Амалий машулот б´йича дарс ´тиш


O‘quv mashg‘uloti strukturasi


Download 7.13 Mb.
bet2/20
Sana10.10.2023
Hajmi7.13 Mb.
#1697149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Ўткир аппендицит

O‘quv mashg‘uloti strukturasi

1. Kirish qismi.
2. Amaliy qism: kuratsiya, amaliy ko‘nikmalarni bajarish, amaliy qismni tahlil qilish.
3. Teoretik qism.
4. Baholash.
5. O‘qituvchi tomonidan darsni tamomlash.

Mashg‘ulotning maqsadi:
Talabalarga kasbiy tayyorgarlik nechog‘lik muhim ekanligini tushuntirgan xolda mavzuni asoslab berish. Talabalarni muhokama etilayotgan mavzuga tegishli jarrohlik kasalliklari bilan, uning rivojlanish sabablari, klinik kechimining o‘ziga xos xususiyatlari, diagnostikasi, differensial diagnostikasi, optimal davolash usullari, operatsiyadan keyingi davrni boshqarish, bemorlarni reabilitatsiya qilish bilan tanishtirish.

O‘qituvchi vazifalari:
- Talabalarni kasallikning kechishi va klinikasi haqida bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish.
- Muhokama qilinayotgan patologiyaning klinik xususiyatlari va mumkin bo‘lgan variantlarini muhokama qilish.
- Boshqa kasalliklar bilan differensial diagnostika tamoyillarini tushuntirish.
- Kasallarni o‘z vaqtida erta aniqlash va jiddiy asoratlarni rivojlanishi-dan oldin davolash uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarga yuborish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
- Talabalarni davolashning yangi usullari va profilaktika choralari bilan tanishtirish.

O‘qitish faoliyatining natijalari:
Talaba bilishi lozim:
- diagnostika va differensial diagnostika uslublari;
- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlarni interpretatsiya qilish;
- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari;
- operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar, ularning o‘ziga xosligini bilish;
- amaliyot davri va undan keyingi davrda asoratlarni oldini olish;
- jarroxlik kasalliklari bilan xastalangan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;
- maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish.
Talaba bajara olishi lozim:
- Amaliy ko‘nikmalarni bajara olishi – jarroxlik kasalliklari bilan xastlangan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish, operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni bilish.


Download 7.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling