdagi shartnomaga ko‘ra, sobiq “Chorsu” mehmonxona majmuasi Inter Tourism MChJ shaklidagi xorijiy korxonaga 33 mln $ miqdorida investitsiya kiritish orqali sotilgan. Hamda 270 o‘ringa mo‘ljallangan 4 yulduzli mehmonxona majmuasini qurish va 350 ta yangi ish o‘rinini yaratish sharti qo’yilgan edi. Xorijiy korxona tomonidan oldi-sotdi shartnomasida belgilangan majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmagani sababli, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 2 iyuldagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi shartnoma bekor qilingan, xabar beradi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati.


Chorsu mehmonxonasi

Ayni damda Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi tayyorlanib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilmoqda. Yanvar oyida Ahmet Demir “Chorsu” mehmonxonasini rekonstruksiya qilish ishlari nega sustlashganiga izoh berdi. Turkiyalik tadbirkor mehmonxonaning rekonstruksiya qilish ishlari ko‘ngildagidek emasligi, qog‘ozbozlik muammosiga duch kelayotganini ta’kidladi. Uning so’zlariga ko’ra, yirik inshootda namunali xizmat ko’rsatish uchun qo’shimcha yer kerak bo’lib, Toshkent shahar hokimiyati va boshqa mutasaddilarga qo‘shimcha yer maydoni ajratish bo‘yicha murojaat etilgan. Natijada, yana 3 gektar yer qo‘shib berilishini va’da qilingan. Ammo bugungi kunga qadar yer taqdim etilmagan. Toshkent shahar hokimi Demir Group O‘zbekistonga 30 million $ miqdorida investitsiya kiritish hisobiga “Chorsu” mehmonxonasini mutlaqo tekinga olganini va tashqaridan O‘zbekistonga 30 million $ miqdorida investitsiya kiritmaganligini qayd etdi.


Chorsu mehmonxonasi

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling