Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


Download 1.67 Mb.
bet15/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

Umuman qo’l panjasi yagona organ sifatida tayanch vazifasini bajarmaydi va oyoq panjasi kabi gumbazlikga ega emas. Lekin uning har bir bo’lagi juda katta harakatchanlikga egaligini kuzatish mumkin.

Qo’l barmoqlari oyoq barmoqlariga nisbatan ancha uzun bo’lib, ularning uzunlik o’lchamlarini qiymatlari quyidagicha: uchinchi barmoq eng uzun, to’rtinchisi esa undan qisqaroq, ikkinchi, beshinchi va birinchilar shu tartibda qisqarib boraveradi, ya'ni III>IV>II>V>I.


Shuni ta'kidlash kerakki, o’ng qo’li bilan ko’proq harakatlanadigan (o'ngaqay) odamlarning o’ng qo’li chap qo’liga nisbatan kengroq bo’ladi. Genetik tadqiqotlarga ko’ra: agar otasi ham, onasi ham o’ngaqay bo’lsa, chapaqay bolalar 2,1% ni; agar ota onalarning bittasi chapaqay bo’lsa, bolalar 17,2% ni; agar ota onalarning ikkalasi ham chapaqay bo’lsa, chapaqay bolalar soni 46% ni tashkil qilgan. Bir qo’lni ko’proq ishlatish natijasida o’ng va chap qo’llarda assimetriya vujudga keladi.




1.3.2. OYOQNI ERKIN TURGAN QISMINING SKELETI.

Oyoqni erkin turgan qismi harakat va tayanch vazifasini bajaradi. Shu sababli oyoqning suyaklari qo’l suyaklariga nisbatan salmoqliroq, lekin harakatlanish darajasi kamroq. Oyoq panjasi tananing oxirgi tayanchi bo’lgani uchun ushlash qobiliyatini yo’qotgan va barmoqlaming uzunligi ancha qisqargan. Bosh barmoq boshqa barmoqlar qatorida bo’lib, qo’l kabi yuqori harakatchan emas. Oyoq panjasi yurish, chopish va sakrash jarayonlarida, prujina kabi zarblarni so’ndirish uchun gumbaz shakliga kirgan.


Oyoq skeleti chanoq kamari va erkin turgan qismini skeletlariga bo’linadi. Chanoq kamari (1.7-rasm) oyoqni erkin turgan qismini tana bilan bilashtiradi. Chanoq suyagiga, birlashib ketgan: qorin bilan birlashtirib turuvchi, chanoq toji; quymuch; qov qismlar kiradi. Ulami birlashgan joyida chuqurlik bo’lib, tos suyagining chuqurlashgan ko’sti joylashgan. Chanoq suyagi yassi suyaklar turkumiga kiradi. U orqa tomonida, dumg’aza bilan; old tomonida esa - ikkita chanoq suyaklari, tog’ay vositasida, o’zaro birlashgan. Chanoq suyagining qismlari yosh bolalarda uchta alohida suyaklar bo’lib, keyinchalik 14-16 yoshda birlashib ketadi va umumiy suyakni tashkil qiladi. Oyoqni erkin turgan qismini skeleti son, tizza qopqog’i, katta va kichik boldir, hamda panja suyaklariga bo’linadi.


S o n s u у a g i (1.8-rasm) - eng katta naysimon suyak. Uning tanasi biroz old tomonga egilgan silindr shakliga ega. Tananing orqa yuzasida uzunasiga joylashgan


g’adir-budir toj 7 mavjud. Son suyagining proksimal epifizida uning boshchasi 1 bo’ladi. Boshchaning o’rtasida chuqurcha 5 bo’lib. chanoq suyagining quymuch kosasidagi boylam (pay) yordamida son suyagini birlashtirib turadi. Son suyagining tanasi bilan boshcha, bo’yincha 2 orqali birikkan. Bu joyda son suyagining harakatini chegaralab turuvchi katta 6 va kichik 11 do’ngchalar joylashgan. Son suyagining distal boshchasi medial (katta) 10 va lateral (kichik) 8 to!piqlar bor. Ular oralig’ida to’piqlararo chuqurcha 9 turadi. U katta boldir va tizza qopqog’i bilan birlashuvchi, bo’g’im yuzasini tashkil qiladi. Bo’g’im yuzalaridan teparoqda paylami biriktiruvchi medial 3 va lateral 4 to’piqusti o’simtasi joylashgan. To’piqlar va to’piq usti o’simtalari teri ostida boldirni bukkanda oson seziladi.

1.7-rasm . Tos (chanoq) suyagi.





1-chanoq

toji; 2-toj qirrasi;

3-ustki

o ’simta;

4-pastki

old o ’simta; 5-

quymuch

kosasi

(son

suyagi

birlashadigan chuqurcha); 6-qov suyagi; 7-qov do’nghgi; 8-kichik qov

o’yiqi;

9-

qov

o’simtasi;

10- katta

qov o ’yiqi;

11-pastki qov

o ’simtasi;

12-ustki

qov

o ’simtasi,

13-qorin

chuquchasi.









1.8-rasm . Son suyagining old(a) va orqa m onidan ko’rinishi.


1-son suyagining epifiz boshchasi; 2-boshcha bo’yinchasi; 3-medial to’piq usti; 4-lateral to’piq usti; 5-pay





chuqurchasi;

6-katta

do’ngcha; 7-

g ’adir-budir

yuza

(toj); 8-lateral

(kichik)

to’piq;

9-to’piqlararo

chuqurcha; 10-medial (katta) to’piq; 11-kichik do’mboqcha.

Son suyagining mustaxkamligi juda yuqori. Bo’ylama o’q bo’ylab siqilganda 15000N dan ortiq yuklanishga bardosh berishi mumkin.

T i z z a q o p q o g ’ i son suyagi distal epifizining old tomonida joylashgan. U shakli jixatidan tepa qismi o’tmas ikki tomoni qabariq ko’zgu (linza)ga o’xshash. Tizza qopqog’i eng katta sesamosimon suyak hisoblanadi. U sonning to’rt boshli mushagini kuchlanish yelkasini oshiradi, hamda bo’g’imni har xil zarbdan himoyalaydi. Bu suyak teri ostida oson seziladi. Uning old yuzasi notekis, orqa yuzasi esa silliq bo’ladi.






Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling