Амалий математика ва информатика таълим йўналиши битирувчи курс талабаси Абдиназаров Улуғбек Зиёдуллаевичнинг “Чизиқли программалаш масаласи ёрдамида машина-трактор парки таркибини оптималлаштириш” мавзусидаги битирув малакавий ишига илмий


Download 13.58 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi13.58 Kb.
#1613581
Bog'liq
Rahbar xulosasi


70610201 – Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi magistranti Quyliyev Sardorbek Abdixoliq o‘g‘li “Uyurma-tok o‘zgaruvchili gidrodinamika masalalarini sonli modellashtirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ishiga ilmiy rahbar
X U L O S A S I
Mamlakatimizda fundamental fanlarning ilmiy va amaliy tatbiqiga ega bo‘lgan suyuqlik va gazlar dinamikasi, gidrodinamika, aerodinamika sohalaridagi masalalarning sonli-analitik yechish usullarini ishlab chiqish kabi dolzarb yo‘nalishlarga katta e‘tibor qaratilmoqda. Xususan, chiziqli bo‘lmagan evolyutsion jarayonlarni matematik modellashtirish va yuqori aniqlikka ega samarali taqribiy yechish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha muhim natijalarga erishildi.
Jahon miqyosida olib borilayotgan ko‘plab ilmiy-amaliy tadqiqotlar, aksariyat hollarda, suyuqliklar va gazlar harakatini tavsiflovchi differensial tenglamalarni yechish bilan bog‘liq bo‘lgan tizimlarni matematik modellashtirish, chiziqli bo‘lmagan tenglamalarni sonli yechish, tejamkor va samarali metodlarni qo‘llash masalalariga keltirilgan. Jumladan, Navye-Stoks tenglamalarini yechish usullarini ishlab chiqish suyuqliklar va gazlar oqimi bilan bog‘liq bo‘lgan qator sohalarning rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Navye-Stoks tenglamalari bu muttasil muhitlar (suyuqliklar yoki gazlar) harakatini ularning qovushqoqlik hossasini inobatga olgan holda tavsiflovchi differensial tenglamalar sistemasidan iborat. Shunga muvofiq, Navye- Stoks tenglamalarini analitik usulda yechish bugunga qadar amalga oshirilmaganligi tufayli ushbu tenglamalarni sonli yechish algoritmlarini ishlab chiqish va dasturlar majmuini yaratish amaliy matematikaning muhim vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Magistrlik dissertatsiya ishi mantiqan bog‘langan uch bobdan iborat bo‘lib, «Uyurma-tok o‘zgaruvchili gidrodinamika masalalarini sonli modellashtirish”deb nomlangan.
Birinchi bob “Uyurma-tok o‘zgaruvchili gidrodinamka masalalari” deb nomlanib, yopishqoq siqilmaydigan suyuqlik dinamikasining ikki o‘lchovli statsionar bo‘lmagan muammolari uchun “oqim funktsiyasi, tezlik girdobi” o‘zgaruvchilari qo‘llaniladi. O‘zgaruvchan yo‘nalishlarning qo‘shimcha sxemalari asosida konvektiv tashishga nisbatan chiziqli farqli sxemalar taklif qilindi.
Ikkinchi bob “Uyurma-tok o‘zgaruvchili Navye-Stoks tenglamalari uchun ayirmali sxemalar” deb nomlanib, unda Navye-Stoks tenglamalari uchun chekli ayirmali sxemalarni qurish haqidagi savolga savolga javob beruvchi eng oddiy va yuqori darajali raqamli integratsiya sxemalar ko‘rib chiqilgan.
Dissertatsiya ishining “Aniq model masalalarini sonli modellashtirish” deb nomlangan uchinchi bobida masala yechimini dasturiy vositalar va kerakli algoritmlar asosida grafik va sonli natijalarga erishilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati Navye-Stoks tenglamalarini uyurma-tok funksiyasi tizimida sonli modellashtirish yordamida ushbu tenglamalar yechimlari tabiati va o‘zgarish dinamikasini tahlil qilish imkoniyati paydo bo‘lganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqotning amaliy natijalari qisilmaydigan yopishqoq suyuqliklar harakatini uyurma-tok funksiyasi tizimida sonli yechishning takomillashtirilgan matematik modellari, hisoblash algoritmlari va dasturiy ta’minoti suyuqliklar mexanikasi va gidrodinamikasi to‘g‘ri va teskari masalalarini yechishda qo‘llash mumkinligi bilan, qisilmaydigan yopishqoq suyuqliklar harakatini tahlil qilish, gidrodinamika sohasidagi jarayonlarni sifat va miqdor jihatdan baholashga imkon berishi bilan izohlanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilsak, 70610201 – Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi magistranti Quyliyev Sardorbek Abdixoliq o‘g‘lining “Uyurma-tok o‘zgaruvchili gidrodinamika masalalarini sonli modellashtirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ishi tugallangan mustaqil ish bo‘lib, Nizom talablariga to‘liq javob beradi va uni himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar: ___________ dots. E.Ch. Xoliyorov
Download 13.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling