Амалий машғулот


Download 16.55 Kb.
Sana08.02.2023
Hajmi16.55 Kb.
#1177080
Bog'liq
1-Amaliy mashgulot Javoblar


1-Амалий машғулот


  1. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, o‘qitiladigan tarix fanlarining tarbiyaviy ahamiyatini mavzular misolida keltirib o’ting?

  2. Tarix darsliklari va ularga qo‘yiladigan zamonaviy talablar bo’yicha fikr bildiring?

  3. Tarix darsliklari tahlilini qiling?


Javoblar
1. Maktabda O’zbekiston xalqlari tarixini o’qitishning bu imkoniyatlaridan samarali foydalanish o’qituvchiga, uning mazkur tarixning yangilangan mazmunini, uni o’qitish uslubiyatini mukammal bilishiga, ta'lim va tarbiya ishlarini ilmiy asosda uyushtira olishiga bog’liqdir. O’zbekiston xalqlari tarixi bo’yicha ushbu o’quv-uslubiy qo’llanmaning qayta nashr qilinishi shu maqsad uchun xizmat qiladi degan umiddamiz. Pedagogika oliy o’quv yurtlarining tarix fakultetlari talabalariga mo’ljallangan ushbu qo’llanma o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida o’qitiladigan O’zbekiston tarixi va Jahon tarixi fanlarining yangi dasturiga muvofiq tayyorlandi.Umumiy o’rta ta'lim maktablarida tarix fanining asosiy maqsadi eng qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo’lgan Vatanimiz va jahon tarixiga oid eng muhim voqealar bilan o’quvchilarni tanishtirish, ularni O’zbekiston va jahon xalqlarining madaniy va ma'naviy merosiga, ilg’or an'analariga, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, buyuk merosimizning davomchilari hamda uni boyituvchilari bo’lmish munosib vorislarni tarbiyalashdan iborat.
2. “Bugungi kunda xalqning siyosiy ongi shunchalik yuksalib ketganki, u yon-atrofda sodir bo‘layotgan voqealarning hammasiga siyosiy baho beradi. Biz o‘tmishdagi hamma buzilishlar xato va jinoyatlarni qat’iyan qoralaymiz va ulardan keskin voz kechamiz. Biz o‘tmishni va hozirgi kunimizni haqqoniy, xolisona tanqidiy tahlil etishning qat’iy tarafdorimiz”-deb aytgan edi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarida.Shu fikrlardan kelib chiqib, tarix darslarida yoshlarni dunyoviy, diniy va zamonaviy ilmlardan boxabar bo‘lishini o‘rganganlarini chuqur tahlil etish va hayotga tatbiq etish, fidokorlik, fidoiylik xislatlarini shakllantirib borish jarayonlarini bitiruv malakaviy ishimizda yoritishga harakat qildik.
3. Tarix kursining mazmuni o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida uni o’qitish va o’quvchilarning o’rganish faoliyati orqali ularning ongiga, tarbiyasi va tafakkuriga ta'sir ko’rsatadi, ularning kamol topishiga yordam beradi. Demak, mashg’ulotning mazmuni o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitishning sifati va samaradorligini oshirish hamda o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishning ham asosiy omili bo’lib xizmat qiladi.
Download 16.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling