Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар билан ҳал қилинадиган геологик масалалар


Download 1.98 Mb.
bet13/21
Sana05.02.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1168429
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
GEOFIZIKA NAMUNAVIY (1)

75– rasm. Qaytgan to‘lqindagi kuzatish tizimi: a – oddiy profillash; b – oraliqaro profillash; v – ikki marta uzluksiz profillash. G1G2 - qaytgan to‘lqinlarning godograflari.

Bunday holatda, masalan, O3 nuqtada qo‘zg‘atish bo‘lsa, kuzatish O1O2 va O4O5 bo‘lakda o‘tkaziladi(75b. rasm).


Murakkab geologik sharoitlarda ikki martali uzluksiz profillash qo‘llaniladi. Bunda har ikki qo‘zg‘atish punkti ikki tomonlama kuzatiladi (masalan, O3 nuqtada qo‘zg‘atilsa, kuzatish O1O3 va O3O5 oraliqlarda olib boriladi) (75v. rasm). Bunda qo‘zg‘atish oralig‘i kuzatish oralig‘idan 2-3 marta kichik bo‘ladi.
Seysmik profillash ishlari odatda burmalar yo‘nalishiga ko‘ndalang bo‘lgan va bo‘ylama ikki profil bo‘yicha olib boriladi.
Seysmik zondalashda esa kuzatish 2-6 qo‘zg‘atish punktida (p.p) bitta yoki bir-biri bilan kesishuvchi profillarda (kesishuvchi zondlash) amalga oshiriladi. Bu esa qaytarish chegarasining fazoviy joylashuvini baholashga yordam beradi.
Seysmik profillash va seysmik zondlashda barcha ishlar bo‘ylama (qo‘zg‘atish punkti va seysmik priyomniklar bir chiziqda joylashadi) yoki bo‘ylama bo‘lmagan (qo‘zg‘atish punkti seysmopriyomniklar joylashish chizig‘idan tashqarida) tizimlarda olib boriladi.
Qaytgan to‘lqinlar usulida qo‘zg‘atish oraliqlari qaytarish chegaralar chuqurligi va shu maydondagi profilning uzunligiga bog‘liq.
Qo‘zg‘atish punktidan katta masofalarda qaytgan to‘lqinni qayd qilish qiyinroq, ular navbati bilan singan to‘lqinlardan keyin kelishi mumkin. Qo‘zg‘atish punkti yaqin atrofida esa, singan to‘lqinlar bo‘lmaydi va boshqa to‘lqinlar orasidan qaytgan to‘lqinlarni ajratish engilroq.
Seysmopriyomniklar orasidagi masofa (kuzatuv qadami) shunday bo‘lishi kerakki, qaytgan to‘lqinlarni va godograflarni tuzish va tushinish osonroq bo‘lsin. Odatda, ular 1 m dan 10 m gacha kesimning yuqori qismini hamda 10-100 m bir necha kilometr bo‘lgan chuqurliklarni o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Foydali to‘lqinlarni ishonchli taqqoslash uchun kuzatuv qadami quyidagi ifoda orqali tanlab olinadi: ∆x=Vk·T/2.
Umumiy chuqur nuqta usulida kuzatish tizimi. Qaytgan to‘lqin usulining bir tarmog‘i umumiy chuqur nuqta usuli bo‘lib (UCHN), unda bitta chegaraning umumiy nuqtalardan qaytgan to‘lqinlar yig‘iladi. Qaytgan to‘lqinlar profilning to‘lqin hosil qilish va priyomniklari orasiga simmetrik joylashgan nuqtada (markaziy joylashish) yoki to‘lqin qo‘zg‘atish punkti va priyomniklar profilining ohirida (qanotlarida joylashish) gi nuqtada o‘rganilishi mumkin.
Bunday yoyib qo‘yish soni qoplama karraligi deyiladi, ular 10 va undan ortiq bo‘ladi. Natijada umumiy chuqur nuqta godografi (giperbola) bo‘yicha, doimiy halaqit beruvchi to‘lqinlarni so‘ndirib qaytgan chegarasi aniqlanadi.
Interferension kuzatish tizimi. Murakkab seysmogeologik sharoitlarda (keskin chegaralar bo‘lmasa, qatlamning ponasimon joylashishi, ko‘p to‘lqinlar) bir marta qaytgan foydali to‘lqinni turli to‘lqinlar orasidan ajratish murakkab hisoblanadi. Ayniqsa, bir marta qaytgan to‘lqinni ko‘p karrali qaytgan to‘lqinlardan ajratib olish juda murakkabdir.
76. a,b- rasmda ko‘p karrali (to‘liq va to‘liqsiz) qaytgan to‘lqinlar ko‘rsatilgan.





Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling