Амалий машғулот №6 Geologik hujjatlashtirish. Ishdan maqsad


Download 16.2 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi16.2 Kb.
#1180683
Bog'liq
6-amaliy - Geologik xujjatlashtirish


Амалий машғулот - №6
Geologik hujjatlashtirish.
Ishdan maqsad amaliy mashg‘ulotda talabalar geologik hujjatlashtirishni o‘rganadilar.
Har bir bosqichda olib boriladigan tadqiqotlar mazmuni, uning vazifalari, ish obyektlari joylashuvining tabiy sharoitlari (yer yuzasida yoki yer ostida) xudididagi tub jinslarining ochilganlik darajasi, o‘rganilayotgan foydali qazilma turlari va boshqa xususiyatlari bilan belgilanadi.
Geologiya-qidiruv ishlarini sanab o‘tilgan bosqichlarini qoida tariqasida keltirilgan ketma-ketlikda bajarish kerak. Keyingi bosqich tugallangandan keyin ma’lum vaqt o‘tgach bajarilishi mumkin. Ayrim hollarda, konlarning aniq xususiyatlari, avvalo ularning kattaligi, o‘lchamlariga, tuzilishining murakkabligiga va xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga bog‘liq ravishda izlash, baholash, qidirish va razvedka bosqichlarini birlashtirish mumkin.
Bosqichlar orasidagi chegara olib borilgan ishlarning talablari va natijalari bilan, belgilanadi: olingan axborot to‘liqligi va ishonchlilik darajasi bo‘yicha bajarilgan bosqich masalalarini xal qilish va keyingi bosqichdagi ishlarni geologik hamda texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Mazkur uslubiyot ko‘rsatmalari barcha turdagi qattiq foydali qazilmalarni topish maqsadida bajariladigan geologiya-qidiruv ishlarini olib borish ketma-ketligiga, mazmuniga va natijalariga bo‘lgan umumiylikni belgilab beradi. Foydali qazilmalarning ayrim turlari, konlarning genetik va sanoat xillari bo‘yicha bajariladigan ishlarning mazmuni va ketma-ketligiga bo‘lgan mufassalroq talablar, yo‘riqnomalar, uslubiy qo‘llanmalar va konlarning tabiy xususiyatlarini ham ular joylash-gan xududning shart-sharoitlarini hisobga oluvchi meyorlash hujjatlari bilan belgilanadi.
I. O‘zbekistona respublikasida qattiq foydali qazilmalarni topish uchun geologiya qidiruv ishlarini oqilona va tejamkorlik bilan olib borish maqsadida mazkur ishlarni bosqichma-bosqich bajarishni quyidagi ketma-ketligi qabul qilingan.
II. Har bir bosqichda olib boriladigan tadqiqotlar mazmuni, uning vazifalari, ish obyektlari joylashuvining tabiy sharoitlari (yer yuzasida yoki yer ostida) xudididagi tub jinslarining ochilganlik darajasi, o‘rganilayotgan foydali qazilma turlari va boshqa xususiyatlari bilan belgilanadi.
III. Geologiya-qidiruv ishlarini sanab o‘tilgan bosqichlarini qoida tariqasida keltirilgan ketma-ketlikda bajarish kerak. Keyingi bosqich tugallangandan keyin ma’lum vaqt o‘tgach baja-rilishi mumkin. Ayrim hollarda, konlarning aniq xususiyatlari, ularning kattaligi, o‘lchamlariga, tuzilishining murakkab-ligiga va xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga bog‘liq ravshda izlash, baholash, qidirish va razvedka bosqichlarini birlashtirish mumkin.
Bosqichlar orasidagi chegara olib borilgan ishlarning talablari va natijalari bilan, belgilanadi: olingan axborot to‘liqligi va ishonchlilik darajasi bo‘yicha bajarilgan bosqich masalalarini xal qilish va keyingi bosqichdagi ishlarni geologik hamda texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash uchun yetarli bo‘lishi kerak.
IV. Mazkur uslubiyot ko‘rsatmalari barcha turdagi qattiq foydali qazilmalarni topish maqsadida bajariladigan geologiya-qidiruv ishlarini olib borish ketma-ketligiga, mazmuniga va natijalariga bo‘lgan umumiylikni belgilab beradi. Foydali qazilmalarning ayrim turlari, konlarning genetik va sanoat xillari bo‘yicha bajariladigan ishlarning mazmuni va ketma-ketligiga bo‘lgan mufassalroq talablar, yo‘riqnomalar, uslubiy qo‘llanmalar va konlarning tabiy xususiyatlarini ham ular joylash-gan xududning shart-sharoitlarini hisobga oluvchi meyorlash hujjatlari bilan belgilanadi.
Geologik xujjatlashtirish sifatini ta’minlash.
Yirik masshtabli geologik haritalash va tog‘ lahmlarini o‘tish jarayonida kuzatiladigan dalillar yozma holida chizmada va fotosuratlarda imkoni boricha aniq, ifodalanadi.
Namunalar va shliflar maqsadga muvofiq, ravshda olinishi kerak. Ular butun kon yoki ma’dan maydonlarida tarqalgan tog‘ jinslarining o‘zaro munosabatlarini baholashga imkon berishi lozim. Yozmalar qisqa bo‘lshi, lekin fikrlar sayoz bo‘lmasligi kerak.
Kon yoki obyekt uchun dastlabki hujjatlashtirish bir xil shaklda olib borishi katta ahamiyatga ega. Bu esa geologik hujjatlashtirishning ish unumini ancha oshiradi. Geologik hujjatlashtirishning asosiy shartlaridan biri-obyektlar uchun yagona belgilar tuzishdir. Shartli belgilar-ixcham, yengil, esda qoladigan, bir-biridan keskin farq qiladigan va aniq bo‘lishi shart.
Shartli belgilar
Geologik harita, gorizontlar bo‘yicha planlar, kesim, stratigrafik ustun, har xil chizmalarni, tog‘ lahimlarni hujjatlashtirishda shartli belgilardan foydalaniladi,
Chunki ularda tasvirlangan tog‘ jinsi turlari, nomlari, yoshlari, tarkiblari, paydo bulish sharoit-lari, yotish elementlari, ma’dan uyumlari, qatlam chegaralari, ma’dan oldi uzgarishlari, mos va nomos yotishlari, burma va uzilma turlari, ularning element-lari topografik ma’lumotlar bilan ifodalanadi. Shartli belgilar asosan: rangli, shtrixli (ingichka chiziq), harf va rakamlar bilan tasvirlanadi.


Ishni bajarish tartibi: талабалар бу амалий машғулотда олинган намуналарни геологик хужжатлаштиридилар ва қисқача конспект ёзадилар.
Download 16.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling