Амалиётчи-психолог иш фаолиятига услубий ёрдам


Download 34 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi34 Kb.
#1018637
Bog'liq
FarDU psixologiya yo\'nalishi M Abduqodirova, N Jiigitali qizi


AMALIYOTCHI-PSIXOLOG ISH FAOLIYATI: MUAMMOLAR VA ECHIMLAR
Abduqodirova Muxtasarxon Abdulvohid qizi talaba, Farg‘ona davlat universiteti , psixologiya yo‘nalishi
Jigitaliqizi Nuriza talaba, Farg‘ona davlat universiteti, psixologiya yo‘nalishi
So‘nggi yillarda turli sohalarda amaliyotchi psixolog xizmatiga talab oshmoqda. Ta’lim muassasalarida psixolog xizmati quyidagi besh yo‘nalishda tashkil etilmoqda:

  • psixoprofilaktika;

  • psixologik ma’orif va ma’rifat;

  • psixodiagnostika;

  • psixokorrektsiya va psixik rivojlantirish;

  • Psixologik maslahat.

Viloyatlarda tashkil etilgan psixologlar assotsiatsiyasining maqsadi amaliyotchi psixologlarning fan-texnika sohasida erishilgan so‘nggi yutuqlar bilan tanishtirib borish, ularning ish jarayonidan uzluksiz holda amaliy faoliyatlari bo‘yicha malakalarini oshirish borish ular faoliyatlaridagi yutuq va kamchiliklar bilan muntazam tanishib borish, psixolog mutaxassislarning o‘zaro hamkorlik va tajriba almashishlarini hamda ularga ilmiy, o‘quv-uslubiy yordamni tashkil etishdan iborat.
Respublika psixologlar assotsiatsiyasining Farg‘ona viloyat bo‘limida ta’lim muassasalarining amaliyotchi psixologlari bilan tashkil etilgan birinchi seminar treningdan ko‘zlangan maqsad: assotsiatsiyasini tashkil etish va ish faoliyatlarida ularga zurur bo‘lgan metodik maslahatlar uyushtirish hamda ular uchun zaruriy talablarni o‘rganib chiqishdan iborat bo‘ldi. Chunki viloyat assotsiatsiyasining keyingi ish faoliyatini rejalashtirishda ushbu talablarni hisobga olish muhim hisoblanadi. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun kichik guruhlarda ish faoliyatidagi muammolarni ishlab chiqish taklif etildi. Guruhlar o‘z ishlarini taqdim qilishlari davomida amaliyotchi psixolog faoliyatida quyidagi muammolar mavjudligi aniqlandi:

  • kadrlar qo‘nimsizligi;

  • uslubiy qo‘llanmalarning yetishmasligi;

  • psixologlar o‘quv seminarining kam tashkillanishi;

  • psixolog mutaxassislarda nazariy bilimlarning yetarligi, lekin amaliy malakalarning kamligi;

  • psixologik xizmat ko‘rsatish xonasini jihozlashdagi muammolar;

  • mutaxassis bo‘lmagan kadrlar uchun qayta tayyorlash kurslarni joylarda tashkillanmaganligi.

Ushbu muammolar asosida guruhlardan zaruriy talablar ishlab chiqildi va taqdim qilindi.

  1. Milliy mentalitetga xos bo‘lgan psixodiagnostika qilish bo‘yicha metodikalarni yaratish.

  2. Psixokrrektsiya ishlarini tashkil etish bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqish.

  3. Ota-onalarning psixologik bilmdonligini oshiruvchi qo‘llanmalarni ishlab chiqish.

  4. Iqtidorli va qobiliyatli bolalar bilan ishlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar yaratish.

  5. Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashga ko‘maklashish;

  6. Psixolog faoliyatini ommaga yoyish va ularni rag‘batlantirish ishlarini olib borish.

  7. Oliy ta’lim kafedralari bilan hamkorlikni yanada oshirish.

Ushbu seminar – trening natijalari asosida viloyat psixolog assotsiatsiyasi o‘z ish faoliyati rejasiga quyidagilarni kiritdi:
A) psixologlar amaliy faoliyatini olib borishga uslubiy ko‘mak beruvchi o‘quv treninglarini tashkil etish. Bunda quyidagilar nazarda tutildi:

  • psixodiagnostika ishlarini olib borishga ko‘maklashish, namunalar asosida o‘qitishni tashkil etish.

  • psixokrrektsiya qilish yo‘l-yo‘riqlari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar berish;

  • ma’naviy soatlar, psixologik xizmat, guruhiy maslahat va psixologik maorif va ma’rifat ishlarini tashkil etishda ijtimoiy psixologik treninglarni qo‘llash bo‘yicha stsenariylar ishlab chiqish hamda o‘tkazishni tashkillash.

V) psixologlar amaliy faoliyatining samaradorligini oshirish uchun o‘quv-uslubiy, ilmiy-ommabop qo‘llanmalar yaratish chora-tadbirlari.
S) ilg‘or amaliyotchi psixologlarning sohadagi yutuqlari bo‘yicha tajriba almashinishlarini va yutuqlarini ommalashtirishni tashkil etish.
Biz bu borada olib borayotgan ishlarimizni keyingi faoliyatlarimiz davomida ham yoritib boramiz.
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling